Marina Svetayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marina Ivanovna Svetayeva (1892.26.11, Moskva - 1941.31.8, Yela-buga, Tatariston) - rus shoirasi. Moskva universiteti prof. Lozanna va Frey-furgdagi musika maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi kizlar gimnaziyasida oʻqigan. Oktyabr toʻntarishini qabul qilmay, 1922 yilda Pragaga, 1925 yilda esa Parijga koʻchib borgan. Muhrjirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan Svetayeva 2-jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo koʻp oʻtmay, ruhiy iztiroblar orqasida oʻz joniga qasd qilgan.

Dastlabki sheʼriy toʻplamlari — "Oqshom albomi" (1910) va "Sehrli fonar" (1912). 1916 yilga kelib, S. ijo-dining asosiy mavzui — muhabbat, Rossiya, sheʼriyat mavzui uzilkesil shakllanadi. S.ning 20-yillar avvaliga oid sheʼrlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jur.larida eʼlon qilinadi. Shu davrda uning "Blokka atalgan sheʼrlar", "Hijron"(1922), "Psixeya, Romantika", "Hunar" (1923) sheʼriy kitoblari va "Barakalla" (1924) doston-ertagi nashr etilgan. S.ning "Rossiyadan keyin. 1922— 25" soʻnggi toʻplami 1928 y. Parijda bosilgan.

S. sheʼriyati musiqiyligi, tovushning sheʼr musiqiy qurilmasidagi katta oʻrni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashki dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida roʻshnolik koʻrmagan shoiraning asarlari, jumladan, "Togʻlar dostoni", "Intiho dostoni" (1926), "Krisolov" lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan "Tezey" (1927) va "Fedra" (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. S. nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va boshqa haqida falsafiy oʻylar va xotiralardan iborat oʻziga xos adabiy portretlarni yaratgan.