Mart qoʻngʻizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mart qoʻngʻizi, mart b[[uzoq-boshi qoʻngʻizi (Melolontha aftlict Ball.) — zararkunanda qoʻngʻiz. Mevali, oʻrmon, manzarali daraxtlarni, sabzavot va boshqa ekinlarni zararlaydi. Mart qoʻngʻizi [[uz. 2,5 sm. Jigarrang , tanasining usti mayda oq rangli tangachalar bilan qoplangan. Erkak qoʻngʻizlar urgʻochilaridan moʻylovlari bilan ajralib turadi. Tuxumi oq, oval, kattaligi 4 mm. Lichinkasi oq yoki ochsargʻish. Gʻumbagi oqsargʻish, yozning ikkinchi yarmida gʻumbaklari qoʻngʻizga aylanadi, qoʻngʻizlari qishlab chiqadi. Mart oyidan boshlab, aprel oxirigacha uchib chiqadi. Qishlab chiqqan qoʻngʻizlari 2—3 haftadan keyin daraxtlar tagiga — soya joylardagi tuproqning ustki qatlamiga 1 ta yoki 2—3 tadan 30 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar bir yarim oydan soʻng chiqadi va oʻsimliklarning ildizi bilan ovqatlanib, shu joyida qishlab qoladi. Qishlab chiqqan 1-yoshdagi lichinkalari poʻst tashlab, 2-yoshga oʻtadi va mavsum davomida koʻp zarar keltiradi. Mart qoʻngʻizi 4 yilda 1 marta avlod qoldiradi.

Kurash choralari : Mart qoʻngʻizining daraxt yoki ekinlarni zararlashi aniqlanganda qator oralariga ishlov beriladi, koʻchatlar atrofiga detsis (2,5%) preparati (0,7 kg/ga) sepiladi. Haydash vaqtida tuproq betiga chiqib qolgan b[[uzoqboshilar qoʻlda terib olib, yoʻqotiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil