Kontent qismiga oʻtish

Marvin Matip

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marvin Matip
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marvin Job Matip
Tavallud sanasi 1985-yil 25-sentyabr (1985-09-25) (41 yosh)
Tavallud joyi Bochum, Germaniya
Boʻyi 1.84 m[1]
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992–1994 SC Weitmar 45
1994–2004 VfL Bochum
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2005 VfL Bochum II (3)
2004–2005 VfL Bochum (0)
2005–2006 1. FC Köln II (1)
2005–2010 1. FC Köln (1)
2010 → Karlsruher SC (ijara) (1)
2010–2019 FC Ingolstadt (11)
2013–2016 Kamerun (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marvin Job Matip (1985-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) – sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Germaniyada tugʻilgan va Kamerun milliy futbol terma jamoasi sharafinini xalqaro miqyosda himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bochumda tugʻilgan Matip oʻz faoliyatini VfL Bochumda boshlagan va 2005-yilda 1. FC Köln klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yilning 1-fevralida esa Karlsruher SC klubiga ijaraga berilgan[2].

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matip Germaniyaning 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2005-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida va 2006-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham terma jamoa safida harakat qilgan. 2007-yilda esa Kamerun terma jamoasidan chaqiruv olgan[3]. Biroq, FIFA uchun hujjatlar oʻz vaqtida topshirilmagani uchun Kamerundagi faoliyati kechiktirilgan. U oʻz xalqaro miqyosdagi debyutini 2013-yilning 2-iyunida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik bahsida qilgan[4].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matipning otasi kamerunlik onasi esa germaniyalik nemis boʻlgan. Shuning uchun u har ikkila millat vakili boʻlish huquqiga ega edi[5].

Uning otasi Jean sobiq professional futbolchi boʻlgan. Uning ukasi Joël Matip esa Liverpul safida toʻp suradi.

  1. ↑ „Marvin Matip“ (German). FC Ingolstadt 04. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. ↑ Alexander Haubrichs and Markus Krücken. „Sturm-Juwel Ionita im Anflug, Matip geht“ (German). express.de (2010-yil 1-fevral). 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyul.
  3. ↑ Musa, Tansa „Soccer-Cologne's Marvin Matip called up to Cameroon squad“. ESPN.com (2007-yil 17-may). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  4. ↑ „Stolz wie Oskar: Marvin Matip unterwegs mit Kamerun!“ (German). FC Ingolstadt 04. 2014-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. ↑ Hughes, Ian „Tunisia's play-off appeal rejected“. BBC Sport (2013-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.