Marmarak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marmarak (Solvia L.) — koʻp yillik oʻtlar turkumi; gulzorlarda ekiladigan bir yillik manzarali oʻsimlik. M.ning yaltiroq M., Korolkov M.gi, xushboʻy M., xivicheimon M., choʻl M.gi (zigʻirak) kabi 5 turi bor. Yaltiroq M. (S.splendens ver. Gawl.) — bir yillik oʻt, boʻyi 50—80 sm, poyasi tik usadi. Barglari uchburchaklinashtarsimon. Gultoji 50–60 mm. Iyun — okt.oylarida gullaydi, gullari sariq, 25–33 mm. Korolkov M.gi (S.korolkovii Rgl. et Schmalh.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 24— 50 sm. Ildiz boʻgʻizidagi barglar nashtarsimon, uchi oʻtkir, dumaloq ponasimon, yashil tukli. Iyun—avg . oylarida gullab urugʻlaydi, gullari siyoh rang . Togʻli mintaqalarda oʻsadi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Xushboʻy M. (S.sclarea L.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50—100 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismidan shoxlangan. Barglari yashil, ellipssimon-choʻziq, yirik burmali, Iyun—avg . oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻli mintaqalardagi bogʻlarda, togʻ daralarida oʻsadi. Efir moyli oʻsimlik hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil