Marwan Kenzari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marwan Kenzari
Tavalludi 16-yanvar 1983
Fuqaroligi Kingdom of the Netherlands va Tunis

Marwan Kenzari (niderlandcha: Marwan Kenzari; tugʻ. 1983-yil 16-yanvar, Gaaga, Niderlandiya) — asli tunislik boʻlgan gollandiyalik aktyor. Guy Ritchiening „Aladdin“ (2019) filmida Aladdin rolini ijro etgan[1]. Eng yaxshi erkak roli nominatsiyasida 2013-yil „Oltin buzoq“ gʻolib boʻlgan[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marwan Chiko Kenzari 1983-yil 16-yanvarda Gollandiyaning Janubiy Gollandiya poytaxti Gaaga shahrida Tunisdan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan. 2008-yildan boshlab u Niderlandiyada filmlarda va televideniyeda rol oʻynay boshlagan. 2009-yilda Kenzari Maastrixt teatr akademiyasini tugatdi va diplom bilan rasmiy ravishda professional aktyor boʻldi[3].

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda „Boʻri“ filmidagi roli uchun „Oltin buzoq“[4] va 2014-yilda esa Berlin kinofestivalida „Koʻtarilgan yulduz“ mukofotlarini olgan[5].

2016-yilda u bir nechta ingliz tilidagi filmlarda, jumladan „Ben-Gur“ filmida suratga tushgan. 2017-yil aktyor sifatida Marwan Chiko Kenzari martabasida nihoyatda faol yil boʻldi[6]. Keyin uning Filmografiyasi Aleks Kurtzmanning „mumiya“, Tommi Virkolaning „yetti opa-singilning siri“, Kennet Brananing „Sharq ekspressida qotillik“ kabi juda katta lentalari bilan toʻldirildi[7]. Shuningdek, 2018-yilda Kenzari isroillik josus Ashraf Marvan[8] haqidagi biografik „Farishta“ filmida bosh rolni oʻynadi. Kanzari, shuningdek, 2019-yilda prokatga chiqqan Guy Ritchie tomonidan suratga olingan „Aladdin“ nomli mashhur film — ertakda kuchli sehrgar — vazir Jaʼfar rolini oʻynagan[9].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Aladdin" filmini tomosha qilgandan soʻng, rus tomoshabinlari aktyorga koʻproq qiziqish bildirishdi[10].

Endi aktyor model Nora Ponse bilan uchrashmoqda. „Aladdin“ premyerasida u qiz doʻsti bilan paydo boʻldi va keyinchalik Instagram-da tadbirdan ularning qoʻshma fotosuratlarini joylashtirdi[11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Original nomi Rol
2013 f Bo'ri Wolf
2016 f Avtomobil Collide Mattias
2016 f Va'da The Promise
f Original nomi berilmagan
2017 f Mumiya The Mummy Malik
f Original nomi berilmagan
f Original nomi berilmagan
2018 f Farishta The Angel Ashrar Marvan
2019 f Alladin Alladin Jafar
f Original nomi berilmagan
2020 f O'lmas gvardiya The Immortal Guard Jo
2022 f Qora odam Black Adam
  1. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html
  2. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html
  3. „Breakout ʻAladdin’ star Marwan Kenzari (aka ʻhot Jafar’) got into acting accidentally to impress a girl“. 7-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  4. „Golden Calf Winners“. 13-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  5. „European Shooting Stars Awards 2014“. 28-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  6. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html
  7. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html
  8. „The True Story Behind the Movie The Angel“. 7-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  9. „Disney’s Live-Action ʻAladdin’ Reboot Casts ʻMummy’ Actor as Jafar“. 5-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  10. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html
  11. https://24smi.org/celebrity/96936-marvan-kenzari.html