Markaziy mehmonxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MARKAZIY MEHMONXONA" - Oʻzbekistondagi 5 yulduzli mehmonxonalardan biri; Toshkent shahrining Amir Tsmur va Navoiy shohkoʻchalari chorra-xasida joylashgan. 1999-yilda "Toshkent — Sheraton" nomi bilan ochilgan, 2004-yildan hozirgi nomla. 16 qavatli, 251 oʻrin-li, qirrasimon oq-kulrang bstonli koʻrinishda. 172 ta I oʻrinli, 50 ta 2 oʻrinli, 18 ta yarim lyuks, 7 ta lyuks, 1 ta prezident apartamentli, 3 ta nogironlar uchun xonalar mavjud. mehmonxona vestibyuli oyna bilan qoplangan, qiya metall fermalari bilan yopilgan. Ioʻlak va zal shoyi matoga kattalashtirib ishlangan Uzoq Sharq va Oʻrta Osiyo miniatyuralari bilan bezalgan. Binoning 1-qavat xonalari vestibyuldan naqshlangan ravoqlar orqali ochilgan. Vestibyulning 2 tomoniga manza-rali rasmlar chizilgan. Shinam vestibyuldan tepaga koʻtarilgan lift shahar manzarasini ochib beradi. Liftlar oldidagi maydonchadan 2 tomonga koridorlar kstgan. Shuningdek, mehmonxonada favvoralar, ochiq va spiq suzish havzalari, sauna, tennis korti, kafe-bar va restoran bor.