Markaziy yadro (Moskva City)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy yadro
Umumiy maʼlumot
Turi kompleks
Manzili Moskva siti
Shahar Moskva
Mamlakat  Rossiya
Foydalanilishi Savdo majmuasi, mehmonxona, ofislar, kino-konsert zali
Qurilishi boshlangan 2005-yil
Qurilishi tugagan 2011-yil
Balandligi
Tomi 50 m
Texnik holati
Binoning ichki maydoni 450 000 kv.m.
Liftlar soni 6 ta
Markaziy yadro (Moskva City)

Markaziy yadro yoki City Point MIBC Moskva sitining 6, 7 va 8-boʻlimlarda joylashgan. Ushbu loyiha Moskva sitining eng murakkab binolaridan biri hisoblanadi. Markaziy yadro yer osti va yer usti qisimlariga boʻlinadi.

Yer osti qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binonig yer osti qismida Filyovskaya liniyasining [[Выставочная]] metro bekati joylashgan. Shunindek, majmua yuqori tezlikda harakatlanuvchi transport tizimi, Sheremetyevo va Vnukovo aeroportlari bilan bogʻlanishi rejalashtirilgan. Yer osti qismida 2750 avtomobil uchum moljallangan avtoturargoh va texnik xonalar joylashgan.

Yer osti jamoat zonasi rivojlangan koʻp k\funktsili savdo majmuasi joylashgan, shunindek, piyodalar zanalari va qoʻshni hududlarda joylashgan binolarga otish imkonini beruvchi yolaklar bilan jihozlangan metro vestibyullari mavjud. Markaziy yadroning gʻarbiy qismida VIP avtoturargoh mavjud.

Yer usti qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmonxona

Yer usti qismi uchta funktsional zonaga boʻlingan:

  • 8a hududida - Mehmonxona
  • 8b va 7 hududida - Savdo-ko'ngilochar majmuasi (AfiMall siti)
  • 6 hududida - 6000 kishiga moʻljallangan kino va konsert zali joylashgan.

Mehmonxona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehmonxona qarz mablagʻlari hisobidan qurilmoqda, umumiy molliyalashtirish 50-55 million AQSh dollarni tashkil etadi. Mehmonxonada mehmonxonaning er usti qavatlarini yer osti avtoturargohlari va savdo korxonalari bilan bog'laydigan beshta zinapoya va liftlar mavjud. Ob'ekt hududida kvartiralar, restoranlar, qishki bogʻlar, terasalar, texnik va yordamchi binolarni joylashtirish rejalashtirilgan.

"AfiMall Siti"[tahrir | manbasini tahrirlash]

AfiMall City savdo-koʻngilochar majmuasi binoning markaziy qismida 8b va 7 hududlarida joylashgan. U toʻrt zonaga boʻlingan boʻlib, kontseptual jihatdan fasllarni aks ettiradi. Kompleksning hajmi frontal 5 qavatli 4 modulli hajmlardan iborat. Majmua savdo va koʻrgazma maydoni, koʻngilochar maydon, istirohat bogʻi, muz maydoni, koʻrgazmalar, umumiy ovqatlanish majmuasi, savdo va koʻngilochar binolar, galereyalar va restoranlarni oʻz ichiga oladi. Asosiy dam olish maskani shisha gumbaz bilan qoplangan. Qisman ochilish 2011-yil mart oyida boʻlib oʻtdi. Tantanali ochilish sanasi 2011-yil 22-may[1].

"AfiMall Siti"

Kino va konsert zali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino va konsert zali 6-hududda joylashgan boʻlib, muhim koʻngilochar tadbirlar, gala-kontsertlar, forumlar, ommaviy bayramlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan. Zalda doira shaklidagi, ehtiyojlarga moslashgan oʻzgaruvchan sahna qismi mavjud. Zalga kirishlar vestibyullar orqali amalga oshiriladi. Kapital qoʻyilmalar hajmi taxminan 120-140 million AQShdollarni tashkil etadi. Konsert zali dunyodagi eng katta soat[2][3][4] bilan bezatilishi koʻzga olingan.

Ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Umumiy qurilish maydoni: 450 000 m²
  • Loyihaga kiritilgan sarmoya: 300 million dollar

2018-yil 30-may kuni Moskva merining shahar siyosati va qurilish boʻyicha oʻrinbosari Marat Xusnullin majmuaning markaziy yadrosi qurilishi toʻrt yil ichida yakunlanishini ma’lum qildi[5]. Shu bilan birga, yaqin oylarda ular Moskva Siti majmuasida Yevropadagi eng katta minora qurishni boshlashni rejalashtirmoqda. OAV xabarlarida qaysi qurilish maydonchasi nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Moskva sitidagi binolar bilan taqqoslama[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva siti binolari taqqoslamasi
Moskva siti binolari taqqoslamasi


Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Открытие ТРЦ «Афимолл Сити» в ММДЦ Москва-Сити состоится 22 мая 2011 года
  2. „Самые большие в мире часы украсят Концертный зал в деловом центре «Москва-Сити»“ (ru). stroi.mos.ru. Комплекс градостроительной политики и строительства города Москвы (2016-yil 26-oktyabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
  3. Светлана Волкова. „В «Москва-Сити» запустят самые большие в мире часы“ (ru). www.kp.ru. «Комсомольская правда» (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
  4. „В «Москва-Сити» возводят самые большие часы в мире“ (ru). www.youtube.com. Россия 24 (2016-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
  5. Строительство самой высокой башни в Европе начнут в «Москва‑Сити» в ближайшие месяцы

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)