Marwan II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marwan ibn Muhammad ibn Marwan ibn al-Hakam (arabcha: مروان بن محمد بن مروان بن الحكم ; tax. 691 — 6-avgust 750), odatda Marwan II nomi bilan tanilgan, Umayyadlar xalifaligining oʻn toʻrtinchi va oxirgi xalifasi boʻlib, 744-yildan to vafotigacha hukmronlik qilib kelgan. Uning hukmronligi fuqarolar urushi hukmronlik qilgan va Abbosiylar inqilobi Umaviylar sulolasini agʻdarishdan oldin birlashgan Xalifalikni boshqargan oxirgi Umaviy hukmdori boʻlgan.

Tugʻilishi va fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marwan ibn Muhammad Umayyadlar xalifaligining marvoniylar xonadonidan edi. Buvisining ismlari Zaynab boʻlgan. Marwanning otasi Muhammad ibn Marwan, toʻrtinchi Umaviy xalifasi Marwan I ning oʻgʻli (tax. 684-685-yillarda) va shuning uchun beshinchi Umaviy xalifasi boʻlgan Abdulmalik ibn Marwanning (tax. 685-705-yillarda)uning ukasi edi[1][2]

Uning onasining deyarli ismi oshkor etilmagan, lekin baʼzida Rayya yoki Tarubah deb ataladigan va arab boʻlmagan (baʼzi maʼlumotlarga koʻra kurd) boʻlgan ayol edi, deya tariflangan. Baʼzilar, uning onasi qonuniy otasi Muhammad ayolga homilador boʻlgan paytda uylgangan, shu sababli bola uniki emas, deb taʼkidlash gan ekan[3]. Bu albatta taxminlar xolos. Bir necha manbalarda Muhammad uni Ibn al-Zubayr qo‘zg‘oloni bostirilganda asirga olgan, deya manbalarga koʻra xabar berilgan ekan[4].  Onasining ismi haqida koʻp shubha, tortishuv va munozaralar mavjud boʻlib, lekin u koʻpincha Ummu Marwan („Marwanning onasi“ degan maʼnosini anglatadi) nomi bilan tanilgan edi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

732-733-yillarda xalifa Hisham Marwanni Armanistonga hokim etib tayinlaydi. 735-736-yillarda Marwan Gruziyaga bostirib kiradi, uni vayron qiladi, soʻng Alanlarning uchta qalʼasini egallab oladi, keyin esa Tumanshoh bilan sulh tuzadi. 739-740-yillarda u navbatdagi ishlarini uyushtiradi va oʻlpon ham oladi.

744—745-yillarda Valid II ni agʻdarish fitnasi haqidagi xabarni eshitgan Marwan Armanistondan kelgan qarindoshlariga xat yozib, bundan qattiq taʼsirlanadi. U ularni Umayyadlar uyining barqarorligi va farovonligini uygʻun tarzda saqlashga chaqirdi, ammo bunga eʼtibor berilmadi va koʻplab qurollangan odamlar Damashqqa koʻchib oʻtdilar. Yazid Damashqqa oʻtib ketdi va al-Walidni davlat toʻntarishi bilan taxtdan agʻdardi, shundan soʻng gʻaznadan mablagʻ ajratdi[5].

Hukmronligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yazid III al-Walid II ni taxtdan agʻdarishda qatʼiyatli boʻlgach, Marwan avvaliga unga qarshi chiqadi, keyin unga bay’at qildi. Yazid erta vafot etganida (Yazid oʻz akasi Ibrohimni oʻziga oʻrinbosar qilib qoʻygan edi. Yazid miya shishi kasalligi bilan kasal boʻlib qoladi[6]), Marwan oʻz ambitsiyalarini yangiladi, Yazidning vorisi Ibrohimga eʼtibor bermadi va xalifa boʻldi. Ibrohim avvaliga yashirinadi, keyin Marwandan shaxsiy xavfsizligiga kafolat berishini iltimos qildi. Marwan bunga rozi boʻldi va Ibrohim hatto yangi xalifaga hamrohlik qilib Hishamning Rusafah qarorgohiga ham boradi.

Old map of western Eurasia and northern Africa showing the expansion of the Caliphate from Arabia to cover most of the Middle East, with the Byzantine Empire outlined in green
William R. Shepherdning tarixiy atlasidan 750-yilgacha boʻlgan davrda musulmon xalifaligining kengayishi.  Muslim state at the death of Muhammad  Expansion under the Rashidun Caliphate  Expansion under the Umayyad Caliphate 
  Vizantiya imperiyasi

Marwanning oʻlimi Sharqda Umayyadlar boyligining tugashidan darak berdi va undan soʻng Abbosiylar tomonidan Umayyadlarning ommaviy qirgʻin qilinishi kuzatiladi. Ispaniyaga qochgan va u yerda Umayyadlar sulolasiga asos solgan shahzoda Abd ar-Rahmondan tashqari, deyarli butun Umayyadlar sulolasi oʻldiriladi[7].

Jismoniy tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marwanning koʻrinishi, oq rangliinson boʻlib, koʻk koʻzli, katta soqolli, katta barmoqli va oʻrta boʻyli inson boʻlgan deya tavsiflangan edi. Soqolini Xina bilan bo‘yamagan, soqolini oq oralagan ekan, yaʼni xinaga boʻyamani uchun orasida oq rangdagi soqollari ham boʻlgan, bu holat uning asl holatda yurganidan darak beradi[8].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Marvon ibn Muhammadning Gruziyaga bostirib kirishi;
  • Zab jangi;
  • Muhammad ibn Marvon.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zetterstéen (1993), p. 408
  2. Donner (2014), p. 110
  3. Women and the State in Early Islam (1942), p. 361
  4. Hawting (1991), p. 623
  5. Theophilus. Quoted Robert Hoyland, Seeing Islam as Others Saw It (Darwin Press, 1998), 660
  6. Dionysius of Telmahre apud Hoyland, 661 n 193
  7. Bobrick, Benson. The Caliph's Splendor: Islam and the West in the Golden Age of Baghdad. Simon & Schuster, 2012 — 12 bet. ISBN 978-1416567622. 
  8. Kathir. „البداية والنهاية“. — „وكان أبيض مشرباً بحمرة، أزرق العينين، كبير اللحية، ضخم الهامة، ربعة الجسم، ولم يكن يخضب لحيته لا بالحناء ولا الكتان ويتركها بيضاء“. 2018-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gabra, Gawdat „The Revolts of the Bashmuric Copts in the Eighth and Ninth Centuries“,. Die koptische Kirche in den ersten drei islamischen Jahrhunderten W. Beltz: . Institut für Orientalistik, Martin-Luther-Universität, 2003 — 111–119 bet.  (Wayback Machine saytida 2020-03-22 sanasida arxivlangan)
  • Sir John Glubb, „The Empire of the Arabs“, Hodder and Stoughton, London, 1963
  • Syed Ameer Ali, „A Short History of the Saracens“, Macmillan and co., London, 1912