Mariya Zankovetska
Mariya Zankovetska | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Mariya Adasovska 4-avgust 1854-yil |
Vafoti |
4-oktyabr 1934-yil (80 yoshda) Kiyev, USSR (hozirgi Ukraina) |
Fuqaroligi | Ukrainian People's Republic, Rossiya Imperiyasi, Ukraina SSR va SSSR |
Kasbi | teatr aktrisasi |
Faoliyat yillari | 1876-1934 |

Mariya Kostiantynivna Adasovska[lower-alpha 1] (ukraincha: Марія Костянтинівна Адасовська; 1854-yil 4-avgust – 1934-yil 4-oktyabr), Mariya Zankovetska (ukraincha: Марія Заньковецька) taxallusi bilan mashhur boʻlgan, ukrain teatr aktrisasi edi. Baʼzi manbalarda uning tugʻilgan sanasi 1860-yil 3-avgust deb koʻrsatiladi.
1922-yilda Mariya Zankovetska Ukrainada (Ukraina SSRda) birinchi boʻlib „Ukraina xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Zankovetska kambagʻallashib qolgan yer egasi va zodagon Kostantin Adasovskiy[1] hamda Chernigov shahri fuqarosi (meshchan) Mariya Nefedovaning oilasida tugʻilgan. U Zanki qishlogʻida (Nejin uyezdi, Chernigov guberniyasi; hozirgi Nejin tumani, Chernigov viloyati, Ukraina) dunyoga kelgan. Mariyaning koʻplab opa-singillari va aka-ukalari boʻlgan. U Chernigov shahar qizlar gimnaziyasini tamomlagan[2].
1876-yilda Mariya birinchi bor Nejin teatrida sahnaga chiqqan. Uning professional sahnadagi faoliyati esa 1882-yil 27-oktyabrda Yelizavetgrad shahar teatrida (hozirgi Kropivnitskiy) Marko Kropivnitskiy rahbarligida boshlangan[3]. Uning ilk roli Ivan Kotlyarevskiyning „Natalka Poltavka“ asaridagi Natalka obrazi edi.
Keyinchalik Mariya Marko Kropivnitskiy, Mixaylo Staritskiy, Mikola Sadovskiy va Panas Saksaganskiy kabi eng mashhur va professional ukrain teatr jamoalarida ishtirok etgan. Uning sahnadagi familiyasi – Zankovetska – tugʻilgan qishlogʻi nomidan olingan.
Zankovetskaning repertuarida 30 dan ortiq rol boʻlgan. U mezzo-soprano ovoz sohibasi boʻlib, ukrain xalq qoʻshiqlarini ham kuylagan[4].
Zankovetska Nejin shahrida doimiy davlat teatrini ochish uchun faol harakat qilgan. 1918-yilda u „M. Zankovetska rahbarligidagi Ukraina truppasi“ xalq teatrini tashkil qilgan, u yerda Boris Romanitskiy, Andrey Rotmirov va boshqa aktyorlar bilan birga rol oʻynagan. „Natalka Poltavka“, „Getman Doroshenko“ va „Loʻli Aza“ kabi spektakllar sahnalashtirilgan.
Ukraina Getmani Pavlo Skoropadskiy 1918-yil iyun oyida Vazirlar Kengashining qarorini tasdiqlab, Zankovetskaga bir umrlik davlat pensiyasi belgilagan.
1922-yilda Ukrainada Zankovetskaning sahnadagi faoliyatining 40 yilligini tantanali ravishda nishonlangan[3]. U Ukrainada „Respublika xalq artisti“ oliy unvoniga sazovor boʻlgan birinchi shaxs hisoblanadi.
Zankovetska 1934-yil 4-oktabrda vafot etgan. U Kiyevdagi Baykov qabristoniga dafn qilingan[5].
Teatr spektakllaridagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1882-yil – Natalya („Natalka Poltavka“, Ivan Kotlyarevskiy)
- 1882-yil – Galya („Nazar Stodolya“, Taras Shevchenko)
- 1882-yil – Tsvirkunka („Qora dengiz dengizchilari“, Mixaylo Staritskiy)
- 1883-yil – Olena („Hlitay yoki oʻrgimchak“, Marko Kropivnitskiy)
- 1887-yil – Xaritiyna („Qul qiz“, Ivan Karpenko-Kariy)
- 1889-yil – Katrya („Taqdir emas“, Mixaylo Staritskiy)
- 1891-yil – Aksyusha („Oʻrmon“, Aleksandr Ostrovskiy)
- 1892-yil – Aza („Loʻli Aza“, Mixaylo Staritskiy)
- Ulyana Kvitchina („Honcharivkada toʻy“)
- Yo („Nadiyani yoʻqotish“, Herman Heijermans)
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1909-yil – „Natalka“ (Natalka Poltavka)
- 1923-yil – „Ona“ (Ostap Bandura)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shuningdek, Mariia shaklida ham talaffuz qilinadi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1854 – народилася актриса Марія Заньковецька.“ (uk). Український Інститут Національної Пам’яті. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
- ↑ Шевелєва, Мар'яна „Марія Заньковецька – безсмертна зірка українського театру“. Український інтерес (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 „Ми з України: Марія Заньковецька — королева українського театру й не тільки“ (uk). vogue.ua (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
- ↑ Марія Заньковецька: легенда української сцени (uk). Вид-во "Бібліотека українця", 1998.
- ↑ „ЗАНЬКОВЕЦЬКА МАРІЯ КОСТЯНТИНІВНА“. resource.history.org.ua. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Mariya Zankovetska haqida turkum mavjud |
- Т.І. Лазанська. „uk:ЗАНЬКОВЕЦЬКА Марія Костянтинівна“ (Ukrainian). Енциклопедія історії України: Т. 3: Е-Й / Редкол.: В. А. Смолій (голова) та ін. НАН України. Інститут історії України. - К.: В-во «Наукова думка», 2005. - 672 с.: іл.. Qaraldi: 2014-yil 1-avgust.
- Zankovetskaning arxiv suratlari
- Lev Tolstoy Mariya Zankovetskadan salfetka soʻragan. gazeta.ua. 04.08.2009
- Ukraina sahnasining Melpomenasi. Triumf va tragediya. Mariya Zankovetskaning tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan. „Mirror Weekly“. № 31 (506) 7 – 13-avgust 2004.
- Hrono saytidagi sahifasi
- Sahifa
- 4-oktyabrda vafot etganlar
- 1934-yilda vafot etganlar
- 19-asrda tugʻilganlar
- Ukraina kino aktrisalari
- Ukraina teatr aktrisalari
- Sovet teatr aktrisalari
- Ukraina Diskurs Teatri
- 19-asr ukrain aktrisalari
- 20-asr ukrain aktrisalari
- Baykov qabristoniga dafn etilganlar
- Ukraina xalq artisti unvoni sohiblari
- Rossiya imperiyasi aktrisalari