Kontent qismiga oʻtish

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti
Sanalar 35-aprel 2025-yil
Oʻtkaziladigan joy(lar) «Silk Road Samarkand» kongress markazi
Shaharlar Samarqand, Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti – 3—5-aprel kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi kutilayotgan sammit[1].

Samarqand viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Samarqandda oʻtkaziladigan „Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammiti munosabati bilan shaharga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopilishini haqida xabar qildi. Ushbu kunlari viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari aylanma yoʻl orqali harakat qilishadi[2].

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi, Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili berildi. Ushbu OTMlarda oʻquv jarayonini 7-apreldan boshlanadi[3][4].