Marshallagiozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marshallagiozlar - oʻtxoʻr hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Marshallagiya avlodiga mansub, hayvonlarning shirdonida (oshqozonida) parazitlik qiluvchi nematodalar qoʻzgʻatadi. Kasallik qoramol, qoʻy, echki va yovvoyi hayvonlar oʻrtasida keng tarqalgan. M. qurgʻoqchil, keskin oʻzgaruvchan iqlimli joylarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 23—30 kun davomida jinsiy yetiladi va tashqi muhitga koʻplab miqdorda tuxum chiqarib turadi. 2—3 oylik qoʻzilar ogʻir kasalanadi. Kasal hayvonlar holsizlanadi, oriqlab ketadi, oʻsishdan toʻxtash kuzatiladi. Davolash: albendazol, nilverm, tiabendozol singari preparatlardan foydalaniladi. Oldini olish: hayvonlar bir yilda 2-marta — bahorda va kuzda albendazol, nilverm, tiabendozol singari preparatlar bilan degelmintizatsiya qilinadi yoki mollarga fenotiazin, mis kuporasi va ozuqa tuzi aralashmasi beriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil