Marzbon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Marzubondan yoʻnaltirildi)

Marzbon, Marzubon (fors, marz — chegara, chiziq, maʼlum bir joy; bon — soqchi, qoʻriqchi) — Qad. Eronda viloyat hukmdori unvoni. Dastlab M. istilohi chegaraga yondosh maʼmuriy birlik hokimini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Arabcha, forscha vaturkiycha tarixiybadiiy asarlar matnida M. koʻzga tashlanadi. Eski arman obidalarida "Marzpan", "Marzvan", suryoniy yodgorliklarida "Marzbono", "Marza-bono" fonetik shakllari qoʻllanishda boʻlgan. Sosoniylar Eronida chegara viloyati hokimi hisoblanmish M.ning imtiyozi oʻzga viloyat hokimlariga nisbatan ancha kengroqboʻlgan. M.lar Sharqiy Armanistonni sosoniylar hukmronligi barham topgach, 428 yildan, Sharqiy Gruziyani esa sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng , 523 yildan idora etganlar. Unga zarur paytlarda mustaqil siyosat yuritish huquqi berilgan. M.lar, koʻpincha, shoh xonadoniga mansub boʻlib, joylarda maʼmuriy, harbiy va sud hokimiyatiga ega edilar. Alisher Navoiy asarlari tilida M. soqchi, chegarachi maʼnosida ishlatilgan. "Boburnoma"da chegara viloyati hokimi sarhadbegi terminbirikmasi bilan anglashilgan. Xiva xonligada M. qalʼa boshligʻi vazifasini ado etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil