Margarita Xhepa
| Margarita Xhepa | |
|---|---|
|
Xhepa, 2021-yil | |
| Tavalludi |
Margarita Zoi Prifti 2-aprel 1932-yil Lushnjë, Albaniya Qirolligi |
| Vafoti |
3-aprel 2025-yil (93 yoshda) Tirana, Albaniya |
| Fuqaroligi | Albaniya |
| Taʼlimi | Jordan Misja badiiy litseyi |
| Kasbi | aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1958–2025 |
| Turmush oʻrtogʻi |
Xhavit Xhepa (turm. 1956; vaf. 1987) |
| Bolalari | Ndricim Xhepa, Sokol Xhepa |
| Mukofotlari |
|
Margarita Zoi Xhepa (arumincha: Margarita Gepa[1]; 1932-yil 2-aprelda tugʻilgan – 2025 -yil 3-aprelda vafot etgan) – albaniyalik aktrisa. Uning aktrisalik faoliyati sakson yildan ortiqroq davrni qamrab oladi. Mehnat faoliyati davomida 140 ta pyesa, 40 ta klassik hamda zamonaviy kinolarda rol ijro etgan. Aktrisaning ushbu rollari uni Albaniya sanʼati va madaniyatining buyuk ayollaridan biri sifatida tanilishiga sabab boʻlgan[2].
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Margarita Xhepa 1932-yil 2-aprelda Albaniyaning Lushnjë shahrida dunyoga kelgan. Etnik kelib-chiqishi arumin boʻlgan[3][4]. Tugʻilgan paytidagi ismi Margarita Prifti. Toʻqqiz yoshida onasidan ayrilgan. Bolaligidan Albaniya sheʼriyatini sevgan, shu sababli oʻqituvchisi uni aktyorlik mashgʻulotlariga qatnashishga undagan. Oʻsha davrda Lushnjë madaniyat institutida faoliyat yuritgan mashhur drama oʻqituvchisi Gëzim Libohova mahalliy maktablar oʻquvchilari orasidan teatr spektaklida rus qizining rolini ijro etish uchun mos oʻquvchi izlayotgan edi. Margarita Xhepaning sargʻish sochlari va moviy koʻzlari sababli Libohova uni koʻrishi bilanoq uni ushbu rol uchun tanlagan. Spektakl namoyishi katta muvaffaqiyatga erishgan va shu sababli spektakl Fier va Berat shaharlarida ham namoyish etilgan.
Boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng, Margarita Xhepa Tiranadagi mashhur Liceu Artistik (Sanʼat maktabi)ning drama yoʻnalishiga hujjat topshirgan[5].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Margarita Xhepa oʻz faoliyatini Tiranadagi Milliy teatrda (albancha: Teatri Kombëtar) boshlagan. U erda Anton Chekov, Friedrich Schiller, Nikolay Gogol va boshqa mualliflarning asarlaridagi rollarni ijro etgan. Xhepa 1962-yilda birinchi bor oʻtkazilgan Festivali i Kengës musiqiy festivalini olib borgan.
Xhepa Albaniya kino va teatr olamining eng buyuk ayollaridan biri sifatida tan olingan va Albaniya xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Fatos Kongolining „Bolero në vilën e pleqve“ romani asosida xuddi shu nomda suratga olingan filmda Xhepa Firdus obrazini gavdalantirgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ballamaci, Iancu. „Figuri ilustri di etnia aromână/vlahă tu Arbinușiă / Figura të shquara të etnisë arumune/vllahe në Shqipëri“ (sq, rup). Frația (september–october 2012), s. 10–11.
- ↑ „Margarita Xhepa sezoni i një DAME! Intervista e yllit të kinematografisë shqiptare për Revistën Newsbomb“. NEWSBOMB (2025-yil 3-aprel). Qaraldi: 2025-yil 6-aprel.
- ↑ „Minoriteti Vllah/Arumun“ (sq). State Committee on Minorities. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ Bizhyti, Jovan. „Vllehtë në hapësirat myzeqare“ (sq). Gazeta DITA (2015-yil 4-oktyabr). 2020-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Diva Margarita Xhepa“ (2018-yil 24-iyun).
- ↑ donika. „Filmi “Bolero në vilën e pleqve” rikthen në kinema Margarita Xhepën e Robert Ndrenikën, aktorja: Isha e sëmurë, por…!“ (en-US). ObserverKult (2022-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 6-aprel.