Mary Anderson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mary Anderson
Tavalludi
Mary Bebe Anderson

3-aprel 1918-yil
Vafoti 6-aprel 2014-yil(2014-04-06)
(96 yoshda)
Burbank, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1939—1965-yillarda
Turmush oʻrtogʻi
Leonard M. Behrens
(turm. 1940; ajr. 1950)

Leon Shamroy
(turm. 1953; vaf. 1974)
Bolalari 1 nafar

Meri Bebe Anderson (1918-yil 3-aprel — 2014-yil 6-aprel) amerikalik aktrisa boʻlib, 1939—1965-yillarda 31 ta film va 22 ta televizion spektaklda suratga tushgan. U "Gone With the Wind" filmidagi kichik yordamchi roli hamda Alfred Hitchcockning 1944 yilda suratga olingan "Lifeboat" filmidagi bosh qahramonlardan biri bo'lganligi bilan ham mashhur[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderson Alabama shtatining Birmingem shahrida tug'ilib o'sgan. U Govard kollejida (hozirgi Samford universiteti) tahsil olgan.

Uning ukasi James Anderson (1921—1969) ham aktyor boʻlib, “To Kill a Mockingbird (1962) filmidagi Bob Ewell nomi bilan tanilgan. Ular birgalikda bitta filmda, 1951-yilda "Hunt the Man Down ishtirok etishgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderson Miss Bishop uchun xursandchilikda (1941)

Ikki rolidan so'ng u Gone With the Wind (1939) filmida o'zining birinchi muhim ekran rolini ijro etadi. search for Scarlett ishtirok etgan 1400 aktrisadan biri sifatida suhbatdan o'tgandan so'ng u Maybelle Merriwether yordamchi rolini oladi.

Hume Cronyn, Henry Hull, Tallulah Bankhead, John Hodiak, Anderson va Canada Le bilan Hitchcockning Lifeboat filmida(1944)
Tasvirda: Walter Slezak, John Hodiak, Tallulah Bankhead, Henry Hull, William Bendix, Heather Angel, Mary Anderson, Canada Lee Alfred Hitchcockning Lifeboat filmida(1944)
Anderson aktyor Charles Rassell bilan “Behind Green Lights" filmida(1946)

1944-yilda u Alfred Hitchcockning "Lifeboat" filmidagi o'nta qahramondan biri bo'lgan hamshira Alice rolini o'ynaydi. 1950-yillarning boshlarida kino faoliyatini tugatib, u vaqti-vaqti bilan televizorda chiqishlar qiladi. Masalan, 1964-yilda Peyton Pleysda Catherine Harrington rolida (2-20-qismlar). U Perry Masonda Arlen Skott rolida "The Case of Rolling Bones" (1958) filmida mehmon sifatida ishtirok etadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderson 1940-yildan 1950-yilgacha Leonard M. Berens bilan turmushda bo'lgan. Uning ikkinchi nikohi 1953-yildan 1974-yilda erining vafotigacha kinematograf Leon Shamroy bilan bo'lgan. Ularning Anderson Alexander Shamroy ismli bitta farzandi bo'lgan. Afsuski, farzanlari 1956-yil 1-iyulda ikki oyligida vafot etadi. Mary Anderson 2014-yil 6-aprelda Californiyaning Burbank shahrida insultdan vafot etadi[2]. U vafot etgan sana 96 yoshga toʻlganidan uch kun oʻtgan payt bo'lgandi[3]. U hospis nazorati ostida va uzoq yillik hamrohi Gordon Karnon bilan bo'lgan Toluka ko'lidagi kvartirada vafot etadi.

Xuddi shu ismli aktrisalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning ismi, ko'pincha, sahna aktrisasi Mary Anderson (1859—1940) yoki ovozsiz kino aktrisasi Mary Anderson (1897—1986) bilan chalkashib ketadi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Rejissor Izohlar
1939 The Women Young Girl George Cukor ankredited
1939 Gone with the Wind Maybelle Merriwether Victor Fleming
1939 Mendelssohn's Wedding March Hilda ankredited
1940 'Til We Meet Again Girl William K. Howard ankredited
1940 Flight Angels Daisy Lou Lewis Seiler
1940 The Sea Hawk Maid of Honor Michael Curtiz ankredited
1940 All This, and Heaven Too Rebecca Jay Anatole Litvak
1940 My Love Came Back Woman Mistaken for Amelia by Tony Curtis Bernhardt ankredited
1940 A Dispatch from Reuter's Girl with Max William Dieterle ankredited
1941 Cheers for Miss Bishop Amy Saunders Tay Garnett
1941 Under Age Edie Baird Edward Dmytryk
1941 Henry Aldrich for President Phyllis Michael Hugh Bennett
1941 Bahama Passage Mary Ainsworth Edward H. Griffith
1942 Henry and Dizzy Phyillis Michael Hugh Bennett
1943 The Song of Bernadette Jeanne Abadie Henry King
1944 Lifeboat Alice MacKenzie Alfred Hitchcock
1944 The Keys of the Kingdom John M. Stahl ankredited
1944 Wilson Eleanor Wilson Henry King
1945 Within These Walls Anne Howland Bill BainPhilip Casson
1945 A Tree Grows in Brooklyn Elia Kazan ankredited
1946 Behind Green Lights Nora Bard Otto Brower
1946 To Each His Own Corinne Piersen Mitchell Leisen
1947 Whispering City Mary Roberts Fedor Ozep
1950 The Asphalt Jungle Police Broadcaster John Huston dublyaj, ankredited
1950 The Underworld Story Molly Rankin Cy Endfield
1950 Last of the Buccaneers Swallow Lew Landers
1950 Hunt the Man Down Alice McGuire / Peggy Linden George Archainbaud
1951 Chicago Calling Mary Cannon John Reinhardt
1951 Passage West Myra Johnson
1952 One Big Affair Hilda Jones Peter Godfrey
1953 I, the Jury Eileen Vickers Harry Essex
1953 Dangerous Crossing Anna Quinn Joseph M. Newman
1959 Jet Over the Atlantic Maria Byron Haskin
1962 * Lawman (1962 episode "The Actor") as Martha Carson Martha Carson epizod "The Actor"
1980 Cheech and Chong's Next Movie Old Lady in Music Store Tommy Chong ankredited; so'nngi roli

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Necrology for 2014“. Nostalgia Digest. 41-jild, № 2. 2015-yil bahor. 16–23-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  2. Lentz, Harris M., III „Anderson, Mary“,. Obituaries in the Performing Arts, 2014. McFarland, 2015 — 7 bet. ISBN 978-1-4766-1961-3. 
  3. Noland, Claire. „Mary Anderson dies at 96; actress had role in 'Gone With the Wind'“. Los Angeles Times (7-aprel 2014-yil). Qaraldi: 7-aprel 2014-yil.