Margarita kokteyli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

"Margarita" (ispancha: Margarita - "dastorgul") - likyor qoʻshilgan tekila va laym sharbatidan tayyorlanuvchi alkogolli kokteyl. Xalqaro barmenlar assotsiatsiyasining (IBA) rasmiy kokteyllaridan biri hisoblanadi, toifasi "Zamonaviy klassika" (inglizcha: Contemporary classics)[1], bir muddat avval aperitiflar toifasiga kirgan ("Pre-dinner")[2]. Hajmiga koʻra long drink sifatida sifatida tasniflanadi ("uzoq kokteyl")[manba?]. Dunyoda eng ko'p iste'mol qilinadigan, tekila asosida tayyorlanadigan eng mashhur va ommabop, shuningdek, ehtimolki, eng qadimgi kokteyllardan biri[3][4]. Nordon ta'mi tufayli u sour kokteyllar guruhiga kiradi[3].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotin Amerikasida taxminan 1936-1948-yillar oralig'ida paydo boʻlgani taxmin qilinadi. Uning paydo boʻlishiga doir koʻplab taxminlar mavjud boʻlib, ularning barchasida Margarita ismli ayol nomi keltiriladi. Eng mashhur taxminlardan birida kokteylni 1948-yilda Margarita Seymz ixtiro qilgani aytiladi. Akapulkodagi qabul marosimida tortiq qilingan kokteyl Hilton mehmonxonalar tarmog'i egasi Tommy Hiltonga tekila kokteyli, Cointreau fransuz apelsin likyori va laym sharbati aralashtirilgan kokteyl yoqib qoladi; Hilton ushbu retseptni o'z mehmonxonalaridagi bar va restoranlarga tarqatadi[3][4] Meksikaning ba'zi tumanlarida tarkibiga Cointreau likyori emas, oʻtli Damiyana likyori kiradigan kokteyl mashhurdir. Damiyana likyori mayya hindulari keng qoʻllagan va afrodiziyak hisoblanuvchi (Damiana,Turnera diffusa) - afrodizyak bo'lgan Turner sprawling Damiana o'simligidan yasalgan[5].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kokteyl tekila, Cointreau apelsin likyori (yoki triple sek o'rnini bosuvchi), laym (yoki limon) sharbati va muzdan iborat. Tekila, likyor va sharbatning nisbatiga doir raqamlar keltiriladi - 2:1:2, 2:1:1, 3:2:1, 3:1:1 va 1:1:1. 2:1:2[6] "tarixiy toʻg'ri" deb hisoblanadi. Bunday nisbatda tayyorlangan kokteyl ta'mi uyg'unroq va kokteylning alohida komponentlari unda sezilmaydi. "Cointreau" kompaniyasi esa 2:1:1 nisbatni "original" nisbat deb hisoblaydi[7]

IBA[8] ga muvofiq kokteyl tarkibi:

  • 50 ml tekila
  • 20 ml "Cointreau"
  • 15 ml yangi siqilgan laym sharbati

Barcha komponentlar shakerda muz bilan aralashtiriladi, so'ng kokteyl muz va sitrus (laym) qoldiqlaridan filtrlanadi. Buning uchun double strain usuli qoʻllaniladi - ya'ni kokteylni finjonga quyishda laym pyuresi va muz bo'laklari stakanga tushmasligi uchun ichimlik bir vaqtning o'zida strainer va elak (sieve)dan oʻtkaziladi[6]. Qirralari tuz bilan ishlov berilgan Margarita bokalida tortiq qilinadi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klassik Margarita kokteylining turlari juda ko'p. Cointreau apelsin likyorini turli xil ta'm va rangdagi likyorlar bilan almashtirish (yoki ularni Cointreau-ga qo'shish orqali), Margarita kokteylining turli xil navlarini olish mumkin. "Koʻk" Margaritada kurakao likyori qoʻshiladi. Bundan tashqari shaftoli, qulupnay, ananas va boshqa turdagi "margarita"lar bor. Barcha masalliqlarni mikserda maydalangan muz bilan urish orqali "Muzlatilgan Margarita" hosil qilinadi.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ginnesning rekordlar kitobi"da dunyodagi eng katta Margarita kokteyli tayyorlangani qayd etilgan. Uning hajmi 32 ming litrdan ortiq boʻlgan[9].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Skinny Margarita - ikki komponentli kokteyl bo'lib, unga likyor qo'shilmaydi va faqat tekila va Rose navli laym sharbati muz bilan chayqatiladi hamda tuz bilan tortiq qilinadi[10]..
  • Birmarita (yoki Coronarita))[11] - bu pivoli kokteyli boʻlib, unda bir shisha Corona markasidagi pivo yoki boshqa yengil taʼmli pivo[12] Margarita kokteyliga teskari tarzda quyiladi[13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Contemporary classics“ (en). Сайт Международной ассоциации барменов. 9-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2017-yil.
  2. „IBA Offical Cocktails“ (en). Сайт Международной ассоциации барменов. 6-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 Кучер Л. С., Шкуратова Л. М. Технология приготовления коктейлей и напитков. — Профессиональное образование. — M.: Академия, 2005. — С. 178.
  4. 4,0 4,1 Фёдор Евсевский Библия бармена. — 2-е издание. — {{[[Andoza:{{{1}}}|{{{1}}}]]}}: Евробукс, 2008. — С. 193, 248.
  5. Alcoproof.ru
  6. 6,0 6,1 „Рецепт коктейля маргарита“.
  7. „The Original Margarita“ (en). Cointreau. Qaraldi: 30-oktabr 2017-yil.
  8. „Margarita“ (en) (deadlink). Сайт Международной ассоциации барменов. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2019-yil.
  9. „Largest glass of margarita“ (en). Guinness World Records (14-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2017-yil.
  10. Lauren Cahn. „2-Ingredient Cocktails You'll Want to Memorize“ (en). Taste of Home. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  11. Corona Extra. „9 Beer Cocktails You Should Probably Try This Summer“ (en). BuzzFeed. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  12. Rachael Ray Every Day. „Beer Margaritas“ (en). Rachael Ray In Season. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  13. „Forget Ginger Ale. This Is the Perfect Bourbon Mixer.“ (en). Liquor.com. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]