Markaziy Osiyo ayollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Osiyo ayollarning evolyutsiyasi va tarixi Osiyo qitʼasining evolyutsiyasi va tarixiga deyarli mos keladi. Ular mintaqada rivojlangan madaniyatlarga ham uzviy bogʻliqdir. Osiyolik ayollarni Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Gʻarbiy Osiyo (yaʼni Yaqin Sharq) ayollari sifatida tasniflash mumkin.

Madaniyati haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX-asr oxiri, Isfaxon, Yangi Julfalik arman qizi[1]

Anʼanaviy Arman maʼdaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy Arman madaniyati va jamiyatining patriarxal qadriyatlari tufayli[2] Armanistonda ayollar koʻpincha fazilatli va itoatkor boʻlishlari har jihatdan muhim hisoblanadi. Turmush qurgunlaricha oʻzlarining bokiraligini saqlashlari va birinchi navbatda uy ishlarini bajarishlari lozim boʻladi.

Ozarbayjon qishloqlaridagi anʼanaviy ijtimoiy meʼyorlar va orqada qolayotgan iqtisodiy rivojlanish ayollarning jamiyat va iqtisodiyotdagi rolini cheklanishlar hanuz davom etmoqda. Ayollar gender kamsitishlar tufayli oʻz qonuniy huquqlaridan foydalanishda qiynalayotgani haqida bir qancha maʼlumotlar bor[3].

Kambodjadagi ayollar, baʼzan Khmer ayollari deb ataladi. Ular kamtarin, muloyim soʻzli, mayda qadam bosib yuradigan, yaxshi xulqli[4] mehnatsevar[5], odatda uy ishlari bilan shugʻullanuvchi, oilasiga gʻamxoʻr va mehribon boʻlishlari talab etiladi[4]. Ular roʻzgʻor xarajatlarini[5] va xonadon tozaligini nazorat qilishadi. Turmush qurgunlaricha bokiralikni saqlaydilar, sodiq xotin boʻlishadi[4] va erlariga maslahatchi va yordamchi boʻlishadi[5]. Kambodja ayollarining „yengil“ yurishi va nafisligi, harakatlaridagi jimliklari, hatto shoyi yubkalarining shitirlashi ham eshitilmaydi" kabi oʻxshatishlar bilan taʼriflanadi[5].

Forsning butun tarixi davomida fors ayollari (hozirda Eron ayollar nomi bilan tanilgan), zargarlik buyumlarini kiyib, tana qismlarini boʻyashgan. Bundan tashqari, ularning kiyimlari ham nafis va rang-barang tusda boʻlgan. Kiyim uslublari jins boʻyicha emas balki jamiyatdagi ijtimoiy mavqiyiga qarab belgilangan[6]. Zamonaviy Eron ayollar (1935- yildan keyin „Fors“) moda[7] va ijtimoiy normada turli xil aralashmalar va koʻrinishlarga ega[8]. Biroq, anʼanaga koʻra, „fors ayoli“ jamiyatdagi barcha ayollar uchun standart boʻlgan ijtimoiy meʼyorlar bilan belgilangan oldindan belgilangan tashqi koʻrinishga ega edi[9].


Turkmanistonda ayollarning roli hech qachon Gʻarbning musulmon ayollar haqidagi stereotiplariga mos kelmagan[10]. Garchi mehnat taqsimoti mavjud boʻlsa va ayollar odatda uydan tashqarida siyosiy ishlarda koʻzga koʻrinmas ishtirokchilar boʻlishsa-da, Turkman ayollari hech qachon baʼzi qoʻshni davlatlar ayollarinikiga oʻxshash roʻmol oʻrashmagan[10]. Turkmaniston qabila xalqi boʻlganligi uchun ayollarga nisbatan urf-odatlari mamlakat ichida turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, mamlakatning sharqiy qismidagi ayollarga spirtli ichimliklar ichishga ruxsat berilgan. Mamlakatning markaziy qismida yashovchi ayollarga, xususan, tekkeliklarga ruxsat berilgan. Aksariyat ayollar, ayniqsa, uy xoʻjaligi va uni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina salohiyatga va hunarmandchilik kasblariga egadirlar[10].

Gender tengligini targʻib qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻistonda ikki yosh ayol

Ozarbayjonda ayollar erkaklar bilan bir xil qonun tartibiga amal qiladilar. Biroq, ijtimoiy kamsitish muammoligicha qolmoqda[3]. Umumjahon saylov huquqi Ozarbayjonda 1918-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tomonidan joriy qilingan. Shu tariqa Ozarbayjon ayollarga huquq bergan birinchi musulmon davlatiga aylangan. Aksariyat Bahrayn ayollari barcha asosiy kasblarda, ayollar jamiyatlarida va ayollar tashkilotlarida vakillik sifatida ish olib borishgan. Saylov huquqidan tashqari, Bahrayn ayollarining qariyb toʻrtdan biri uy xoʻjaligidan tashqarida ishlay oladilar[11].

Sogʻliqni saqlash, ovqatlanish, taʼlim va iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha mavjud maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, 2014-yilda ayollarning ish kuchida ishtiroki 57 % ni tashkil etdi[12].

Moliyaviy nazoratchilar sifatida Kambodja ayollarini oilaviy hayotda uy xoʻjaligini bemalol boshqara oladi deb ayta olish mumkin[13]. Soʻnggi yillarda Kambodjada ayollari anʼanaviy ravishda odatda erkaklar ustunlik qiladigan ish va siyosat sohalarida ham oʻz faoliyatlarini aʼlo darajada olib borishmoqda.

1949-yil 1-oktabr Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tashkil topgan kuni hisoblanadi[14]. 1949-yildan beri Xitoy Xalq Respublikasi hukumati ayollarning erkinligini taʼminlash maqsadida ayollarning madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rollarini tez suratlarda amalga tadbiq eta boshladi. Xitoy Xalq Respublikasining yangi hukumati ayollar va erkaklar oʻrtasidagi tenglikka erishish majburiyatini oldi[15]. Erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik sari olgʻa siljish bilan birga, urinishlar anʼanaviy Konfutsiy jamiyatida erkaklar ustunligida qarshilik koʻrsatdi.

Erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik Xitoy Xalq Respublikasining uzoq muddatli maqsadi boʻlgan. Biroq keyin Madaniy inqilobdan keyin (1966-1976) amalga oshirilgan keskin islohotlar Xitoyda ayollarning imkoniyatlari va mavqeiga izchil taʼsir koʻrsatdi[16]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, xitoylik ayollar madaniy inqilob davrida gender tengligi nuqtai nazaridan tez muvaffaqiyatga erishgan[16]. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganda ish bilan band ayollar ishchi kuchining atigi 7 foizini tashkil qilgan. Holbuki, 1992-yilda ayollarning mehnatdagi ishtiroki 38 foizni tashkil etdi[17]. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan soʻng oliy oʻquv yurtlarida xotin-qizlar ham koʻpaydi[16]. Xitoyning anʼanaviy patriarxat tuzilmasi ostida dastlab jamiyatda erkaklar hukmronlik qilgan. Gonkongdagi ayollar nisbatan boʻysunuvchi oilaviy rolga ega edi[18]. Biroq, Britaniya mustamlakasi davrida Gʻarb madaniyatining paydo boʻlishi bilan Gonkongda madaniy oʻzgarishlar yuz berdi (yaʼni „Gʻarblashtirish“). Anʼanaviy Xitoy madaniyati va Gʻarb qadriyatlarining aralashmasi Gonkongning oʻziga xos madaniyatini yaratadi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri Gonkongning jadal iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda, erkaklarning roli sezilarli darajada yaxshilanganiga guvoh boʻldi. Ayni paytda ayollar hukmronligi jamiyati tuzilmasi saqlanib qolmoqda[19]. Shunday qilib, Gonkongdagi ayollar oʻqishlari Xitoydan bir oz farq qiladi. Gonkongdagi ayollar odatda koʻproq mustaqil, monetar avtonom, qatʼiyatli va martabali boʻlishga yoʻnaltirilgan. Bu Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi ayollar bilan solishtirganda koʻproq koʻzga tashlanadigan holatlardan biri[19]. Soʻnggi oʻn yilliklarda professional va boshqaruv lavozimlarida ayollar sonining koʻpayishi bilan Gonkongdagi ayollarni tasvirlash uchun „kuchli ayol“ yoki „ super ayollar“ atamalari qoʻllanila boshlandi[19].

Hindistonda ayollarning maqomi borasida soʻnggi bir necha ming yillikda koʻplab katta oʻzgarishlar roʻy berdi[20]. Hindistonda ayollar tarixi qadim zamonlarda erkaklar bilan teng huquqli boʻlishdan, soʻnggi oʻrta asrlarda koʻplab islohotchilar tomonidan teng huquqlikni targʻib qilishgacha boʻlgan murakkab yoʻlni bosib oʻtdi[21].

Bugungi kunda indoneziyalik ayollarning roliga koʻplab omillar, jumladan modernizatsiya, globallashuv, taʼlimning yaxshilanishi va texnologiyadagi yutuqlar taʼsir koʻrsatmoqda. Indoneziyadagi koʻplab ayollar shaxsiy, kasbiy va oilaviy ehtiyojlar va iqtisodiy talablar tufayli qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarish uchun qishloqlarda qolish oʻrniga shaharlarda yashashni afzal koʻrishadi. Anʼanaviy Indoniziya jamiyatida ayollar faqat oddiy xotin va ona sifatida qabul qilinadi. Ayni paytda Indoneziya ayollari ham milliy taraqqiyot sohasiga faol kirib kelishmoqda. Ayollar muammolari va tashvishlariga eʼtibor qaratadigan va harakat qiladigan tashkilotlarning faol aʼzolariga aylanishmoqda[22][23].

Eron ayollar harakati asosan Eron ayollarining ayollar huquqlari uchun ijtimoiy kurash harakatidir. Bu harakat birinchi marta 1910-yilda Eron konstitutsiyaviy inqilobidan keyin, birinchi ayollar jurnali nashr etilgach paydo boʻldi. Harakat 1933-yilgacha davom etdi va oxirgi ayollar uyushmasi Rizo Shoh Pahlaviy hukumati tomonidan tarqatib yuborildi. Harakat faoliyati Eron inqilobidan keyin (1979) yana kuchaydi[24][25]. 1962 va 1978-yillar orasida Eron ayollar harakati ulkan gʻalabalarga erishdi. Jumladan ayollar 1963-yilda Muhammad Rizo Shohning Oq inqilobi davrida ovoz berish huquqini qoʻlga kiritdilar. Davlat lavozimlarida ishlashga ruxsat berildi. 1975-yilda Oilani himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun ayollar uchun yangi huquqlar berdi. Ayollar, shu jumladan ajralish va vasiylik huquqlarini kengaytirish va koʻpxotinlilikni cheklsh kabi huquqlarni ham oldilar[26]. 1979-yilgi inqilobdan soʻng, gender diskriminatsiyasiga asoslangan bir qancha qonunlar joriy etildi. Ayollarning roʻmolini oʻrash va ommaviy kiyinish qoidalarini joriy etish kabilarni i’z ichiga oldi[27]. Islom inqilobidan keyin ayollarning huquqlari turlicha boʻlgan. Eron parlamenti aʼzolarining qariyb 9 foizini ayollar tashkil etadi. Dunyo boʻyicha esa bu koʻrsatkich 13 foizni tashkil qiladi[28]. Inqilobdan keyin ayollarga politsiya va harbiy kuchlar tarkibida ishlash huquqi berildi.

Erondagi ayollar huquqlari harakati islohotlarga taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda. Xususan, Ayollarga nisbatan kamsitishni tugatish uchun bir million imzo kampaniyasi buning yaqqol misolidir[29].

Mamlakat ayollari 1990-yillarda ogʻir davrni boshdan kechirdi, oʻtish davridagi Qozogʻiston iqtisodiyoti kuchli tanazzul va beqarorlikni boshdan kechirdi. 1995-yilga kelib real yalpi ichki mahsulot 1990-yildagi darajasidan 61,4 foizgacha pasaydi. Shunga qaramay, 1990-yillarda ayollar uchun ijobiy tomonlar ham bor edi. Masalan, 1998-yilda Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konventsiyaga qoʻshilish taklifi shular jumlasidan[30].

Quvaytdagi ayollar Fors koʻrfazi mintaqasidagi eng erkin ayollar hisoblanadi[31][32]. Quvaytdagi ayollar otalari yoki erlarining roziligisiz sayohat qilishlari, mashina haydashlari va ishlashlari mumkin. Davlatning yuqori lavozimlarida ham ishlaydigan ayollar ham aynan shu davlat ayollaridir[31]. Quvaytdagi ayollar erkin mehnat qilishlari, hokimiyatda oʻz oʻrinlarini topa olishlari va nufuzli mavqelarga erishish kuchiga ham egadirlar[33].Quvaytdagi ayollar 2005-yilning may oyida parlament va mahalliy saylovlarda saylash va ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar[34][35]. 2009-yil oktyabr oyida Quvayt konstitutsiyaviy sudi ayollarga erlarining roziligisiz oʻz pasportlarini olishlari mumkinligi haqida qaror chiqardi[36].

Koʻchmanchi tarzdagi iqtisodiyot talablari tufayli Qirgʻizistonda ayollar erkaklar bilan teng huquqli ishlaganlar. Sigir sogʻish, bola tarbiyalash, oziq-ovqat tayyorlash va saqlash kabi vazifalarni bajarishgan[37]. Oddiy oilada ayollar oʻzlarining anʼanaviy rollari doirasida erlari bilan taxminan teng maqomga ega edilar[37].

Laoslik ayollar uzoq vaqtdan beri oʻz jamiyatining faol aʼzosi boʻlib kelmoqda. Shu oʻrinda siyosatda ham ishtirok etishgan. Ijtimoiy oʻzgarishlarga ochiq va rivojlanishni boshqarishga boʻlgan shijoatlari baland ayollar edi. Shuningdek ular biznes olamida faoldirlar. Xususan, harbiylar uchun hamshiralik sohasida va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi tadbirkorlikda oʻz mehnat faoliyatlarini olib borishgan. Modernizatsiya va qishloqlardagi ijtimoiy inqiloblar tufayli, Laos ayollari anʼanaviy Laos ideallariga yot boʻlgan turmush tarzini qabul qila boshladilar[38].

Livanda rasmiy dinlarning koʻpligi sababli, Livan oilaviy masalalari kamida 15 ta[39] shaxsiy nizom kodekslari bilan tartibga solinadi. Livanlik ayollar oʻz dinlari talabi bilan oʻzgarib turadigan qonuniy himoyaga ega[40]. Agar oila musulmon boʻlsa nikoh yoshi 12,5 boʻlishi mumkin va koʻpxotinlikka ham ruxsat beriladi. Ota-ona hokimiyati uy patriarxiyasiga va barcha bolalarning qonuniy vasiysiga tegishli boʻlsa, qiz bolalar esa oʻgʻil bolaga qaraganda kamroq meros oladi[39]. Livanlik ayol va chet ellik erkakdan toʻgʻilgan bolaga Livan fuqaroligi berilmaydi[41].

Malayziyalik ayollar restoranda oʻtirishmoqda. 2009-yil.

Malayziyadagi ayollar Malayziya hukumatidan oʻzlarining koʻtarilish, qaror qabul qilish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy taʼminotga boʻlgan huquqlari hamda qonuniy toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha yordam oladilar. Malayziya hukumati bu omillarni 1997-yilda Milliy birlik va ijtimoiy taraqqiyot vazirligini tashkil etish orqali taʼminladi. Shundan soʻng 2001-yilda Malayziya ayollarining roli va hissalarini eʼtirof etish uchun Ayollar ishlari vazirligi tashkil etildi. Malayziyalik ayollarning qariyb 47 foizi oʻz ish faoliyatlarini olib boradilar[42].

Ayollar endi Ummonda martaba va kasbiy tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Shuningdik asta-sekin avvalgi uy qamogʻidan jamoat sohasiga oʻtishmoqda[43]. Ummonda har yili 17-oktabr Ummon ayollari kuni sifatida turli ayollarni himoya qiluvchi tadbirlar nishonlanadi.

Hozirgi Pokiston ayollari koʻpchilik musulmon ayollarga qaraganda yaxshiroq mavqega ega. Biroq, oʻrtacha hisobda, ayollarning erkaklarga nisbatan holati tizimli gender boʻysunishidan biridir[44]. Hukumat va maʼrifatparvar guruhlar tomonidan Pokiston jamiyatida ayollarning mavqeini oshirishga urinishlar ham boʻlgan[45]. Hozirda odamlar oʻrtasida keng xabardorlik tufayli pokistonlik ayollarning taʼlim olish imkoniyatlari oldingi yillarga nisbatan oshdi[46]. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan Inson taraqqiyoti hisobotiga koʻra, Pokiston qoʻshni Hindistonga qaraganda yaxshiroq gender tengligiga ega[47][48]. Biroq, 2012-yilda Jahon Iqtisodiy Forumi Global Gender farqi hisobotida Chad, Pokiston va Yamanni eng yomon mamlakatlar sifatida eʼtirof etdi[49].

Filippin ayollari oʻzlarini erkaklar hukmronligi ostidagi mustamlakachilikdan keyingi Osiyo katolik jamiyati muhitida deb hisoblashsada, aslida ular ijtimoiy maʼdaniy jamiyatda yashashadi. Oila jamiyatning asosiy birligi sifatida qabul qilinadi. Filippin ayollari hurmat uchun kurashadigan Filippin ierarxik tuzilishi, sinfiy tafovutlar, diniy asoslar va global miqyosda rivojlanayotgan mamlakatda yashashadi. Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa qismlari bilan solishtirganda, Filippin jamiyatidagi ayollar har doim huquqiy tenglikdan koʻproq ulushga ega boʻlishgan[50][51][52][53].

Saudiya Arabistonida barcha ayollar, yoshidan qatʼi nazar, erkak vasiyga ega boʻlishi shart etib belgilangan. Saudiya Arabistoni ayollarga mashina haydash taqiqlagan dunyodagi yagona davlat edi. Jahon Iqtisodiy Forumi 2009 Global Gender farqi hisobotida Saudiya Arabistoni gender pariteti boʻyicha 134 ta mamlakat ichida 130-oʻrinni egalladi. Ushbu mamlakat siyosiy vakolatlar koʻrsatgichida nol ball olgan yagona mamlakat edi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni 2008-yildan keyin takomillashgan. Iqtisodiy imkoniyatlarda kichik yutuqlarga erishgan bir necha Yaqin Sharq davlatlaridan biri ekanligi qayd etilgan[54].

Saudiyalik ayollarning 21 foizi ish kuchida va umumiy ishchi kuchining 16,5 foizini tashkil qiladi[55][56].

Saudiya Arabistonidagi baʼzi ayollarning oʻzlari ham ijtimoiy oʻzgarishlarni xohlamasliklari haqida bir necha dalillar mavjud. Hattoki koʻplab islohotlar tarafdorlari Gʻarb tanqidchilarini „Saudiya jamiyatining oʻziga xosligini tushunmasliklari“ uchun rad etadi[57][58]. Jurnalist Maha Akeel oʻz mamlakatida amalda boʻlgan patriarxal odatlarni tez-tez tanqid qiladi. Shunga qaramay, u gʻarbliklar oʻzlari tushunmaydigan narsalarni tanqid qilishlariga qoʻshiladi.

Singapurlik ayollarga mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga ruhsat berilgan. Singapur jamiyati va iqtisodiyotidagi anʼanaviy va zamonaviy rollarini muvozanatlash muammosiga duch kelishmoqda. Jan Li S.K, Ketlin Kempbell va Odri Chia tomonidan yozilgan "Uch paradoks: Singapurda ishlaydigan ayollar " kitobiga koʻra, Singapurlik ayollarga qarshi turadigan "uch paradoks " mavjud. Birinchidan, Singapur jamiyati ayollardan ijodiy va sermahsul korporativ ishchilar boʻlishini talab etishadi. Ular shuningdek, uy xoʻjaligida anʼanaviy ayollar rolini, xususan, xotin va ona sifatida oʻz vazifalarini bajarishadi. Ikkinchidan, singapurlik ayollar mehnatga layoqatli aholiga aylanish natijasida yuzaga keladigan „ish va oila oʻrtasidagi ziddiyat“ga duch kelishmoqda. Uchinchidan, Singapurdagi ayol menejerlar erkaklar bilan taqqoslanganda ularning taʼlim darajasi va yutuqlari hamon farqli ravishda qolmoqda[59].

Suriya Comment gazetasida suriyalik ayollar boshqa arab davlatlarida oʻz hamkasblariga berilmagan bir qancha huquqlarga ega ekanliklari haqida malumotlar keltirilgan. Bunday huquqlarga 15 yoshga toʻlgan yoki undan kichik yoshdagi bolalarni vasiylikka olish kiradi. Otasi Suriya fuqarosi boʻlmagan oʻz avlodlariga oʻz fuqaroligini berish huquqi mavjud[60]. Ayollarning, xususan, Damashqda keng tarqalgan ayollar kiyim-kechaklari, Gʻarb kiyimlariga asoslangan. Asosan uzun yubkalar, shimlar, jinsi shimlar, baland poshnali tuflilar, shuningdek, hijob va manto (palto turi) ham shular jumlasidandir[60].

Soʻnggi yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida ayollarning roli sezilarli darajada oshdi. BAAning arab davlatlari ayollar huquqlari boʻyicha yetakchiga aylantirdi. 1960-yilgacha jamiyatda ayollar uchun imkoniyatlar kam boʻlsa-da, neftning kashf etilishi ayollarning mavqeini oshirishga olib keldi. BAA konstitutsiyasi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikni, jumladan huquqiy maqom, unvonlarga daʼvo qilish va taʼlim olish huquqini kafolatlaydi. Oʻsha paytdagi Prezident Shayx Zayd bin Sulton al Nahayonning rafiqasi Shayxa Fotima bint Muborak tomonidan xotin-qizlar ittifoqi tashkil etilgan. Davlat va ishtirokchi tashkilotlar turli tashabbuslarining kuchli tarkibiy qismi boʻlib qolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining 2007/2008-yillardagi hisobotida BAA gender imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar 177 ta mamlakat orasida 29-oʻrinni egalladi. Bu arab davlatlari orasida olingan eng yaxshi reytingdir[61]. BMTTDning „Gender tengligini qoʻllab-quvvatlash va ayollar imkoniyatlarini kengaytirish“ boʻyicha Mingyillik rivojlanish maqsadining 3-soni ayollarning boshlangʻich taʼlimda ishtirok etishining maqsadli darajasiga yetdi va bugungi kunda ham oʻsishda davom etib kelmoqda.[62].

Yamandagi ayollar tarixan jamiyatda erkaklarnikiga qaraganda ancha kam kuchga ega. Yaman hukumati Yamandagi ayollar huquqlarini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirgan boʻlsa-da (shu jumladan, Ayollar taraqqiyoti strategiyasi va Ayollar salomatligini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish)[63] koʻplab madaniy va diniy meʼyorlar talab darajasida ijro etilmagan. Yaman hukumati, yamanlik ayollarning erkaklar bilan teng huquqli boʻlishiga qarshilik koʻrsatdi.

Bugungi kunda Yaman ayollari iqtisodiy, ijtimoiy yoki madaniy huquqlarga ega emas. 1990—1994-yillarda Yaman birligining dastlabki yillarida 1967-yilda saylov huquqi qoʻlga kiritilgan va ayollarga konstitutsiyaviy va huquqiy himoya berilgan. Biroq, ular „oʻz siyosiy va fuqarolik huquqlarini toʻliq roʻyobga chiqarishda“ kurashni davom ettirayotgani yanada yorqinroq haqiqatdir[64]. Ayollar Yaman jamiyatida katta rol oʻynaganligi tarixdan maʼlum. Islomdan oldingi va ilk islom Yamanidagi baʼzi ayollar jamiyatda yuqori maqomiga ega edilar. Masalan, Sheba malikasi „Yaman xalqi uchun gʻurur manbaidir“[64]. Bundan tashqari, qirolicha Arva infratuzilmaga boʻlgan eʼtibori bilan ajralib turadi. Uning hukmronligi davri farovonlik davri ham hisoblanadi[64]. Zamonaviy Yaman ayollari asosan agrar, qabilaviy va patriarxal anʼanalarni aks ettiruvchi jamiyatga boʻysunadilar. Bu holat savodsizlik va iqtisodiy muammolar bilan birgalikda ayollarning Yaman fuqarosi sifatidagi huquqlari doimiy ravishda cheklanishiga olib kelmoqda.

Tailand milliy taraqqiyotida ayollarning roli hali toʻliq tartibga solinmagan. Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi faoliyatiga taʼsir etuvchi omillar sirasida „siyosat va rejalashtirish jarayonida gender tushunchalari haqidagi bilimlar yetarli emasligi“ va ijtimoiy stereotiplar kiradi[65].

Sovet davrida Turkmanistonlik ayollar erlarining ijtimoiy mavqeyini himoya qilish uchun musulmonlarning baʼzi urf-odatlariga rioya qilish mas’uliyatini oʻz zimmalariga olishgan[10]. Koʻpgina ayollar iqtisodiy zarurat tufayli ishlashga majbur boʻlishgan. Bu holat baʼzi anʼanaviy oilaviy anʼanalarga zid boʻlganligi uchun oilaviy ajrim holatlarni koʻpaytirgan[10]. Shu bilan birga, oʻqimishli shahar ayollari professional kasbiy faoliyat bilan shugʻullanganlar[10]. Oʻzbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy ahvoliga mahalliy urf-odatlar, din, sovet hokimiyati va mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzgargan ijtimoiy normalar taʼsir koʻrsatdi[66].

Vetnamdagi ayollar 1945-yildan 1975-yilgacha Vetnam urushi paytida Vetnamni himoya qilishda muhim rol oʻynagan. Ular qishloq patrul qoʻriqchilari, razvedka agentlari, targʻibotchilar va harbiy xizmatchilar kabi koʻrinishlarda namoyon boʻlganlar. Vetnam ayollari oʻz mamlakatlarini xorijiy istilochilardan ozod qilish uchun olib borilgan kurashlarda „faol ishtirokchilar“ga aylanishdi. Shu orqali oʻzlarini „ikkinchi darajali fuqarolarga aylantirgan asrlar davomidagi Konfutsiy taʼsiridan“ xalos boʻlishga erishdilarr[67]. Tarixiy jihatdan, Vetnam ayollarining bu xarakteri va ruhi birinchi boʻlib Vetnam tarixidagi Xitoy nazoratiga qarshi isyon koʻtargan „birinchi tarixiy shaxslar“ Trung opa -singillarining xatti-harakatlarida namoyon boʻldi. Bu „jangchi ayollar“ nafaqat oʻz oilalarini himoya qilish, balki madaniyatini saqlab qolish uchun ham kurashdilar. Erkaklar urushda boʻlganlarida, bu ayollar mamlakatning kelajak avlodi va kelajagini qurish uchun uyda mehnat qildilar[68]. Vetnam ayollarining jamiyatdagi roli oʻz navbatida Vetnamning ijtimoiy-iqtisodiy holatini rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Bangladeshlik tinchlikparvar ayollar MONUSCO, Kinshasa

Hukumatdagi ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yildan boshlab Ozarbayjonda bir qancha ayollar yuqori davlat lavozimlarida ishlay boshlashdi. Jumladan parlament spikeri oʻrinbosari, bir qancha vazir oʻrinbosarlari va Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari[3] kabi bir qancha Xotin-qizlarning siyosatda ishtirok etishi uchun qonuniy cheklovlar qoʻyilmadi. 2011-yil holatiga koʻra, 125 oʻrinli parlamentda 19 ta ayol bor edi. 2005-yildan 2010-yilgacha parlamentdagi ayollar ulushi 11 foizdan 16 foizgacha oshgan[3][69][70].

2015-yildan boshlab Bangladeshda parlament spikeri va bosh vazir ayol kishi edi[71]. Zamonaviy Hindistonda ayollar yuqori lavozimlarni egallagan, shu jumladan Prezident, Bosh vazir, Lok Sabha spikeri va Muxolifat rahbari.

Tsay Ing-ven 2016-yilda Tayvan prezidenti etib saylangan. U davlat yoki hukumat boshligʻi lavozimiga saylangan birinchi osiyolik ayol boʻlib, oilada siyosiy maʼlumotga ega boʻlmagan.

Saudiya Arabistonida ayollar ovoz bera olmaydi. Shuningdek yuqori siyosiy lavozimlarga saylana olmaydi[72]. Shu bilan birga, qirol Abdulla ayollar 2015-yilgi mahalliy saylovlarda ovoz berishlari va ishtirok etishlari va Maslahat majlisiga tayinlanishlari mumkinligini eʼlon qildi[73].

Tayvanda ayollar ayniqsa siyosatda muhim rollarga erishdilar[74]. 2000-yilda feministik harakat tarafdori Annet Lu birinchi ayol vitse-prezident etib saylandi. Ye Chu-lan esa 2004-yilda birinchi ayol vitse -prezident lavozimiga koʻtarildi. 2016-yilda Tsay Ing-ven-etib saylandi. Shunga qaramay, Sharqiy Osiyoning boshqa qismlarida boʻlgani kabi, Tayvanda ham jinsiy selektiv abort sodir boʻlgani xabar qilingan[75][76][77].

Tailand ayollari 1932-yilda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan Osiyodagi birinchi ayollardan biri edi. Biroq, ular Tailand siyosatida hali ham kam namoyon boʻlmoqda[78][79].

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻonistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik yuqori darajada ekani haqida maʼlumotlar mavjud. Shundya boʻlsada mamlakat xalqaro hamjamiyat yordami bilan rivojlanib borayotgani sababli vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda[80].

Ozarbayjonda kelin oʻgʻirlash urf-odatlari mavjud[81]. Ozarbayjonlarning oʻgʻirlash odati boʻyicha yosh ayolni yolgʻon yoki zoʻrlik bilan oʻgʻirlaganning ota-onasining uyiga olib ketishadi. Zoʻrlash sodir boʻladimi yoki yoʻqmi, qatʼi nazar, ayol odatda qarindoshlari tomonidan nopok deb hisoblanadi va shuning uchun uni oʻgʻirlagan kishiga turmushga chiqishga majbur boʻladi[82].

Hindistondagi ayollar jinsiy zoʻrlash, kislota sepish, kabi vahshiyliklarga duch kelishda davom etmoqda. Yosh qizlar esa fohishalikka majburlangan. Jamoat joylarida shafqatsizlarcha zoʻrlangan yosh qizlarning bir nechta shov-shuvli holatlaridan keyin keskin vaziyatlar paydo boʻlgan[83][84][85]. Tomson Reuters tomonidan oʻtkazilgan global soʻrovga koʻra, Hindiston ayollar uchun dunyodagi „toʻrtinchi eng xavfli mamlakat“[86][87] deb topilgan.

Ijtimoiy kamsitish va ayollarga nisbatan uydagi zoʻravonliklar, ayniqsa Isroil badaviy jamiyatida dolzarb muammo sifatida aniqlangan[88].

XXI-asrda Qozogʻistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik masalasi jamoatchilik eʼtiboriga tushdi, natijada 2009-yilda „Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi[89]. Biroq, Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida boʻlgani kabi, kelin oʻgʻirlash ham jiddiy muammo sifatida qaralmoqda[90].

Mahalliy va mintaqaviy NNTlar Livanda ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida xabardorlikni oshirishga yordam berdi.[91][92]. Hukumatning bu boradagi siyosati zaif va bu sohani yaxshilashga urinishlar qarshilikka uchradi[93]. Livan qonunlari turmush oʻrtogʻini zoʻrlash tushunchasini tan olmaydi[39] va buni qonunga qoʻshishga urinish Livan ruhoniylari tomonidan noroziliklarga uchradi[94].

Pokistonlik ayollar zoʻrlash, kislota sepish, isteʼdodlarini oʻldirish, majburan turmush qurish, majburiy fohishalik va ayollarni sotib olish va sotish kabi vahshiyliklarga duch kelmoqda[95]. Soʻnggi bir necha yil ichida bunday jinoyatlar keskin koʻpayganiga guvoh boʻldi[95].

Majburiy sterilizatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston qonunchiligida mamlakatda ayollar xavfsizligi uchun baʼzi kafolatlar nazarda tutilgan boʻlsa-da, ayollar koʻplab muammolarga, ayniqsa zoʻravonlikka duch kelishda davom etmoqda. Oʻzbekistonda ayollarni majburiy sterilizatsiya qilish amaliyoti qoʻllanilayotgani haqida xabarlar bor[96][97][98]. 2012-yil 12-apreldagi BBC Jahon Xizmatining „Topshiriq“ hisoboti hukumat tomonidan aholini nazorat qilish maqsadida ayollar koʻpincha ularning bilmagan holda sterilizatsiya qilinayotgani haqidagi dalillarni ochib berdi[99].

Abort haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armaniston Osiyodagi jinsga qarab abort qilishn (xomlani oldirish) muammosiga duch kelgan mamlakatlardan biridir[100][101][102][103]Yagona bola“ siyosati amalga oshirilgandan soʻng, ayollar abort haqidagi xabarlar Xitoyda ayollarning past mavqei saqlanib qolayotganidan dalolat beradi[16].

Osiyodagi taniqli ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyoning taniqli ayollari orasida Xitoylik Qiu Jin, Vetnamlik Trieu Thi Trinh, Filippinlik Miriam Defensor-Santiago, Sirimavo Bandaranaike (Shri-Lanka) va Moʻgʻulistonlik Mandukhai Khatun bor[104].

Qirgʻiz ogʻzaki adabiyotida oʻz qabilasini dushmandan ozod qilishga yetaklagan Janilmirzoning hikoyasi ham bor[37].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Janubi-Sharqiy Osiyo ayollar sudi OIV va odam savdosi
  • Osiyoning yoʻqolgan ayollari
  • Osiyo ayollari (jurnal)
  • Buddizmdagi ayollar
  • Hinduizmdagi ayollar
  • Islomdagi ayollar
  • Sikhizmdagi ayollar

Markaziy Osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy Xalq Respublikasidagi ayollar
  • Gonkongdagi ayollar
  • Yaponiyadagi ayollar
  • Makaodagi ayollar
  • Moʻgʻulistondagi ayollar
  • Shimoliy Koreyadagi ayollar
  • Janubiy Koreyadagi ayollar
  • Tayvandagi ayollar
  • Tibetdagi ayollar
  • Afgʻonistondagi ayollar
  • Bangladeshdagi ayollar
  • Britaniya Hind okeani hududidagi ayollar
  • Butandagi ayollar
  • Hindistondagi ayollar
  • Hindistonda gender tengsizligi
  • Hindistonda gender ish haqi farqi
  • Hindistonda qishloq xoʻjaligidagi ayollar
  • Maldiv orollaridagi ayollar
  • Nepaldagi ayollar
  • Pokistondagi ayollar
  • Shri-Lankadagi ayollar

Janubi-Sharqiy Osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. AN ARMENIAN GIRL FROM NEW JULFA, ISFAHAN, LATE 19TH CENTURY // Peter the Great Museum of Anthropology and Ethnography
  2. Itano, Nicole. Quota Law Puts More Women in Armeniaʼs Election. WeNews. May 10, 2007.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Country Reports on Human Rights Practices: Azerbaijan (2011). United States Bureau of Democracy, Human Rights, and Labor (2011). This article incorporates text from this source, which is in the public domain.
  4. 4,0 4,1 4,2 Chey, Elizabeth. The Status of Khmer Women, Mekong.net
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 The Status of Women in Society (Wayback Machine saytida 2015-01-07 sanasida arxivlangan), seasite.niu.edu
  6. „For a reference on Persian dress through the ages see“. Irandokht.com. Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  7. „For a reference on Iran ethnic costumes see“. Irandokht.com (2007-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  8. For a reference on how Persian women were modernized see:
  9. Veils and Words: The Emerging Voices of Iranian Women Writers. Farzaneh Milani. 1992. p.193
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 Andoza:Country study
  11. „Women in Bahrain“. 2011-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-may.
  12. „India is lagging behind on many fronts“ (en-IN). The Hindu (2016-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  13. Gender Roles and Statuses, everyculture.com
  14. United Nations Office. „Gender Equality and Women's Development in China“. Qaraldi: 2012-yil 11-aprel.
  15. Li, Yuhui (3 April 2001). „Women's Movement and Change of Women's Status in China“. International Journal of Women's Studies. 1-jild, № 1.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Li, Yuhui (3 April 2001). „Women's Movement and Change of Women's Status in China“. International Journal of Women's Studies. 1-jild, № 1.Li, Yuhui (3 April 2001). „Womenʼs Movement and Change of Womenʼs Status in China“. International Journal of Womenʼs Studies. 1 (1).
  17. Chen, C.C.; Yu, KC; Miner, JB (1997). „Motivation to Manage: A Study of Women in Chinese State-Owned Enterprises“. The Journal of Applied Behavioral Science. 33-jild, № 2. 160-bet. doi:10.1177/0021886397332006.
  18. Women in Hong Kong Pearson, V.: . New York: Oxford University Press, 1995 — 7 bet. ISBN 0195859545. 
  19. 19,0 19,1 19,2 Lee, Eliza W. Y. „4“,. Gender and change in Hong Kong : globalization, postcolonialism, and Chinese patriarchy. Vancouver, B.C.: UBC Press, 2003 — 78 bet. ISBN 0774809949. 2013-yil 3-aprelda qaraldi. 
  20. „Rajya Sabha passes Women's Reservation Bill“. The Hindu (2010-yil 10-mart). 2010-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-avgust.
  21. „Women in History“. National Resource Center for Women. Qaraldi: 2006-yil 24-dekabr.
  22. Ingham. „Career Women in Indonesia: Obstacles Faced, and Prospects for Change“. Australian Consortium for 'In-Country' Indonesian Studies (2005). Qaraldi: 2011-yil 6-may.
  23. Ahmad. „Redefining the role of women in Indonesia“. New Straits Times. Third World Network (1998-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 6-may.
  24. Sanasarian, Eliz. The Women's Rights Movements in Iran. New York: Praeger, 1982 — 124–129 bet. ISBN 0-03-059632-7. 
  25. Afary, Janet. The Iranian Constitutional Revolution, 1906 — 1911, Columbia University Press, 1996.
  26. Afkhami, Mahnaz. The Women's Organization of Iran: Evolutionary Politics and Revolutionary Change in Women in Iran from 1800 to the Islamic Republic By Lois Beck and Guity Nashat. University of Illinois Press, 2004. ISBN 978-0-252-07189-8. 
  27. „Iranian Women and the Civil Rights Movement in Iran: Feminism Interacted“. Bridgewater State College. 2012-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-aprel.
  28. On Womenʼs Day, struggle for equality remains, Kyiv Post (8 March 2012)
  29. „Iran's Million Signatures Campaign: A Leading Voice for Democracy“. Democracy Digest. 2010-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
  30. „United Nations Treaty Collection“. treaties.un.org. 2012-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  31. 31,0 31,1 „Women and Global Human Rights“. Webster.edu. 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
  32. „2008 Freedomhouse report - Kuwait“. 2011-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  33. „Kuwait Guide: Working Women, What is working in Kuwait like?“. Justlanded.com. Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
  34. „Kuwaiti women win right to vote, May 2005“. BBC News (2005-yil 17-may). Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
  35. „Women's Suffrage“. Ipu.org (1997-yil 23-may). Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
  36. „Kuwaiti women win passport rights, October 2009“. BBC News (2009-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 10-oktyabr.
  37. 37,0 37,1 37,2 Olcott, Martha Brill. „The Role of Women“. Kyrgyzstan country study (Glenn E. Curtis, editor). Library of Congress Federal Research Division (March 1996). This article incorporates text from this source, which is in the public domain.
  38. Burke, Andrew and Justine Vaisutis. Women in Laos, Laos, Lonely Planet, 2007, 372 pages
  39. 39,0 39,1 39,2 „Gender Equality in Lebanon | Social Institutions and Gender Index (SIGI)“. 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  40. Zalzal, Marie Rose (1 January 1997). „Secularism and Personal Status Codes in Lebanon: Interview with Marie Rose Zalzal, Esquire“. Middle East Report. № 203. 37–39-bet. doi:10.2307/3012648. JSTOR 3012648.
  41. „Hariri vows support for women's rights | News, Lebanon News | THE DAILY STAR“. www.dailystar.com.lb. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  42. „Enabling more women to enter the workforce“. www.mohr.gov.my. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  43. Skeet, Ian. Oman: Politics and Development. New York: St. Martinʼs, 1992.
  44. Mariam S. Pal. Women in Pakistan: Country Briefing Paper. Asian Development Bank, 2000. ISBN 971-561-297-0. 2013-yil 28-iyunda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2015-07-25 sanasida arxivlangan)
  45. „Pakistan: Status of Women & the Women's Movement“. Womenshistory.about.com (2001-yil 28-iyul). 2018-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  46. „Women Education in Pakistan“. Pakcitizen.com (2011-yil 17-dekabr). 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-yanvar.
  47. Sharma, Aradhana. „India is worse than Pakistan on gender equality“. Times of India (2010-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 20-iyul.
  48. Nelson, Dean. „Indian poverty levels higher than Pakistan's, says UN report“. The Daily Telegraph (2011-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 20-iyul.
  49. „Daily Times - Latest Pakistan News, World, Business, Sports, Lifestyle“. Daily Times.
  50. Clamonte, Nitz. Women in the Philippines, Compiled from Gender Awareness Seminars, developed and facilitated by Nitz Clamonte, Ozamiz.com (undated), archived from the original on September 28, 2007.
  51. The Role and Status of Women, U.S. Library of Congress, CountryStudies.us (undated), retrieved on: July 11, 2007
  52. Laya, Jaime C. and Michael Van D. Yonzon, Through the Years, Brightly: The Tadtarin (Wayback Machine saytida 2010-04-28 sanasida arxivlangan); and Joaquin, Nick. The Summer Solstice, PIA.gov (undated),
  53. Vartti, Riitta (editor), „Women writers through the ages; The Spanish era“, The History of Filipino Womenʼs Writings (Wayback Machine saytida 2011-07-20 sanasida arxivlangan), an article from Firefly — Filipino Short Stories (Tulikärpänen — filippiiniläisiä novelleja), 2001 / 2007, retrieved on: April 12, 2008, „… Filipinas (i.e. Philippine women) enjoy a reputation of power and equality compared to most of their Asian neighbors …“; „… The Spaniards of the 1500s were horrified by the revolting liberty and too high social status of the woman, mujer indigena, in the islands just conquered by them. Women could own property and rule the people, act as leaders of rites and ceremonies of the society, and divorce their husbands …“; „The Conquistadors and the friars quickly changed this with the European model, where womenʼs place was at home and not in prominent positions. As a consequence, during hundreds of years, education was given only to upper-class girls, who were trained to become beautiful, submissive, capable to stitch embroidery, and suitable to marriage. The nun institution offered the only possibility for a career and teaching was the only educated occupation allowed to them …“
  54. „The Global Gender Gap Report 2009“. World Economic Forum (2009). Qaraldi: 2010-yil 19-sentyabr.
  55. „Zakaria: Comparing the status of women in Iran and Saudi Arabia – Global Public Square“. CNN (2011-yil 27-oktyabr). 2012-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  56. „Archived copy“. arabiangazette.com. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  57. Zoepf, Katherine. „Talk of Women's Rights Divides Saudi Arabia“. The New York Times (2010-yil 31-may). Qaraldi: 2010-yil 19-sentyabr.
  58. Saleh Ambah, Faiza. „Saudi Women Rise in Defense of the Veil“. Washington Post. Qaraldi: 2010-yil 23-iyun.
  59. Lee S.K., Jean, Kathleen Campbell, and Audrey Chia. The Three Paradoxes: Working Women in Singapore, postcolonialweb.org
  60. 60,0 60,1 The Status of Women in Syria — A debate, April 25, 2009
  61. „United Nations Human Development Report 2007/2008“. 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  62. UNDP Millennium Development Goals United Arab Emirates Report[sayt ishlamaydi] (PDF), p. 14 (March 2007).
  63. „Consideration of reports submitted by States parties under article 18 of the Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination against Women“. United Nations High Commissioner for Refugees (2007-yil 13-mart). Qaraldi: 2013-yil 27-yanvar.
  64. 64,0 64,1 64,2 Basha, Amal. „Yemen.“ In Womenʼs Rights in the Middle East and North Africa: Citizenship and Justice, edited by Sameena Nazir and Leigh Tomppert. Oxford: Freedom House, 2005.
  65. Key Figures (Wayback Machine saytida 2016-11-02 sanasida arxivlangan), Gender Statistics, Social Statistics Division, National Statistical Office, Bangkok.
  66. „Domestic Violence in Uzbekistan“. The Advocates for Human Rights (2000-yil dekabr).
  67. Taylor, Sandra C.. Vietnamese Women at War: Fighting for Ho Chi Minh and the Revolution. University Press of Kansas, 2003. ISBN 978-0-7006-1256-7. 
  68. Quinn-Judge, Sophie (2020-01-07), „Women in the early Vietnamese communist movement: sex, lies, and liberation“, in Vina A. Lanzona; Frederik Rettig (muh.), Women Warriors in Southeast Asia, Routledge, 136–157-bet, doi:10.4324/9781315737829, ISBN 978-1-315-73782-9
  69. 2010 Parliamentary Election Results.
  70. Viktoriya Dementiyeva. „Hicran Hüseynova: "Parlament seçkilərində 19 qadının millət vəkili seçilməsi böyük nəticədir"“. Azeri Press Agency (2010-yil 11-noyabr). 2011-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-noyabr.
  71. „Parading into history | Dhaka Tribune“. www.dhakatribune.com. 2016-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  72. al-Mohamed. „Saudi Women's Rights: Stuck at a Red Light“. 2008-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-iyun.
  73. „Saudi king: Women will be allowed to vote and run for office“. PBS (2011-yil 26-sentyabr). 2014-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
  74. „Taiwan, the place to be a woman in politics“. BBC News (2016-yil 20-may).
  75. „Archived copy“. www.econ.yale.edu. 2016-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  76. „Taiwan's gender balance worsening as more parents abort female fetuses - Taipei Times“. www.taipeitimes.com (2011-yil 8-dekabr).
  77. Kalsi, Priti (1 January 2015). „Abortion Legalization, Sex Selection, and Female University Enrollment in Taiwan“. Economic Development and Cultural Change. 64-jild, № 1. 163–185-bet. doi:10.1086/682685. JSTOR 682685.
  78. Sopchokchai, Orapin. Female Members of Parliament, Womenʼs Political Participation at the National Level, Womenʼs Political Participation in Thailand, TDRI Quarterly Review, Vol. 13, No. 4, December 1998, pp. 11-20
  79. Iwanaga, Kazuki. Women in Politics in Thailand, Working Paper No. 14, Centre for East and South-East Asian Studies, Lund University, Sweden, 2005
  80. Rubin, Alissa J.; Nordland, Rod. „Four Afghan Men Held in Acid Attack on Family“. The New York Times (2011-yil 10-dekabr).
  81. Farideh Heyat, Azeri Women in Transition: Women in Soviet and Post-Soviet Azerbaijan (Routledge 2002), p. 63.
  82. „Home - IWPR“. Institute for War & Peace Reporting. 2021-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  83. Tilak. „Crimes against Indian women“. www.aljazeera.com.
  84. „India is home of unspeakable crimes against women“. Deccan Herald (2011-yil 13-oktyabr).
  85. „Atrocities against women on the rise“. The Times of India (2013-yil 8-mart). 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  86. India is fourth most dangerous place in the world for women, India Today
  87. Afghanistan worst place in the world for women, but India in top five, The Guardian
  88. 2010 Human Rights Report: Israel and the occupied territories. U.S. Department of state. This article incorporates public domain material from this source.
  89. „Legislationline“. www.legislationline.org. 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  90. Werner, pp. 71-72.
  91. „Women's Rights Monitor“. www.lnf.org.lb. 2017-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  92. „Over 30 NGOs demonstrate for women's rights | News, Lebanon News | THE DAILY STAR“. The Daily Star. 2019-01-24da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2013-06-28.
  93. „Tussle over gender violence law“. The New Humanitarian (2012-yil 8-mart).
  94. „Lebanon's clerics attack domestic violence law - Arab News“. 2011-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  95. 95,0 95,1 Ashraf, Mohammad. „Husband sets wife on fire in Pakistan“. Gulf News (2012-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 6-noyabr. „Every year in Pakistan, there are between 8,000 to 9,000 reported crimes against women. These include, rape, acid throwing or burning, honour killings, forced marriages, forced prostitution and the buying and selling of women.
    Unfortunately, these crimes are growing every day in Pakistan,“.
  96. „BBC News - Uzbekistan's policy of secretly sterilising women“. BBC News (2012-yil 12-aprel). Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  97. „BBC Radio 4 - Crossing Continents, Forced Sterilisation in Uzbekistan“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  98. „Birth Control by Decree in Uzbekistan“. Institute for War and Peace Reporting. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  99. „BBC World Service - Assignment, Forcible Sterilisation In Uzbekistan“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  100. „Concerns over Caucasus girl abortions“. BBC News.
  101. „Archived copy“. www.irex.org. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  102. Gendercide in the Caucasus The Economist (September 13, 2013)
  103. John Bongaarts (2013), The Implementation of Preferences for Male Offspring, Population and Development Review, Volume 39, Issue 2, pages 185-208, June 2013
  104. Asian women, Amazing Women in History.com

Qoʻshimcha oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Asia topics