Martincha gʻoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kartoshka pyuresi va qovurilgan qizil karam bilan tortilgan Martincha gʻoz

Martincha gʻoz, Martin gʻozi (nemischa: Martinsgans, chex. Pečená martinská husa) — Markaziy Yevropa, ayniqsa, nemis va chex oshxonasida qishki bayram dasturxoniga tortiladigan anʼanaviy taom. Buyuk roʻza arafasida, 11-noyabrda keng nishonlanadigan avliyo Martin kunida gʻoz qovurib pishiriladigan tansiq ovqat. Naqllardan biriga koʻra, gʻozlar gʻaq-gʻaqlari bilan yepiskop sifatida saylanishdan omborga yashiringan avliyo Martinni fosh qilib qoʻyadi. Shuning uchun, xalq orasida: „Ular avliyo Martinga xiyonat qildi, shu bois ularni qovurish kerak“, degan gap yuradi[1]. Germaniyada martincha qovurishdan avval gʻoz ichi kashtan, kartoshka, qovoq yoki olma bilan toʻldirishadi[2], Chexiyada esa nok, olma yoki olxoʻri[3] tiqiladi. Nasroniy mavlidida pishiriladigan gʻoz singari, odatda uzma yoki xamir yo kartoshkadan tayyorlangan knedlik, qovurilgan qizil karam hamda qizil sharob bilan dasturxonga tortiladi.

Turlik Martin Xotira kunida dehqonchilik ishlarini yakunlaydi va bu hosil bayramiga aylanib ketadi. Bundan tashqari, ozuqani tejash maqsadida, odatda, semirib ketgan gʻozlar soʻyilgan[4]. Avliyo Martin kunida, shuningdek, feodal boyga oʻlponlarni toʻlash kuni ham hisoblangan[5][6]. Bugungi kunda, Martincha gʻoz pishirish anʼanasi asta-sekin yoʻqolib bormoqda: chunki yogʻli taom sogʻlom ovqatlanish gʻoyalari hamda zamonaviy noziklik qarashlariga zid baholanmoqda va mashhurligini yoʻqotib boryapti. 1 kishi yashaydigan zamonaviy uy xoʻjaliklarida esa, besh kilogrammlik parrandani bir necha soat davomida pishirmasliklari kundek ravshan. Germaniyaning Die Welt nashri Martincha gʻoz pishirishning yoʻqolib borayotganida madaniy diletantizmni ayblagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Markina L. G. MARTINSGANS „MARTINOV GUS“ // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 626. — 1181 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-17-038383-5.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]