Kontent qismiga oʻtish

Marija Šestić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marija Šestić
Tavalludi Marija Šestić
1987-yil 5-may (1987-05-05) (39 yosh)
Janrlar pop musiqa
Fuqaroligi Bosniya va Gersegovina

Marija Šestić (serbcha: Марија Шестић; 1987-yil 5-mayda tugʻilgan) — bosniyalik serb xonandasi va musiqachisi.

U Bosniya va Gersegovina nomidan Helsinki shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2007“ tanlovida ishtirok etgani bilan mashhur. Šestić tanlovda „Rijeka bez imena“ („Nomsiz daryo“) qoʻshigʻini ijro etib, 106 ball toʻplagan va 24 ishtirokchi orasida 11-oʻrinni egallagan.

Kasbi boʻyicha pianinochi boʻlgan Marija Šestić mahalliy musiqa festivallarida yuqori natijalarga erishgan. Shuningdek, u sobiq Yugoslaviya hududidan MTV Europeda chiqish qilgan ilk ijrochi boʻlish imkoniyatiga ega boʻlgan[1].

Marija 2005-yilda ham „Eurovision“ qoʻshiq tanloviga yoʻllanma olish uchun harakat qilib koʻrgan. U „In This World“ qoʻshigʻi bilan milliy saralashda ishtirok etib, munosib tarzda toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Šestićning otasi Dušan Šestić ham musiqachi hisoblanadi. U Bosniya va Gersegovina davlat madhiyasining bastakori sifatida tanilgan[2][3][4].

Oʻtmishdoshi:
Hari Mata Hari
va Lejla
Bosniya va Gersegovina Eurovision qoʻshiq tanlovida
2007
Vorisi:
Elvir Laković Laka
va Pokušaj