Kontent qismiga oʻtish

Margaret Harriman

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Margaret Harriman

Margaretning 1960-yil Rimda olingan tasviri
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Tavallud paytidagi ismi Margaret Webb
Fuqaroligi Rodeziya Rodeziya
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi
Tavallud sanasi Buyuk Britaniya
Sport
Mamlakat Rodeziya, Janubiy Afrika Respublikasi
Qaysi sport para-atlet

Margaret Harriman – Janubiy Afrikalik paralimpiya sportchisi. U Buyuk Britaniyada tugʻilgan[1].

Margaret Harriman 1949-yilda ikkinchi Stoke Mandeville oʻyinlarida netbol turnirida qatnashgan yagona ayol boʻlib, Margaret oʻzining qizlik familiyasi Webb nomi bilan ishtirok etgan[2]. 1960-yildan 1976-yilgacha u yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kamon otish, yengil atletika, darts, lawn bowls va suzish kabi turli sport turlarida qatnashgan. Dastlabki ikki Paralimpiadada Rodeziya, 1968-yildan esa Janubiy Afrika sharafini himoya qilib, jami 11 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

1960–1968-yillar oraligʻida u kamon otish boʻyicha sakkizta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

1976-yilda Janubiy Afrikaning aparteid siyosati tufayli oʻyinlardan chetlatilishi sababli musobaqalarda qatnasha olmadi.

Aparteid tugaganidan soʻng Janubiy Afrikalik sportchilarga qoʻyilgan taqiq olib tashlangach, Margaret Harriman 1996-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida lawn bowls musobaqasida ishtirok etgan. Ushbu musobaqada u 17-chi va soʻnggi medali boʻlgan bronza medalini qoʻlga kiritgan.

  1. „Arxiv nusxasi“. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
  2. „Sentabr 2012“.