Kontent qismiga oʻtish

Maricarmen Reyes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maricarmen Reyes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maricarmen Reyes Zárate
Tavallud sanasi 23-aprel 2000-yil (2000-04-23) (25 yosh)
Tavallud joyi Fountain Valley, California, AQSh
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
UANL
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
–2018 West Coast Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019 LA Galaxy OC
2023– UANL 56 (28)
Milliy terma jamoa
2015–2016 Meksika U-17 5 (1)
2018–2020 Meksika U-20 15 (1)
2021– Meksika 13
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 2-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 20-fevral uchun)

Maricarmen Reyes Zárate (2000-yil 23-aprelda tugʻilgan) – professional ayol futbolchi, yarim himoyachi sifatida Meksika ayollar ligasining „Tigres UANL“ klubi tarkibida toʻp suradi. AQShda meksikaliklar oilasida tugʻilib oʻsgan Reyes xalqaro miqyosda Meksika terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyes Kaliforniyaning Fountain Valley shahrida tugʻilgan va Santa Ana shahrida oʻsgan. Uning ota-onasi Meksikaning Michoacán shtatidagi Zamora shahridan boʻlgan[1][2].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 21-sentyabr kuni Reyes Estadio Azteca stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (2:0) Meksika terma jamoasi safidagi ilk golini kiritgan[3].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyesning ukasi Oscar ham futbolchi bo‘lib, „UCLA Bruins“ jamoasida o‘ynagan. Opasidan farqli ravishda u Meksikada tug‘ilgan va AQSh terma jamoasi safida (U-17 darajasida) maydonga tushgan[2].

  1. „Maricarmen Reyes - Women's Soccer“. UCLA. Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Oscar Reyes - Men's Soccer“. UCLA. Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.
  3. „¿Quién es Maricarmen Reyes, autora del histórico gol de la Selección Mexicana Femenil?“ (Spanish). futboltotal.com.mx (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.