Marie Trintignant

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marie Trintignant
Tavalludi 21-yanvar 1962-yil
Vafoti 1-avgust 2003-yil(2003-08-01)
(41 yoshda)
Neuilly-sur-Seine, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1967-2003
Turmush oʻrtogʻi
Samuel Benchetrit (turm. 1998)
Bolalari 4
Otasi Jean-Louis Trintignant
Onasi Nadine Trintignant

Marie Trintignant (talaffuzi: „Mari Trintignant“, 1962-yil 21-yanvar — 2003-yil 1-avgust) fransuz kino va sahna aktrisasi. U 36-yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq filmlarda suratga tushgan[1]. Uning oilasi Fransiya kino sanoati bilan chuqur shugʻullangan, chunki otasi aktyor va onasi rejissyor, prodyuser va ssenariy muallifi boʻlgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trintignant Bulon-Bilankurda aktyor Jan-Lui Trintignan va uning ikkinchi xotini, fransuz kinorejissori, prodyuseri va ssenariy muallifi Nadin Markuandning qizi sifatida tugʻilgan. Marie toʻqqiz yoshida singlisi Paulin vafot etadi. Bu holatda Marie deyarli gapirishni toʻxtatdi. Uning ota-onasi 1976-yilda ajrashishdi. Erta hayoti davomida u qattiq uyatchanlikdan aziyat chekdi, lekin oʻrta yoshlarida u aktyorlik qilishga qaror qildi. Marie hayvonlarni juda yaxshi koʻrardi va veterinar boʻlishni oʻylardi, lekin oxirida aktyorlik karerasini davom ettirdi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U birinchi marta onasi rejissyorlik qilgan va otasi rol oʻynagan "My Love, My Love" filmida toʻrt yoshida ekranda paydo boʻldi. Trintignantning tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan birinchi filmi esa Patrick Dewaere bilan birga rol oʻynagan Série Noire edi[3].

1988-yilda Trintignant fransuz rejissyori Claude Chabrol qoʻl ostida „Une Affaire de Femme“ filmida ishlagan. Filmda urush davridagi Vichy Franceda yosh fohisha rolini oʻynagan. Rol va Chabrolning uning karerasiga taʼsiri haqida keyinroq Trintignant shunday dedi: „Oʻsha vaqtgacha qahramonlarimning dardini koʻrsatishda tirishgunimga qadar oʻzimni firibgar ekanligimni his qilardimBu harakatim menga yolgʻon fojiasiz oʻsishni koʻrsatdi“. U yana Chabrol bilan 1991-yilda George Simenonning kitobidan ishlangan „Betty“ filmida ham rol ijro etdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trintignant toʻrt oʻgʻilning onasi edi:[4]

  • Roman, barabanchi Richard Kolinka farzandi
  • Paul, aktyor va sobiq eri Fransua Cluzet farzandi
  • Léon, Matias Othnin-Jirard farzandi
  • Jules, eri rejissyor Samuel Benchetrit farzandi

Oʻlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marie Trintignantning qabri

2003-yilda Trintignant onasi va sevgilisi Bertran Cantat bilan Vilnyusga (Litvaga) sayohat qildi. 26-iyul kuni Trintignant Vilnyusdagi mehmonxona xonasida boʻlganida, Kantatning soʻzlariga koʻra, Trintignant eridan xat olgan. Xat Cantatni rashkchi gʻazabini kuchaytirgan va u Trintignantni qattiq kaltaklagan[5]. Yetti soatdan keyin Trintignantning akasi mehmonxona xonasini tekshirish uchun favqulodda xizmatlarni chaqirdi. Ular kelganlarida Trintignant chuqur komaga tushib qolgan edi. Ertasi kuni u Vilnyusdagi kasalxonaga yotqizildi va keyinchalik onasi „Agar u oʻladigan boʻlsa, men uning Fransiyada oʻlishini xohlayman“ deganidean soʻng Neuilly-sur-Seine shahridagi Hartmann klinikasiga koʻchirildi[6]. U 2003-yil 1-avgustda 41 yoshida Neuilly shahrida miya shishishidan vafot etdi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Marie Trintignant, 41“. Washington Post (2-avgust 2003-yil). 2022-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  2. Paris Match No. 2828, 6 August 2003.
  3. „Obituary: Marie Trintignant“. The Guardian (2-avgust 2003-yil). 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  4. Moore, Suzanne. „Suzanne Moore, "No beautiful Malian music will make Marie Trintignant's death go away"“. The Guardian (6-aprel 2012-yil). 20-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2019-yil.
  5. „Early release for Bertrand Cantat“. The New Zealand Herald (15-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2011-yil.
  6. „Marie Trintignant, 41; French Film and Stage Actress“. Los Angeles Times (2-avgust 2003-yil). 2022-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  7. „French rocker released from jail“. BBC News (23-iyun 2004-yil). Qaraldi: 16-mart 2012-yil.