Sitszyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Marvaridli daryodan yoʻnaltirildi)
Sitszyan
Tavsif
Uzunligi 2 197
Suv sarfi 7 410 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy
Sitszyan


Sitszyan, Xi daryo, Si-Kiang Chjutszyan, Marvaridli daryo — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi daryo. Uzunligi 2160 km, havzasining maydoni 437 ming km². Yunnan togʻligidan boshlanib, Nannin togʻlarining jan. etaklari boʻylab oqadi va Beyszyan hamda Dunszyan daryolari bilan maydoni 16,9 ming km² li delta hosil qilib Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 8 ming m³/sek., yezda sersuv. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Uchjou shahridan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.