Mario & Sonic at the Olympic Winter Games
| Sega Digital Studio | |
|---|---|
| Ishlab chiqaruvchi | Sega |
| Nashir etuvchi | |
| Chiqarilgan sana | |
| Prodyuser |
Osamu Ohashi[3] Hiroshi Sato[3] |
| Geymdizayner |
Shun Nakamura (Wii)[3] Koji Shindo (DS)[3] |
| Dasturchi |
Takeshi Sakakibara (Wii)[3] Hideaki Sekiya (DS)[3] |
| Rassom |
Kazuyuki Hoshino (Wii)[3] Hitoshi Furukubo (DS)[3] |
| Bastakor | {collapsible list |
| Oʻyin seriyasi | Mario & Sonic at the Olympic Games |
| Janr | Sport videoo‘yini |
| Platformalar | Wii, Nintendo DS |
| Oʻyin rejimlari | Yolgʻiz oʻyinchili videooʻyin, koʻp oʻyinchili videooʻyin |
Mario & Sonic at the Olympic Winter Games 2009-yilda Sega tomonidan Wii va Nintendo DS platformalari uchun ishlab chiqilgan hamda nashr etilgan krossover sport videooʻyinidir. Avvalgi qismi kabi, u Yaponiya va Koreyada Nintendo tomonidan, boshqa hududlarda esa Sega tomonidan nashr qilingan. Oʻyin Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi (IOC) tomonidan International Sports Multimedia orqali litsenziyalangan boʻlib, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining birinchi rasmiy videooʻyinidir[1].
Wii va DS platformalaridagi Mario & Sonic on the Olympic Winter Games oʻyini Qishki Olimpiada oʻyinlariga asoslangan musobaqalar toʻplamidan iborat. Oʻyinchilar ushbu musobaqalarda qatnashish jarayonida Mario yoki Sonic qahramonlaridan birini tanlab, boshqalarga qarshi bellashishlari mumkin. Oʻyinda avvalgi qismda mavjud boʻlgan barcha oʻyn qahramonlari saqlab qolingan, shuningdek, toʻrtta yangi qahramon ham qoʻshilgan[1][4].
Oʻyin tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. U Yevropa va AQSh hududlarida 6,53 million nusxada sotilgan hamda tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan[5]. Uchinchi qism – Mario & Sonic at the London 2012 Olympic Games – 2011-yil noyabr oyida Wii platformasi uchun, 2012-yil fevral oyida esa 3DS uchun chiqarilgan.
Oʻyin jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mario & Sonic at the Olympic Winter Games avvalgi qismning oʻyin mexanikasini saqlab qolgan boʻlib, oʻyinchilar Wii va DS platformalariga moslashtirilgan maxsus boshqaruv vositalari orqali ekrandagi qahramonni boshqarishadi. Biroq yozgi oʻyinlardan qishki oʻyinlarga oʻtish natijasida har ikkala boshqaruv va mexanikalarda ayrim oʻzgarishlar mavjud. Wii versiyasidagi koʻplab musobaqalar pastga qarab poygaga asoslangani sababli, harakat boshqaruvi tez-tez silkitish yoki kuchli harakatlar oʻrniga koʻproq qurilmani egish va burishga tayanadi. Natijada, ayrim musobaqalarni boshqarish uchun muqobil usul sifatida Balance Board aksessuari ham ishlatiladi[4]. Shuningdek, ushbu versiyada chidamlilik mexanikasi olib tashlangan boʻlib, uning oʻrniga tezlanishtirish mexanikasi joriy etilgan.
Taqrizlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Taqriz yigʻuvchi | Baho |
|---|---|
| GameRankings | 70.95% (DS) 77.86% (Wii) |
| Nashr | Baho |
|---|---|
| Eurogamer | 8/10[12] |
| GameSpot | (Wii) 6/10 (DS) 6/10 |
| GamesRadar+ | |
| GameTrailers | 7.2/10 |
| IGN | (Wii) 6.4/10[6] (DS) 7.5/10[7] |
| Nintendo Life | (Wii) (DS) |
| Nintendo World Report | 9/10[9] |
| The Guardian | |
| X-Play | 3/5 |
Mario & Sonic at the Olympic Winter Games oʻyinining Wii versiyasi tanqidchilar tomonidan umuman olganda ijobiy qabul qilingan.[13]. Wii versiyasi DS versiyasiga nisbatan yuqoriroq baho olgan[14]. GameRankings maʼlumotlariga koʻra, Wii versiyasi uchun oʻrtacha reyting 77,86%, DS versiyasi uchun esa 70,95%ni tashkil etgan[15][16]. IGN Wii versiyasi haqida shunday fikr bildirgan: „Musobaqalarning aksariyatida haddan tashqari koʻp silkinish yoki boʻrttirilgan boshqaruv usullari qoʻllanilgan, bu esa tajribani yanada yaxshiroq qilish imkonini bermaydi“, va Wii versiyasiga 6,5 ball bergan[17]. X-Play sharhlovchisi Adam Sessler Wii versiyasi unchalik qiyin emasligi va musobaqalar qiziqarli ekanini taʼkidlagan. Garchi Dream Events rejimini maqtagan boʻlsa ham, boshqaruv juda oson ekanini tanqid qilgan. Shunga muvofiq, u oʻyinga 5 balldan 3 ball bergan[18]. GameSpot DS versiyasidagi musbaqalarni qiziqarsiz deb baholagan[19]. Nintendo Power esa oʻyinchilar Wi-Fi’dan faqat reyting jadvallari uchun foydalanishi, real vaqt rejimidagi onlayn oʻyinchiga qarshi musobaqalar mavjud emasligidan qattiq hafsalasi pir boʻlganini bildirgan[20]. GameTrailers Wii versiyasiga 5,2 ball berib, harakatga asoslangan boshqaruv tizimi baʼzan ishlashi, baʼzan esa ishlamasligini tanqid qilgan[21]. GamePro „Asl oʻyinda yangilik va joziba hissi mavjud edi, davomi esa biroz eskirgan va zerikarli koʻrinadi“, deya taʼkidlagan[22].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Sega (2009-yil 12-fevral). „Mario and Sonic Head to the Slopes in Mario and Sonic at the Olympic Winter Games“. Press-reliz.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Mario & Sonic At The Olympic Winter Games“. Gamespy. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Sega. Mario & Sonic at the Olympic Winter Games. Nintendo/Sega.
- ↑ 4,0 4,1 Hatfield, Daemon „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Hands-on“. IGN 1–2. California: Fox Interactive Media (2009-yil 3-aprel). 2009-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Fiscal Year 2010 Full Year Earnings Presentation“. Sega Sammy Holdings (2010-yil 17-may). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kolan, Patrick „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games AU Review“. IGN (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ Bozon, Mark „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games DS Review“. IGN (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review (DS) | Aces high“. Nintendo Life (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ Hernandez, Pedro „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review“. Nintendo World Report (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games review | Aces high“. The Guardian (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games review | Aces high“. GamesRadar (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ Gibson, Ellie „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games“. Eurogamer (2021-yil 12-sentyabr). 2021-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games (wii) reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2010-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games“. GameSpot. CBS Interactive. 2010-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Video Game Reviews, Articles, Trailers and more - Metacritic“. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games for DS“. GameRankings (2009-yil 13-oktyabr). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review - IGN“. Wii.ign.com. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review Videos - G4tv.com“. G4tv.com. 2018-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review for DS - GameSpot“. GameSpot. CBS Interactive.
- ↑ Nintendo Power Vol. 247, November 2009
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review“. GameTrailers. 2011-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario & Sonic at the Olympic Winter Games Review from GamePro“. GamePro. IDG. 2010-02-22da asl nusxadan arxivlandi.