Mariz Kemal
| Mariz Kemal | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1950[1] |
| Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
| Kasbi | shoira |
Mariz Kemal (erzya tilida: Mariz Kemal; 1950-yilda tugʻilgan) – erzya tilida ijod qilgan shoira, jamoat ishlari faoli. Ras’kenʼ Ozks nomli erzya milliy diniy marosimini olib boruvchi muhim shaxslardan biri[2][3][4][5]. Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Ural xalqlari hamjamiyati asoschilaridan biri.
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariz Kemalning 1980-yil avgustida chop etilgan „Syatko“ jurnalida „Eykakschin lavs“ (tarjimasi „Bolaligim beshigi“) nomli sheʼri nashr etilgan.
1987-yilda toʻrt nafar muallifning ijod namunalari oʻrin olgan „Manya Vasolkst“ umumiy toʻplami chop etilgan va ushbu toʻplamdan Mariz Kemalning ham koʻplab sheʼrlari ham oʻrin olgan. 1988-yilda esa Mordoviya nashriyoti uning „Lavs“ (Beshik) nomli birinchi sheʼriy toʻplaminini nashr etgan. Ushbu toʻplamning asosiy leymotivi bolalik va oʻsmirlik davri xotiralari edi.
Uning ikkinchi toʻplami „Shtatol“ (Sham) 1994-yilda nashr qilingan boʻlib, hayot, erzya xalqining taqdiri va milliy oʻzlikni anglash haqida falsafiy mushohadalardan iborat. Ushbu toʻplamdan „Mon – Erzyan!“ (Men – erzya!) kabi chuqur mazmunga ega sheʼrlar joy olgan.
Mariz Kemal erzya folklorini uzoq yillar davomida oʻrgangan va buning natijasi sifatida „Son Ulnest Erzyat“ (Ular erzya edilar) nomli esselar toʻplamini hamda „Evkson Kuzho“ (Ertakli maydon) nomli ertaklar toʻplamini yozgan. Bu asarlar erzya xalqining mashhur vakillariga bagʻishlangan.
1998-yilda Tallinn shahrida uning sheʼrlari „Nile Avat – Nile Morot“ (Toʻrt ayol – toʻrt qoʻshiq) nomli toʻplam tarkibida nashr etilgan.
Shoiraning koʻplab asarlari orasida „Stepan Erzya Marto Kortnema“ (Stepan Erzya bilan suhbat, 1998) nomli kichik poema alohida ajralib turadi. Asar mashhur haykaltarosh Stepan Erzya (Nefyodov)ga bagʻishlangan boʻlib, madaniy merosning yoʻqolishi va erzya xalqining taqdiri masalasini koʻtaradi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „308249704“. viaf.org.
- ↑ „Erza We Are!“. www.suri.ee.
- ↑ „Маризь Кемаль - Мои статьи - Каталог статей - Эрзянский литературный сайт“. erziana.my1.ru.
- ↑ Kemaykina (Mariz Kemal) Raisa Stepanovna (1950 – …) Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ „The chief elder of Erzyan people – We think, strive, read, write, create – in Erzyan only!“. 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-may.
- ↑ „Оригинальность художественного осмысления образа С. Эрьзи в стихах мордовских поэтов“. cyberleninka.ru.