Martin Hiden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Martin Hiden
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 11-mart 1973-yil (1973-03-11) (51 yosh)
Tavallud joyi Stainz, Avstriya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Pasching
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
St Stefan ob Stainz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992–1994 Sturm Graz 53 (5)
1994–1996 Austria Salzburg 59 (2)
1996–1997 SK Sturm Graz 28 (3)
1997 SK Rapid Wien 20 (0)
1998–2000 Leeds United 26 (0)
2000–2003 FK Austria Wien 82 (2)
2003–2007 Rapid Wien 106 (2)
2008 Austria Kärnten 10 (0)
2008–2009 SK Rapid Wien 4 (0)
2009 SK Austria Kärnten 11 (1)
Milliy terma jamoa
1998–2008 Avstriya 50 (1)
Boshqargan klublari
2013–2015 FC Pasching
2015 LASK Linz
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Martin Hiden (1973-yil 11-martda Shtayns shahrida tugʻilgan) — avstriyalik sobiq futbolchi, hozirda “Pasching” klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U "Shturm Graz", "Zalsburg" (birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan),"Rapid Wien", "Lids United" (Angliya) va "Austria Wien" kabi klublarda oʻynagan. 1998-yilda "Lids Yunayted"ga qoʻshilgan holda, u Premer-ligada oʻynagan birinchi avstriyalik oʻyinchi boʻldi (darvozabon Aleks Manninger 1997-yilda "Arsenal" ga oʻtgan). 2003-yildan u Rapid Wien klubiga qaytib, 2005-yilda yana bir bor Avstriya chempionligini qoʻlga kiritadi.

2006-yilda u Rapidning yangi sardori sifatida e'lon qilindi (dastlab darvozabon Helge Payer qisqa vaqt kapitan sifatida oʻynaydi, u sobiq sardor Shteffen Hofman ketganidan keyin unga berilgan roldan oʻzini qulay his qilmadi) va 2007-yilda Andreas Ivanshits va Martin Stranzl jarohat olgan oʻyinlarda terma jamoa sardori boʻlgan.

Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Avstriya terma jamoasi safida ilk bor 1998-yil mart oyida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan, ammo maydonga tushmagan. Uterma jamoada jami 50 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan[1]. Shuningdek u Yevro-2008 da ham milliy terma jamoa safida ishtirok etgan.

Murabbiylik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hiden UEFA B litsenziyasiga ega murabbiy hisoblanadi[2]. U 2013-yil 5-sentabrdan[3] LASK Lintsga klubiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangunga qadar FC Pasching bosh murabbiyi boʻlgan[2]. U klubi bilan birinchi oʻyida Villacher SVga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi[4]. Uning soʻnggi oʻyini Yunion Gurtenga qarshi oʻyin boʻlib unda jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi[5]. Karl Daxbacher ishdan boʻshatilgandan soʻng, Hiden LASK Linz klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi[6]. Klub soʻnggi sakkizta oʻyinning ikkitasida gʻalaba qozongan va soʻnggi oltita oʻyinning bittasida magʻlub boʻlgan[6]. 2015-yilning 17-martida o‘tkazilgan debyut uchrashuvida Linz va SV Xorn 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan[7].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoadagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
1998-yil 7 1
1999-yil 0 0
2000-yil 3 0
2001-yil 7 0
2002-yil 5 0
2003-yil 3 0
2004-yil 7 0
2005-yil 0 0
2006-yil 5 0
2007-yil 11 0
2008-yil 2 0
Jami 50 1

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 1998-yil 14-oktyabr Stadio Olimpiko, Serravalle  San Marino 3 – 0 4–1 Yevro-2000 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Avstriya Futbol Bundesligasi (4):
    • 1995, 2003, 2005, 2008-yillar
  • Avstriya kubogi (2):
    • 1997, 2003-yillar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Appearances for Austrian National Team – RSSSF
  2. 2,0 2,1 „Knalleffekt! LASK setzt Trainer Daxbacher vor die Tür“ (German). Heute.at (2015-yil 16-mart). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  3. „SPG FC Pasching/LASK Linz (A) » Manager history“. World Football. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  4. „SPG FC Pasching/LASK Linz (A) » Fixtures & Results 2013/2014“. World football. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  5. „SPG FC Pasching/LASK Linz (A) » Fixtures & Results 2014/2015“. World Football. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  6. 6,0 6,1 „LASK feuert Trainer Daxbacher“ (German). Österreich (2015-yil 16-mart). Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  7. „Remis bei Hiden-Debüt als Trainer“ (German). Österreich (2015-yil 17-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-mart.