Mark Flekken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Flekken
Flekken 2015-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-iyun 1993-yil (1993-06-13) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Kerkrade, Niderlandiya
Boʻyi 1.95 m[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SC Freiburg
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
WDZ
0000-2009 Roda JC
2009—2012 Alemannia Aachen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Alemannia Aachen 15 (0)
2013—2016 Greuther Fürth 25 (0)
2013—2016 Greuther Fürth II 3 (0)
2016—2018 MSV Duisburg 68 (1)
2018- SC Freiburg 61 (0)
2021 SC Freiburg II 3 (0)
Milliy terma jamoa
2022- Niderlandiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr 2022-yil uchun)

Mark Flekken (1993-yil 13-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Freiburg“ klubi va Gollandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alemannia Aachen va Greyther Fürth[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flekken faoliyatini Bocholtz shahrida RKVV WDZ yoshlar boʻlimida boshlagan. 2011-yil 22-sentyabrda birinchi professional shartnomasini imzoladi[3].

2012—2013-yilgi 3. Liga mavsumining qishki tanaffusida Flekken René van Eck tomonidan asosiy darvozabon etib tayinlandi[4][5]. Flekken 2013-yilning 26-yanvarida 1. Saarbruken FKga qarshi uy uchrashuvida (2:0) debyut qilgan[6].

MSV Duisburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flekken 2016-yil 12-iyun kuni MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi[7]. 2016-yil 7-avgustda VfL Osnabrückga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada gol urdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi[8].[9].

SC Freiburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flekken 2018—2019-yilhi mavsumda SC Freiburgga qoʻshildi[10]. Mavsum davomida Alexandr Shwolowning zaxira darvozaboni boʻldi. 2018—2019-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida 1. Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[11].

Flekken 2021—2022-yilgi mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi va ketma-ket oʻnta oʻyinda jamoasi magʻlubiyatsiz oʻynaganidan soʻng ligada uchinchi oʻrinni egalladi[12]. Shwolow 2020—2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ketganidan soʻng, Flekken asosiy darvozabon etib tayinlandi, biroq koʻp oʻtmay DFB-Pokal doirasida SV Waldhof Mannheimga qarshi oʻyinda tirsagidan jiddiy jarohat oldi va butun mavsum qayta oʻynay olmadi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flekken 2021-yilning 13- va 16-noyabr kunlari Chernogoriya va Norvegiyaga qarshi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi[13].

Flekken Gollandiya terma jamoasi safida 2022-yil 26-mart kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flekken Germaniya chegarasida Gollandiyaning Limburg, Bocholtz shahrida oʻsgan[5]. Ota-onasi René va Annie ham futbol oʻynashgan, ukasi Roy ham darvozabon boʻlgan[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubda[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-noyabr, 2022-yil[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Alemannia Aachen 2012—2013 3. Liga 15 0 15 0
Greuther Fürth II 2013—2014 Regionalliga Bayern 14 0 14 0
2014—2015 3 0 3 0
2015—2016 8 0 8 0
Jami 25 0 25 0
Greuther Fürth 2014—2015 2. Bundesliga 2 0 0 0 2 0
2015—2016 1 0 1 0 2 0
Jami 3 0 1 0 4 0
MSV Duisburg 2016—2017 3. Liga 37 1 1 0 38 1
2017—2018 2. Bundesliga 31 0 1 0 32 0
Jami 68 1 2 0 70 0
SC Freiburg 2018—2019 Bundesliga 1 0 0 0 1 0
2019—2020 10 0 1 0 11 0
2020—2021 3 0 1 0 4 0
2021—2022 32 0 5 0 37 0
2022—2023 15 0 1 0 5 0 21 0
Jami 61 0 8 0 5 0 74 0
SC Freiburg II 2020—2021 Regionalliga Südwest 3 0 3 0
Jami faoliyati 175 1 11 0 5 0 191 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Mark Flekken | Playerprofile | Bundesliga“. bundesliga.com. DFL. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2022-yil.
  2. „Flekken, Mark“. WorldFootball.net. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
  3. „Nachwuchs: Alemannia Aachen bindet Mark Flekken“ (olmoncha). Alemannia Aachen (22-sentabr 2011-yil). 2011-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Aachen: Van Ecks nächste Stellschraube heißt Michael Melka“ (olmoncha). Aachener Nachrichten (28-sentabr 2012-yil).
  5. 5,0 5,1 „Aachen: Mark Flekken: Jüngste Nummer 1 in Alemannias Historie“ (olmoncha). Aachener Zeitung (11-yanvar 2013-yil).
  6. „Alemannia Aachen vs. Saarbrücken – 26 January 2013 – Soccerway“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  7. „MSV holt Keeper Mark Flekken: Ehrgeizig, jung und hungrig!“. msv-duisburg.de (12-iyun 2016-yil). 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  8. „Torwart Flekken trifft für "Zebras" zum 1:1“. rp-online.de (7-avgust 2016-yil).
  9. Drinking Goalie - Funniest Goalkeeper Fail Ever? (inglizcha), qaraldi: 26 May 2021
  10. „Mark Flekken kommt zum Sport-Club“. scfreiburg.com (14-may 2018-yil).
  11. „5:1 - Freiburg feiert furiosen Saisonabschluss“ (de-DE). kicker (18-may 2019-yil).
  12. „Die Zahlen hinter dem Erfolg: Was Freiburg so stark macht“ (de-DE). kicker (5-noyabr 2021-yil).
  13. „Van Gaal roept 24 spelers op voor laatste groepsduels WK-kwalificatie“ (niderlandcha). OnsOranje.nl. Royal Dutch Football Association (5-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.
  14. Weigend, David. „SC-Freiburg-Torhüter Mark Flekken: Ich gehe auch mal gern ins Risiko“ (olmoncha). Badische Zeitung (24-avgust 2020-yil).
  15. „Mark Flekken » Club matches“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2018-yil 17-may.