Al-Masjid al-Aqso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Masjid al-Aqsadan yoʻnaltirildi)
Al Aqsa Masjidining sharqiy ko`rinishi
Al Aqsa Masjidining sharqiy ko`rinishi

Al-Masjid al-Aqso (arabcha: المسجد الأقصى "Uzoqdagi masjid") — Falastin davlati hududidagi Quddus shahrida joylashgan masjid, qad. ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Baʼzan, al-Aqso masjidi yoki oddiy qilib al-Aqso deb ham nomlanadi. Al-Masjid al-Harom va al-Masjid an-Nabaviylardan keyin Islom dinidagi uchinchi muqaddas masjid hisoblanadi.

Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining aʼzolari Al-m. al-A. tomonga qarab ibodat qilganlar. 624-yilda Makkadagi Kaʼba qibla deb eʼlon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish toʻxtatilgan. Keyinchalik 7-asr oxiri — 8-asr boshida xalifa Abd al-Malik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb atalgan va islom ibodatxonalari majmui — Qubbat asSaxra (687— 691) mayejidi va b. barpo etilgan. Majmuaning hammasi xalq orasida Al-m. al-A. ham deyiladi. Masjid dastlab xristian ibodatxonasi shaklida boʻlgan. Yozma manbalarga koʻra, tarhi (102,80x69,20 m) koʻndalangiga qiblaga qaratib, II neflp, ravoqli qilib ishlangan. Oʻrta nefi kengroq, tomi tekis qilinib mehrob bilan tugallangan (hozir gumbazli xonani tashkil qiladi). Ikki yon tomonidagi neflarning tomi qiya nishabli qilib yopilgan. Ravoqlari marmar ustunlarga tayangan. Jan. qismidagi ravoq va ustunlar axomaniylar davriga oid, shim. qismidagi koshin qoldiqlari 1035-yilga oiddir. Keyinchalik mayejid tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Sh. qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]