Marina Xmelevskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marina Sergeyevna Xmelevskaya (1990-yil 30-iyulda tugʻilgan) — uzoq masofalarga va marafonlarga ixtisoslashgan oʻzbek sportchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilda u 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi.[1]

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Dushanbe shahrida (Tojikiston) boʻlib oʻtgan Xalqaro yarim marafonda 1:18:12 hisobida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[2][3].

2015-yilda u Berlin marafonida qatnashib, 2:38:36 hisobida 26-oʻrinni egalladi va Rio-da-Janeyroda (Braziliya) yozgi Olimpiya oʻyinlari standartini yakunladi[4]. Oʻsha yili Dushanbeda boʻlib oʻtgan Xalqaro yarim marafonda 1:16,09 natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[5].

2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida marafon boʻyicha u 2:45:06 natija bilan atigi 77-oʻrinni egalladi[6].

2017-yilda Ostona (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan xalqaro marafonda 2:37:51 natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.[7] Oʻsha yili Dongguanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan marafon boʻyicha Osiyo chempionatida u 2:39:52[5] hisobida yettinchi oʻrinni egalladi.

2018-yilda Mayamida (AQSh) oʻtkazilgan Xalqaro yarim marafonda u 1:19:51 natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Atlanta marafonida (AQSh) u 2:52:31 natija bilan birinchi oʻrinni egalladi. Dushanbe shahrida (Tojikiston) oʻtkazilgan xalqaro yarim marafonda 1:16:05 natija bilan u yana ikkinchi boʻldi.

2019-yilda Samarqand yarim marafonida uchinchi, Olmaotada (Qozogʻiston) oʻtkazilgan marafonda 2:45:44 hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

2020-yilda Samarqand yarim marafonida 1:14:03 soat natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[8]. Oʻsha yili II Toshkent xalqaro marafonida ham 2:30:39 natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[9].

2021-yili III Toshkent xalqaro marafonida 2:36:29 natija bilan atigi toʻrtinchi oʻrinni egallagan edi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Marina Hmelevskaya“. Rio 2016. 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
  2. „В Таджикистане среди победителей полумарафона в честь Дня столицы таджиков не оказалось“ (ru). tajikta.tj. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  3. „Узбекские легкоатлеты завоевали золото и серебро на полумарафоне в Душанбе“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  4. „Легкоатлетка из Узбекистана завоевала лицензию на Олимпийские игры 2016“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Хмелевская Марина“. uzathletics.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  6. „Women's Marathon Schedule & Results – Olympic Athletics“. web.archive.org (2016-yil 26-avgust). 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  7. „Наши легкоатлеты - победители Марафона в Астане“ (ru). sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  8. nasiba. „Samarkand Half Marathon в цифрах: как прошел благотворительный забег • TheMag.uz“ (ru). TheMag.uz (2020-yil 4-noyabr). 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  9. „Бегуны завоевали две лицензии и установили три рекорда на Втором Ташкентском международном марафоне“ (ru). Газета.uz (2020-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  10. „Marina HMELEVSKAYA | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]