Markovnikov qoidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markovnikov qoidasi - nosimmetrik alkenlar yoki alkinlarga proton kislotalari yoki suv birikkanda vodorod atomining koʻproq gidrogenlangan uglerod atomiga birikishi. 1869-yil V.V. Morkovnikov tomonidan eʼlon qilingan. Mac, pentenga HCI ni biriktirilganda vodorod atomi ikki vodorod tutgan uglerod atomiga uchinchi boʻlib, xlor atomi esa vodorod atomi tutmagan uglerod atomiga birikadi. Ushbu holat nosimmetrik uglevodorod molekulasida elektr zaryadining baravar tarqalmasligi tufayli vujudga keladi. Qoʻsh bogʻning qutblanishi natijasida manfiy zaryad koʻproq gidridlangan uglerod atomi tomon siljiydi va musbat zaryadlangan vodorod atomini tortadi. Kamroq gidrogenlangan (musbat zaryadlangan) uglerod atomiga esa anion (keltirilgan reaksiyalarda xlor atomi) tortiladi. Markovnikov qoidasiga muvofiq bunday reaksiyalar eng barqaror oraliq kationlar hosil boʻladigan yoʻnalishda kechadi. Elektronoakseptor effekti kattaroq oʻrinbosarlar mavjud boʻlganda, mas, umumiy formulasi SN2=SNX (bu yerda X-CN, SOON, SGʻ3) boʻlgan moddalarga galogenvodorodlar yoki suv biriktirilganda reaksiyaning Markovnikov qoidasiga teskari yunalishda amalga oshishi isbotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil