Margaret Hamilton (aktrisa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Margaret Hamilton (aktrisa)
Margaret Hamilton 1966.jpg
Tavalludi
Margaret Brainard Hamilton

9-dekabr 1902-yil(1902-12-09)
Vafoti 16-may 1985-yil(1985-05-16)
(82 yoshda)
Salisbury, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, oʻqituvchi
Turmush oʻrtogʻi
Paul Meserve
(turm. 1931; ajr. 1938)
Faoliyat yillari 1933-1982
Bolalari 1

Margaret Brainard Hamilton (1902-yil 9-dekabr — 1985-yil 16-may) amerikalik aktrisa edi. U Metro-Goldwyn-MayerningThe Wizard of Oz“ (Oz sehrgari) (1939) filmidagi yovuz jodugar obrazi bilan mashhur boʻlgan.

Sobiq maktab oʻqituvchisi boʻlgan Margaret yetti yil davomida filmlarda qisqa rollarni ijro etgan. Keyinchalik Hamilton filmlarda, telekoʻrsatuvlar hamda sitkomlarda tez-tez suratga tusha boshlagan. Shuningdek, u bolalar va hayvonlarga foyda keltirish uchun moʻljallangan himoyachi sifatidagi faoliyati uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan va xalq taʼlimiga boʻlgan sadoqatini umrbod saqlab qolgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamilton „Cleveland Junior League“ trashkiloti aʼzosi ekanligida bolalar teatrida aktrisalik mahoratlarini mashq qilgan. Hamilton oʻzining „professional koʻngilochar“ sifatida debyutini 1929-yil 9-dekabrda „Clevalend Play House“ kompaniyasiga tegishli Charles S. Brooks teatrida „yurakni ezuvchi qoʻshiqlar dasturi“da amalga oshirgan[1]. Hamilton butunlay aktrisalik faoliyati bilan shugʻullanishdan oldin, uning ota-onasi undan Bostondagi Wheelock kollejida oʻqishini talab qilishgan, u kollejda tahsil olib keyinchalik bolalar bogʻchasi tarbiyachisi boʻlgan[2].

Kino faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamilton zangori ekrandagi debyutini 1933-yilda „Another Language“ („Boshqa til“) romantik dramasida qilgan. U „These Three“ (1936), „Saratoga“, „You Only Live Once“, „Whenʼs Your Birthday?“, „Nothing Sacred“ (hammasi 1937-yil), „The Adventures of Tom Sawyer“ (Tom Sawyerning sarguzashtlari) (1938), „My Little Chickadee“ (W. C. Fields bilan, 1940), va „The Sin of Harold Diddlebock“ (Harold Lloyd bilan, 1947) filmlarida suratga tushgan. U oʻzini va oʻgʻlini boqish uchun imkon qadar koʻproq ishlashga harakat qilgan. Hamilton hech qachon biron bir studiya bilan shartnoma tuzmagan va oʻz xizmatlarini haftasiga 1000$ dollarga (inflyatsiya bilan 18,800$ dollar) baholagan[3].

Hamilton Buster Keaton va Richard Cromwel bilan 1940-yillarda „The Drunkard“ melodramasining „The Villain Still Pursued Her“ deb nomlangan mahalliy sahna koʻrinishida rol oʻynagan. Oʻn yil oʻtgach, u „Bungalow 13“ (1948) nomli unchalik mashhur boʻlmagan filmda suratga tushgan va filmda u yana Cromwell bilan birga rol ijro etgan. Uning tez, ammo aniq va tiniq ovozli talaffuzli uni yana bir pogoʻna mashxurlikka koʻtargan. Hamilton 1950-yillarning boshlariga qadar va undan keyin filmlarda vaqti-vaqti bilan ikkinchi darajali rollarda paydo boʻlgan. Bud Abbott va Lou Costello bilan birga „Cominʼ Round the Mountain filmida suratga tushgan va jodugar rolini ijro etgan. Hamilton Joseph L. Mankiewiczning „People Will Talk“ (1951) filmida Sara Pickett obrazida paydo boʻladi. 1960-yilda prodyuser/rejissyor William Castle Hamiltonni oʻzining „13 Ghosts“ qoʻrqinchli filmida uy bekasi rolini ijro etishga taklif qiladi, filmda 12 yoshli Charles Herbert obrazi uni jodugar deb masxara qiladi, shuningdek, oxirgi sahnada Hamilton qoʻlida supurgi ushlab turgan holda filmni tugatadi.

The Wizard of Oz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamilton yovuz jodugar rolida, Judy Garland Dorothy Gale rolida "The Wizard of Oz" (1939)

1939-yilda Hamilton „The Wizard of Oz“ filmida Judy Garland ijro etgan Dorothy Gale roliga qarshi gʻarbning yovuz jodugari rolini ijro etadi va bu bilan birga u nafaqat oʻzining eng mashhur rolini, balki zangori ekranning eng esda qolarli salbiy qahramonlaridan birini ham yaratadi. Gale Sondergaard dastlab ushbu rol uchun koʻrib chiqilgan, garchi musiqa sahnasi bilan u yanada jozibali jodugar sifatida koʻrigan boʻlsa-da, jodugar xunuk koʻrinishga ega boʻlishi kerak degan qarorga kelingan, shunday qilib Hamilton rol uchun taklif qilingan[4].

1938-yil 23-dekabrda Hamilton filmni suratga olish jarayonida Munchkinlanddagi olovli sahnada yuzi ikkinchi darajali qo‘li esa uchinchi darajali kuyish oqibatida jarohatlangan, buning sababi samarali kadr suratga olish uchun uni himoya qilish qutisini tushirilishi kechiktirligani boʻlgan. Hamilton film ustidagi ishini yakunlash uchun suratga olish maydonchasiga qaytishdan oldin voqea sodir boʻlganidan keyin olti hafta davomida kasalxonada va uyida davolanishiga toʻgʻri kelgan va filmning qolgan qismiga boshqa yongʻin bilan aloqador sahnalarda ishtirok etmaslik sharti bilan qaytgan[5]. Studiya rahbarlari Hamiltonning qoʻrqinchli sahnalaridan baʼzilarini kesib tashlagan, chunki bu koʻrinishdagi sahnalar bolalarni juda qoʻrqitgan. Keyinchalik u jodugar obrazi haqida hazilomuz tarzda gapirib beradi:

Men oʻsha paytlarda pulga juda muhtoj edim, agentim menga qoʻngʻiroq qilgan. Men: „Eshitaman?“ dedim va u: "Maggie, seni „Oz“da rol ijro etishga taklif qilishdi", dedi. Men oʻz-oʻzimga ichimda: „Voy, Xudoyim! Oz mamlakati! Bu mening toʻrt yoshligimdan beri eng sevimli kitobim boʻlib keladi“. Men undan qaysi rolni ijro etishimni qiziqib soʻradim, u javob berdi: „Jodugar“, men: „Jodugar?!“ deb qichqirdim, u: „Boshqa nima boʻlsin?“  — dedi.

Hamiltondan „The Wizard of Oz“ filmining suratga olish jarayonida boshidan kechirganlari haqida so‘rashganida, filmdagi dahshatli roli bolalarga uning kimligi haqida noto‘g‘ri tushuncha berganligi uning eng katta qo‘rquviga aylanganini aytgan. Darhaqiqat, u bolalarga juda koʻp gʻamxoʻrlik qilardi, tez-tez xayriya tashkilotlariga yordam berardi. Hamiltom bolalar uning oldiga kelib, nega bunchalik Dorothyga yomon munosabatda boʻlgani haqida tez-tez savollar berishganini aytib oʻtardi. Hamilton 1975-yilda „Mister Rogers' Neighborhood“ serialida paydo boʻlgan, serialda u bolalarga faqat rol ijro etishini tushuntirib, kostyum kiyish orqali u jodugarga qanday „aylanganini“ koʻrsatgan[6].

Radio, televideniye va sahna faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Margaret Hamilton, Ray Bolger, va Jack Haley 1970-yilda.
Hamilton, Oscar The Grouch bilan "Sesame Street"ning #0847-qismida, 1976

1940 va 1950-yillarda Hamilton „Ethel and Albert“ radioserialida uzoq vaqt davomida rol oʻynagan, serialda u sevimli Eva xola rolini (keyinchalik ism Effie xolaga oʻzgartirilgan) ijro etgan. 1960 va 1970-yillarda Hamilton televizorda muntazam ravishda paydo boʻlgan. U mashhur CBS-TV telekanalida efirga uzatiluvchi „Sunday night“ koʻrsatuvida sirli mehmon boʻlgan. Hamilton „The Addams Family“ (Addamslar oilasi) ning uchta epizodida Morticia Addamsning onasi Hester Frump rolini ijro etgan. (1965-66; Hamiltonga buvisi rolini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan.) 

1962-yilda Hamilton NBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Laramie“ dasturining Beyond Justice“ epizodida ayollar allaqachon ovoz berish huquqiga ega boʻlgan hududda feministik sabablarni kuchaytirish uchun Laramiega (Vyoming shtati) kelgan suffraget Leora Scofield rolini ijro etgan.

Hamilton Madame Armfeldt rolida (1974)

1973-yilda Hamilton „An Evening with the Bourgeoisie“ sahna asarini yaratdi. 1970-yillarning oʻrtalarida uning prodyuseri sifatidagi boshqa sahna asarlari „The Three Sisters and House Party“ edi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamilton 193-yil 13-iyunda Paul Boynton Meservega turmushga chiqdi va keyingi yili New-York sahnasida debyut qildi. Uning aktyorlik faoliyati rivojlanib borar ekan, er-xotin 1938-yilda ajrashishdi. Ularning Hamilton Wadsworth Meserve ismli bitta oʻgʻli bor edi, Hamilton uni yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan. Uning Christopher, Scott va Margaret ismli uchta nevarasi bor edi. Hamilton qayta turmush qurmagan[7].

The Wizard of Oz“ filmidagi hamkasbi Ray Bolger (qoʻrqoq sheʼr obrazida) Hamiltonning umrboqiy doʻsti boʻlib qoldi[8]. Respublikachi Hamilton, 1952-yilgi prezidentlik saylovlarida Dwight Eisenhower faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[9].

Soʻnggi yillari va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamiltonning oʻqituvchi sifatidagi dastlabki tajribalari taʼlim masalalariga umrbod qiziqish uygʻotgan. U 1948-yildan 1951-yilgacha Beverly-Hills taʼlim kengashida xizmat qilgan va 1950-yillarda Sunday school maktabi oʻqituvchisi boʻlgan[10]. 1979-yilda Hamilton Konnektikut universitetida bolalar adabiyoti maʼruzasida mehmon boʻlgan[11]. Keyinchalik u New-Yorkning Millbrook shahriga koʻchib oʻtgan. Hamiltonda Alzheimer kasalligi avj ola boshlagan va 1985-yil 16-mayda Salisbury (Konnetikut) shahrida 82 yoshida yurak xurujidan uyqusida vafot etgan[12].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Izohlar
1933 Zoo in Budapest Matron yordamchisi
Another Language Helen Hallam
1934 Hat, Coat, and Glove Madame Du Barry
Thereʼs Always Tomorrow Ella
By Your Leave Whiffen
Broadway Bill Edna
1935 The Farmer Takes a Wife Lucy Gurget
Way Down East Martha Perkins
1936 Chatterbox Emily 'Tippieʼ Tipton
These Three Agatha
The Moonʼs Our Home Mitty Simpson
The Witness Chair Grace Franklin
Laughing at Trouble Lizzie Beadle
1937 You Only Live Once Hester
Whenʼs Your Birthday? Mossy
The Good Old Soak Minnie
Mountain Justice Phoebe Lamb
Saratoga Maizie
I’ll Take Romance Margot
Nothing Sacred Vermont Drugstore Lady
1938 The Adventures of Tom Sawyer Mrs. Harper
A Slight Case of Murder Mrs. Cagle
Mother Carey’s Chickens Mrs. Pauline Fuller
Four’s a Crowd Amy
Breaking the Ice Mrs. Small
Stablemates Beulah Flanders
1939 The Wizard of Oz Miss Almira Gulch
The Angels Wash Their Faces Miss Hannaberry
Babes in Arms Martha Steele
Main Street Lawyer Lucy
1940 My Little Chickadee Mrs. Gideon
The Villain Still Pursued Her Mrs. Wilson
I’m Nobody’s Sweetheart Now Mrs. Thriffie
The Invisible Woman Mrs. Jackson
1941 Play Girl Josie
The Gay Vagabond Agatha Badger
1942 Twin Beds Norah
Meet the Stewarts Willametta
The Affairs of Martha Guinevere
1943 City Without Men Dora
The Ox-Bow Incident Mrs. Larch
Johnny Come Lately Myrtle Ferguson
1944 Guest in the House Hilda
1945 George Whiteʼs Scandals Clarabelle Evans
1946 Janie Gets Married Mrs. Angles
Faithful in My Fashion Miss Applegate
1947 The Sin of Harold Diddlebock Flora
Dishonored Lady Mrs. Geiger
Pet Peeves Haughty Woman Qisqa metrajli film
Driftwood Essie Keenan
1948 Reaching from Heaven Sophie Manley
State of the Union Norah
Texas, Brooklyn & Heaven Ruby Cheever
Bungalow 13 Mrs. Theresa Appleby
1949 The Sun Comes Up Mrs. Golightly
The Red Pony Oʻqituvchi
The Beautiful Blonde from Bashful Bend Mrs. Elvira OʻToole
1950 The Great Plane Robbery Mrs. Judd
Wabash Avenue Tillie Hutch
Riding High Edna
1951 Cominʼ Round the Mountain Huddy
People Will Talk Miss Sarah Pickett
1960 13 Ghosts Elaine Zacharides
1962 The Good Years Hikoyachi
Paradise Alley Mrs. Nicholson
1966 The Daydreamer Mrs. Klopplebobbler
1967 Rosie! Mae
1969 Angel in My Pocket Rhoda
1970 Brewster McCloud Daphne Heap
1971 The Anderson Tapes Miss Kaler
1972 Journey Back to Oz Em Ovozi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ah, The Songs of Long Ago! Miss Hamilton Sings 1840 Song at Play House“. Plain Dealer. Qaraldi: 12-avgust 2020-yil.
  2. Zeitlin, Arnold. „Kindergarten Lost Margaret Hamilton.“ Cleveland Plain Dealer, September 1958.
  3. Harmetz, Aljean. The Making of the Wizard of Oz: Movie Magic and Studio Power in the Prime of MGM. New York City: Hyperion Books, December 2, 1998 — 123 bet. ISBN 978-0786883523. 
  4. Szaroleta, Tom. „How well do you know Oz?“. The Florida Times-Union. Qaraldi: 25-dekabr 2019-yil.
  5. Harmetz 1998.
  6. Mister Rogers' Neighborhood, ep. 63 (aired May 14, 1975)
  7. Juran, Robert A.. Old Familiar Faces: The Great Character Actors and Actresses of Hollywood's Golden Era. Movie Memories Publishing, September 1, 1995 — 109 bet. ISBN 978-0964634008. 
  8. Morning News, January 10, 1948, Who Was Who in America (Vol. 2)
  9. Motion Picture and Television Magazine, November 1952, page 34, Ideal Publishers
  10. Schreiber. „Wizard of Oz 'witch' loved her Maine island“ (en-US). The Working Waterfront Archives (21-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 16-mart 2022-yil.
  11. Zack, Suzanne. „From 'Kiddie Litʼ to Childrenʼs Literature: The Biography of Francelia Butler.“ UConnToday, 23 April 2013.
  12. „Margaret Hamilton, 82, Dies; Played Wicked Witch In 'Oz'“. The New York Times (17-may 1985-yil). Qaraldi: 21-iyul 2007-yil. „Margaret Hamilton, the actress whose role as the cackling Wicked Witch of the West in The Wizard of Oz unnerved generations of children, died yesterday, apparently of a heart attack, at a nursing home in Salisbury, Connecticut. She was 82 years old. Miss Hamilton was a gentle, lively woman who taught kindergarten for years before she began a career of 50 years in the theater, movies, radio and television. But she seared a fearsome image on the public consciousness in 1939 when, at the age of 36, she played the Wicked Witch, the terror of Judy Garland's long dream in the classic film of L. Frank Baum's story.“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]