Mashʼal (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mashʼaldan yoʻnaltirildi)
Mashʻal
Toʻliq nomi Mashʻal Professional Futbol Klubi
Asos solingan 1984
Stadion Bahrom Vafoev nomli stadion
Stadion hajmi 10,000
Rahbari  UZB Dilyaver Vaniyev
Murabbiyi  UZB Najmiddin Normurodov
Musobaqasi
2022 1
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Mash’al – Qashqadaryo viloyati, Muborak shahri futbol jamoasi. Oʻzbekiston Pro ligasi vakili.

Nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar Nomi
1982-1984 "Avtomobilist"
1984-1992 "Fakel"
1992-h.v. "Mash’al"

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda hali juda yosh sanoat shahri boʻlgan Muborakda korxonalardan birining oʻsha paytdagi rahbari Bahrom Vafoyevning saʼy-harakatlari bilan futbol klubi tashkil etildi. 1-mavsumda Muborak jamoasi viloyat birinchiligi gʻolibi boʻldi va „Fakel“ Sovet respublika chempionatida qatnashishga yoʻllanma oldi.[1] 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Mash’al“ mustaqil Oʻzbekiston chempionatida oʻynay boshlaydi. 1994-yilda Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritgan hamda 1995-1996, 2002-2012 va 2014—2017-yillarda oʻynagan. 2005-yilda kumush, 2007-yilda esa Oliy liganing bronza medali sohibiga aylandi. 2006-yili Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. 2014 va 2015-yillardagi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogi sohibi va finalchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumda „Mash’al“ 16 ta klub orasida 7-oʻrinni egalladi. Shu yilning oʻzida jamoa Oliy ligada oʻzizning 200-gʻalabasini nishonladi.[2] Ammo, bir qator sabablarga koʻra Oʻzbekiston Superligasida (2018-yilgacha u Oliy liga deb atalgan) ishtirok etish uchun klub oʻyinga qoʻyilmagani[3] uchun 2018-yilgi mavsumda mamlakat futbol divizionida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda (bundan oldin u Birinchi liga deb atagan) boʻlgan Oʻzbekiston Pro-Ligasida oʻynagan. 2018 va 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida toʻp surgan „gazchilar“ jamoasi 2019-yilgi mavsum yakunida Asror Aliqulov boshchiligida Pro liga gʻolibli boʻlib,[4] Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.[5] 2023-yil 26-iyulda jamoaning ramzi, klub logosi oʻzgardi va jamoaga Oʻzbekiston milliy banki homiylik qilishi maʼlum boʻldi[6][7].

Maʼshal futbol klubi

Mahalliy musobaqalar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pro liga 2022—2023-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022—2023-yilgi mavsumni Mashaʼl jamoasi pro liga bahlarida ishtirok etish bilan boshlagan. 15-mart kuni boʻlib oʻtgan pro liganing birinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi vakillari Samarqandning Dinamo klubini qabul qilishgan. Oʻyin Samarqandliklarning 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[8]. Pro liganing 22-mart kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi tur bahsida Qoʻqon 1912 jamosi mehmoni boʻlgan Qashqadaryo klubi 1-0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[9]. 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing uchinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Gʻijduvon jamoasini qabul qilib 3-1 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Mash’al jamoasining Pro ligadagi beshinchi tur bahsi klubning kubokdagi ishtiroki tyfayli boshqa kunga qoldirilgan. 21-aprel kuni pro liganing oltinchi tur bahsida Yunired jamoasini qabul qilgan Maʼshal jamoasi vakillari 2-1 hisobida gʻalaba qozonishgan[11]. 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing yettinchi tur bahsida Mash’al jamoasi Navbahor-farm klubi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 2-2 hisobuidagi durang bilan yakunlangan[12]. 9-may kuni Pro liganing toʻqqiznchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Andijon-SGS jamoasini qabul qilib 3-0 hisobida gaʼlaba qozonishgan[13]. Pro liganing toʻqqiznchi turi doirasida Maʼshal jamoasi toshkentning Lokomotiv jamoasi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0-0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan. 24-may kuni Pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsi oʻtkzilgan. Shoʻrtan jamoasi bilan kuch sinashgan Maʼashal jamoasi vakillari 2-0 hisobida mag\lubiyatga uchrashgan[14]. 28-may kuni Pro liganing oʻninchi tur bahsi doirasida Maʼshal jamoasi Aral jamoasini qabul qilib 2-0 hisobida zafar quchishgan[15].

Oʻzbekiston kubogi bahslari 2023[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol boʻyicha oʻzbekiston kubogi bahslarini Qashqadaryoning mash’al klubi vakillari B guruhida Surxondaryoning Surxon jamoasiga qarshi nursiz durrang bilan yakunlangan bahs orqali boshlashgan[16]. Oʻyin 5-aprel Surxon markaziy oʻyingohida oʻtkazilgan. Oʻzbeksiton kubogi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Mash’al futbolchilari oʻzlarining uy stadiono hisoblanadigan Bahrom Vafoyev nomli stadionda 2-may Qoʻqon-1912 jamoasiga qarshi oʻtkazishgan. Oʻyinda Qashqadaryo jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[17]. Oʻzbekiston kubogi bahlarining uchunchi turida Mash’al futbol klubi Qashqadaryoning boshqa nomdor klubi hisoblanmish Nasaf jamoasi bilan bahs olib borgan. 2-iyun kuni oʻtkazilgan bahsda mash’al jamoasi kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Umumiy ochkolor hisobiga koʻra Mash’al jamaosi Oʻzbekiston kubogi bahlarida guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmagan. Mash’al jamoasi vakillari Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga yetib kelgunga qadar Doʻstlik Oltiariqni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, Gʻijduvon bilan durrang oʻynagan va kubok eshiklarini ochadigan bahsda 4-0 hisobida zafar quchishgan edi.

Season League Oʻzbekiston Kubogi OFK Top goalscorer Manager
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Comp. Result Name League
1993 2nd 6th 1/16 final Oʻzbekiston Abdurahmon Yumangulov 12 Oʻzbekiston Vladimir Nadyarniy
1994 2nd 1st 1/16 final Oʻzbekiston Boris Serostanov
1995 1st 14th 30 8 5 17 18 58 29 1/8 final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 4 Oʻzbekiston Boris Serostanov
1996 1st 14th 30 8 4 18 28 64 28 2-guruh bosqichi Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 7 Oʻzbekiston Vitaliy Dorofeev
1997 2nd 6th 42 20 8 14 71 58 68 2-bosqich Oʻzbekiston Abdurahmon Yumangulov
1998 2nd 7th 34 24 6 8 96 50 78 1/16 final Oʻzbekiston Abdurahmon Yumangulov
1999 2nd 5th 34 16 8 10 66 41 56 1/16 final Oʻzbekiston Vladimir Lyubushin
2000 2nd 2nd 38 28 2 8 103 32 86 Oʻzbekiston Baxtiyor Davlatov 36 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2001 2nd 2nd 32 24 4 4 82 25 76 1/8 final Oʻzbekiston Abduvosit Azizov 21 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2002 1st 10th 30 9 6 15 36 53 33 1/16 final Oʻzbekiston Ravshan Bozorov 9 Oʻzbekiston Baxtiyor Boboev
2003 1st 6th 30 13 5 12 48 40 44 1/4 final Oʻzbekiston Rustam Qodirov 13 Oʻzbekiston Vitaliy Ivanov
2004 1st 10th 26 8 3 15 26 48 27 1/2 final Oʻzbekiston Jasur Boboyev

Oʻzbekiston Baxtiyor Davlatov

7 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2005 1st 2nd 26 19 2 5 54 24 59 1/4 final Oʻzbekiston Shuhrat Mirxoldorshoyev 20 Oʻzbekiston Viktor Jalilov
2006 1st 4th 30 18 6 6 50 28 60 Final Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi Oʻzbekiston Kamoliddin Murzoyev 15 Oʻzbekiston Viktor Jalilov

Rossiya Viktor Kumikov

2007 1st 3rd 30 22 4 4 62 25 70 1/2 final Oʻzbekiston Viktor Klishin

Oʻzbekiston Rustam Qodirov

14 Rossiya Viktor Kumikov
2008 1st 4th 30 15 7 8 38 26 52 1/4 final Oʻzbekiston Rustam Qodirov 8 Rossiya Viktor Kumikov
2009[19] 1st 13th 30 8 6 16 32 43 30 1/8 final Oʻzbekiston Aleksandr Shadrin 5 Oʻzbekiston Genadiy Kochnev

Oʻzbekiston Bahodir Davlatov

2010 1st 5th 26 10 7 9 22 24 37 1/8 final Belarus Nikolay Rindyuk 7 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov

Qozogʻiston Vladimir Fomichyov

2011 1st 5th 26 12 4 10 32 33 40 1/4 final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 9 Qozogʻiston Vladimir Fomichyov
2012 1st 13th 26 6 5 15 20 43 23 1/4 final Oʻzbekiston Samandar Shodmonov 6 Qozogʻiston Vladimir Fomichyov
2013[20] 2nd 1st 30 24 3 3 76 16 75 1/4 final Oʻzbekiston Zohir Qoʻziboyev 20 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2014 1st 5th 26 10 6 10 37 42 36 Round of 32 Oʻzbekiston Zohir Qoʻziboyev 14 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2015 1st 7th 30 11 5 14 37 42 38 Round of 16 Oʻzbekiston Zafar Toʻrayev 7 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2016 1st 8th 30 11 5 14 35 41 38 Quarterfinal Oʻzbekiston Shahboz Erkinov 11 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2017 1st 7th 30 12 8 10 37 31 44 Quarterfinal Oʻzbekiston Humoyun Murtozoyev 8 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2018 2nd 2nd 32 19 6 7 53 27 63 Quarterfinal Rossiya Aleksandr Xomyakov
2019 2nd 1st 28 16 7 6 49 24 55 Round of 16 Rossiya Aleksandr Xomyakov

Oʻzbekiston Asror Aliqulov

2020 1st 10th 26 8 5 13 23 31 29 Quarterfinal Oʻzbekiston Humoyun Murtozoyev 6 Oʻzbekiston Dilyaver Vaniyev
2021 1st 12th 26 5 8 13 21 35 23 Round of 16 Nigeriya Samuel Chigozie Ononiwu 5 Rossiya Aleksandr Xomyakov
2022 2nd 5th 26 9 6 11 40 33 33 Round of 16 Ukraina Mykola Ahapov 8 Oʻzbekiston Dilyaver Vaniyev
2023 2nd 20 10 4 6 26 20 34 Guruh bosqichi Ukraina Sergey Petrov 10 Oʻzbekiston Dilyaver Vaniyev

Oʻzbekiston Asror Aliqulov

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi

2Kumush medal sovrindori Kumush medal sovrindori (2005-yil).

3Bronza medali sohibi Bronza medali sovrindori (2007-yil).

Oʻzbekiston kubogi

2Kumush medal sovrindori Finalchi (2006-yil).

Oʻzbekiston chempionati Pro ligasi

1Chempion Gʻolib – 3 marta (1994, 2013, 2019-yillar).

2Kumush medal sovrindori 2-oʻrin – 3 marta (2000, 2001, 2018-yillar).

Oʻzbekiston PFL kubogi

1Chempion Gʻolib (2014-yil).

2Kumush medal sovrindori Finalchi (2015-yil).

OFK musobaqalaridagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilgi mavsum yakunida Oʻzbekiston Oliy ligasida sensatsion tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan „Mash’al“ 2006-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan birga OFK chempionlar ligasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini berdi. „Mash’al“ B guruhidan joy oldi va turnir yakuniga muvofiq guruhdagi uchinchi oʻrin bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi. 2006-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki „Mash’al“ning hozircha xalqaro turnirlardagi yagona ishtirokidir.

Klub Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Farq Ochko
Birlashgan Arab Amirliklari Al Ain FC 6 4 1 1 10 6 +4 13
Saudiya Arabistoni Al-Hilol 6 3 1 2 12 7 +5 10
Oʻzbekiston Mashʻal 6 2 2 2 7 11 -4 8
Iroq Al-Mina 6 0 2 4 6 11 -5 2
Musoboqa Pld W D L GF GA
Osiyo Chempionlar ligasi 6 2 2 2 7 11
Umumiy 6 2 2 2 7 11
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2006 Osiyo Chempionlar ligasi Group B Iroq Al-Minaa 2-2 1-0 3rd
Saudiya Arabistoni Al Hilal 2-1 0-5
Birlashgan Arab Amirliklari Al Ain 1-1 1-2


Bosqich Sana Shahar Mezbon Hisob Mehmon "Mash’al" goʻllari
B guruh 16.03.2006 Al-Quvayt Al-Mina Iroq 0:1 Oʻzbekiston Mash’al Zafar Xolmurodov
B guruh 22.03.2006 Qarshi Mash’al Oʻzbekiston 1:1 Birlashgan Arab Amirliklari Al Ain FC Shuhrat Mirxoldorshoyev
B guruh 12.04.2006 Ar-Riyod Al-Hilol Saudiya Arabistoni 5:0 Oʻzbekiston Mash’al
B guruh 26.04.2006 Qarshi Mash’al Oʻzbekiston 2:1 Saudiya Arabistoni Al-Hilol Botir Qorayev, Zafar Xolmurodov
B guruh 03.05.2006 Qarshi Mash’al Oʻzbekiston 2:2[21] Iroq Al-Mina Jasur Hasanov, Shuhrat Mirxoldorshoyev
B guruh 17.05.2006 Al-Ayn Al Ain FC Birlashgan Arab Amirliklari 2:1 Oʻzbekiston Mash’al Zafar Xolmurodov

Stadion[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Mash’al" oʻz uy uchrashuvlarini Muborakdagi 10 000 tomoshabinga moʻljallangan „Bahrom Vafoev“ nomidagi stadionda oʻtkazadi. U klub faoliyatining dastlabki yillarida (1980-yillar boshida) Bahrom Vafoyev tashabbusi bilan qurilgan.

Uning qurilishiga koʻplab homiylar jalb qilingan, jumladan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi. Keyinchalik u bir necha bor rekonstruksiya qilingan.

Qashqadaryo derbisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mash’al“ futbol qarama-qarshiligi boʻlgan „Qashqadaryo derbisi“ning uch ishtirokchisidan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonning Qashqaryo viloyatidan mamlakat chempionati Oliy ligasida birdaniga 3 ta shaharning 3 ta klubi: Qarshidan „Nasaf“, Muborakdan „Mash’al“ va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etgan.

2018-yildan buyon oliy divizionda faqat "Nasaf" oʻynab kelayotganiga, shu bilan birga 2 ta jamoa quyi ligada toʻp surayotganiga qaramay, ular oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryoda, balki butun Oʻzbekistonda qiziqish uygʻotmoqda.

Joriy tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilgi mavsum uchun asosiy tarkib[22].

Amplua Futbolchi
1  UZB DR Umidjon Hamroyev
4  UZB HM Muhammadali Nomozov
5  UZB YH Samandar Ochilov
6  UZB YH Javohir Abdualimov
7  UZB YH Islombek Baratov
8  UZB YH Jasur Azimov
9  UZB YH Ibrohim Gʻanixonov
10  UZB HJ Humoyun Murtozoyev
11  UZB HJ Asadbek Samariddinov
12  UZB DR Izzatulla Tursunov
14  UZB YH Yashnarbek Rahmonov
15  UZB YH Suhrobjon Farmonqulov
17  UZB HJ Muhammad Yoʻldoshev
18  GHA HM Abdallah Maga
19  UZB HJ Anvar Murodov
20  UZB YH Ruslan Boboqulov
21  UZB YH Zoir Tursunov
Amplua Futbolchi
22  UZB YH Nurjaxon Muzaffarov
23  UZB HM Sarvar Bekchonov
29  UZB HJ Oʻktamjon Abdumalikov
30  UZB DR Davronbek Rahmonov
33  UZB HM Asan Vaniyev
34  UZB HM Shahboz Joʻrayev
39  UZB HM Sherxon Gʻofurov
55  UZB YH Ahrorbek Rahimov
66  UZB YH Sardorbek Qudratov
69  UZB HM Mironshoh Hamidov
77  UZB YH Otajon Niyozmetov
80  NGA YH Michael Babatunde
90  NGA HJ Samuel Chigozie
91  UZB HM Asiljon Begimqulov
94  UZB YH Rustamjon Abduhamidov
99  UZB DR Vladimir Vagin


U19[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Futbolchi Oʻyin Daqiqa Bosh Alm Qoʻsh Zax Gol OʻG Toʻp Gol+Toʻp SK 2SK QK
85 Nodirbek Orzimatov 0
76 Oʻral Hikmatullayev 2 2
45 Temur Rashidov 2 2
84 Amirxon Ochildiyev 4 46 1 1 3
64 Asadbek Begʻamov 5 39 4 1
93 Jasur Risboyev 5 58 3 2
20 Ozodbek Olimov 6 41 4 2 1 1
15 Shamshod Ochilov 9 113 1 2 6
32 Azizbek Sotvoldiyev 9 164 2 2 3 4 1
59 Arturbek Saʼdullayev 9 609 7 4 1 1 5 5 2
41 Shahobiddin Mardonov 12 93 9 3 1
25 Rajabboy Rajabboyev 12 148 1 1 5 6
40 Ruhiddin Xolmatov 12 92 10 2 2 2
74 Muhammadali Boymurodov 12 55 4 8
31 Bayramali Ortiqov 13 552 6 2 5
28 Zafar Samadov 13 791 10 6 2 1 1 1 4
39 Suhrob Parmonqulov 14 830 9 2 5 1
72 Mironshoh Shonazarov 15 1036 11 2 3 1 3 3 1
30 Davronbek Rahmonov 17 835 9 3 2 6
70 Farrux Toshpoʻlatov 17 1444 16 2 1 3 3 2
29 Sarvarbek Bekchanov 17 1174 12 5 5 2 2 6 1
13 Bobur Karimov 18 804 9 1 9
3 Asan Vaniyev 18 1574 17 1 1 1 6 1
42 Bakir Saidov 19 1669 19 2 1 1 6
24 Ahrorbek Rahimov 19 774 9 5 9 1 1 1 2
66 Sardor Qudratov 19 1356 15 8 4 4 4 3 1
50 Asadbek Mustafoqulov 20 1754 20 3 3 3 3
55 Samandarjon Zayniddinov 20 1656 19 6 1 1 1 1
44 Behruzbek Oblaqulov 20 1684 20 9 26 (5) 26 5
69 Mironshoh Hamidov 20 1220 13 9 6 1 1
74 Bekjon Gʻaniyev 20 1022 14 13 4 2 11 11 2

U21[tahrir | manbasini tahrirlash]


Klub hodimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur futbolchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Afrika
Janubiy Amerika


Bosh murabbiylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi sharifi Faoliyati davri
Oʻzbekiston Vladimir Nadyarniy 1993
Oʻzbekiston Boris Serostanov 1994—1995
Oʻzbekiston Vitaliy Dorofeev 1996
Oʻzbekiston Abdurahmon Yumangulov 1997—1998
Oʻzbekiston Vladimir Lyubushin 1999
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2000—2001
Oʻzbekiston Baxtiyor Boboev 2002
Oʻzbekiston Vitaliy Ivanov 2003
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2004
Oʻzbekiston Viktor Jalilov 2005—2006
Rossiya Viktor Kumikov 2006—2008
Oʻzbekiston Islom Axmedov 2009
Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev 2009
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2009—2010
Qozogʻiston Vladimir Fomichyov 2010—2012
Rossiya Aleksandr Xomyakov 2013—2018
Oʻzbekiston Asror Aliqulov[23] 2019
Oʻzbekiston Dilyaver Vaniev[24] 2020
Oʻzbekiston Zoir Toʻraqulov[25] 2020
Rossiya Aleksandr Xomyakov[26] 2021
Oʻzbekiston Dilyaver Vaniyev[27] 2022—

Rasman 2023-yildan boshlab 2019-yilda jamoani boshqargan va Mash’alni Superliga bahslariga qaytargan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Asror Aliqulov jamoaga yana murabbiy sifatida tayinlangan.

Jamoaning Farm klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Mash’al-2" jamoasi klubning farm jamoasi hisoblanib, klubda muborakliklarning akademiyasi tarbiyalanuvchilari toʻp suradi. Jamoa Oʻzbekiston ikkinchi darajali ligasining oʻn bir mavsumi ishtirokchisi va shu bilan birgalikda mamlakatdagi eng kuchli akademiyalardan biri hisoblanadi.[28].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „fcmashal.uz: Jamoa tarixi“. 11-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2022-yil.
  2. „"Mashal" - oliy ligada 200ta g'alabaga erishgan 10-klub“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  3. „Breaking news. 2018 yilgi Superligada "Mashal" va "Cementchi" ishtirok etmaydi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  4. „Superligaga qaytgan "Mashal" Proligadagi chempionlikni nishonladi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  5. „"Mashal" Superligaga qaytdi!“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  6. „”МАШЪАЛ” ЖАМОАСИНИНГ ЛОГОТИПИ ЎЗГАРДИ!“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  7. „"Машъал"нинг логотипи ўзгарди“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  8. https://pfl.uz/uzb/m/match/15300
  9. https://pfl.uz/uzb/m/match/15306
  10. https://pfl.uz/uzb/m/match/15309
  11. https://pfl.uz/uzb/m/match/15327
  12. https://pfl.uz/uzb/m/match/15329
  13. https://pfl.uz/uzb/m/match/15337
  14. https://pfl.uz/uzb/m/match/15318
  15. https://pfl.uz/uzb/m/match/15346
  16. https://pfl.uz/uzb/match/15373
  17. https://pfl.uz/uzb/match/15389
  18. https://pfl.uz/uzb/match/15590
  19. „"Retro surat". "Mashal-2009"“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  20. „"Mashal" 2013 yil birinchi ligada qanday tarkib bilan o'ynagan edi?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  21. „Bu qiziq. 2006 yil Iroq klubi qanday qilib "Mashal" bilan durang o'ynab ketgandi?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  22. – Tanishing, „Mashʼal“-2024
  23. „Rasmiy xabar: Asror Aliqulov - "Mashal" bosh murabbiyi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  24. „"Mashal" yangi bosh murabbiy nomini elon qildi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  25. „"Mashal" bosh murabbiy sifatida Zoir To'raqulovni ro'yxatdan o'tkazdi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  26. „Rasman: Aleksandr Xomyakov "Mashal" ustoziga aylandi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  27. „"Mashal"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  28. „Bahrom Davlatov rahbarligidagi "Mashal" yodingizdami?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]