Marmar kishmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marmar kishmish, marmari, yerevani — marmar rangli urugʻsiz mayizbob uzum navi. Vatani — Armaniston. Oq kishmishning vegetativ oʻzgarishidan yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Sharqiy ekologik geografik navlar guruhiga mansub. Bargi oʻrtacha dumaloq, toʻqyashil, 3—5 boʻlak, chetlaridagi tishlari arrasimon, keng asosli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (oʻrtacha ogʻirligi 400 g , boʻyi 22, eni 15 sm), shakli silindrsimon, gʻujumlari zich yoki oʻrtacha zich, gʻujumi mayda, yumaloq, Etdor, sershira, poʻsti oʻrtacha qalinlikda, tarkibida qand moddasi 25%, nordonligi 4,8 g/l. Vegetatsiya davri 145—147 kun. Avg . oxirida toʻliq pishadi. Hosilga erta kiradi. Hosildorligi 120—150 s/ga. Kul kasalligi va barg oʻrovchilarga nisbatan chidamli. Oʻrta Osiyo hududida ekiladi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi (mayiz chiqishi 26%). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil