Marfa Vasilevna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Марфа Василевна Собакина
Marfa Vasilevna
Marfa Sobakina.JPG
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1552
Kolomna, Rossiya
Vafoti (1571-11-13)noyabr 13, 1571
Aleksandr slobodasi
Oʻlim sababi Zaharlangan
Turmush oʻrtogʻi Ivan IV Grozniy
Bolalari Yoʻq
Onasi Nomaʼlum
Otasi Vasiliy Stepanovich Bolshoy
Dafn etilgan joyi Voznesenskiy monasiri (Moskva)


Malika Marfa Vasilevna Sobakina[1] (1552-1571) — Ivan Grozniynig uchinchi xotini, Kolomna zodagonining qizi edi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marfa va oilasining kelib chiqishi haqida maʼlumotlar kam va kelishmovchiliklar mavjud. Bu olijanob oila Kolomna yaqinidan kelganligi haqida maʼlumot saqlanib qolgan. Uning otasi Vasiliy Stepanovich Sobakin edi[2], lekin Taube va Kruse xato qilib uni Novgorodlik savdogar Grigoriy Sobakin deb atashgan.

Sobakinlar urugʻining mansabi podshohning uylanishidan soʻng koʻtarildi, lekin Marta vafotidan keyin yana koʻzdan gʻoyib boʻldi[3]. B. N. Florya yozganidek, "1571-yil oktabrda podshoh Marfa bilan nikohini nishonlaganida, uning xotinining otasi Vasiliy Stepanovich Sobakinga boyar unvoni berildi, amakisi Vasiliy saroy xizmatchisi, malikaning amakivachchasi Kallist-qirollikning vino quyuvchi xizmatchisi , Vasiliy Kichikning yana bir oʻgʻli Semyon, qirol aʼyoni boʻldi

B. N. Florya aytganidek Vasiliy Sobakin , Marfa vafotidan keyin monastirga sochi olindi. Marfaning amakivachchalari ham azob chekishdi - "ikki yildan kamroq vaqt oʻtgach, Kallistos va Semyon Sobakin podshohni va uning bolalarini sehr bilan oʻldirmoqchi boʻlganlikda ayblanib, otalari bilan birga qatl etildi ".

Taʼkidlanishicha, Malyuta Skuratov, Marfa Sobakinaning uzoq qarindoshi boʻlgan[4].

Tanlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marfa kelinlarni koʻzdan kechirishning anʼanaviy jarayondan soʻng qirolning rafiqasi etib saylandi (1571). Bu 2 yil davomida tul qolgan podshoh tomonidan oʻtkazilgan 2-koʻrik edi. Uning boshqa ishtirokchisi — Evdokiya Saburova katta shox Ivanga kelinlikka berildi. 1570- yildagi zodagon qizlar roʻyxatiga koʻra, unga 2 mingga yaqin qiz yigʻilgan, ulardan 24 nafari avval, keyin 12 nafari tanlangan.

„ Pok boʻlmasa-da bevalik bilan zerikib qolgan shox uzoq vaqtdan beri izlab yurgan uchinchi turmush oʻrtogʻini qidirib topdi… Barcha shaharlardan ikki mingdan ortiq tanilgan va tanilmagan kelinlarni Slobodaga olib kelishdi : har bittasi unga shaxsan taqdim etildi. Avval u 24 ta keyin 12 tasini tanladi… ularni goʻzallik, yoqimlilik, donolik bilan uzoq vaqt davomida taqqosladi; nihoyat, barchasidan koʻra Marfa Vasilevna Sobakinni afzal koʻrdi […], shu bilan birga Evdokiya Bogdanovna Saburovani katta oʻgʻliga kelinlikka tanladi. Baxtli goʻzallarning hech vaqosi yoʻq otalari boyarlarga aylandi.“ (Karamzin). Nemis Johann Taube va Elert Kruse yozmalarida ushbu jarayon haqida maʼlumot saqlanib qolgan. Qizlarni koʻruvga olib kelishganida, podshox „xonaga kirib ularga taʼzim qildi, ular bilan bir oz gaplashdi, koʻzdan kechirdi va ular bilan xayrlashdi“. Nemislarning soʻzlariga koʻra, oxirgi qizlar oʻnligi yalangʻoch holda tekshirilgan. Bunda, Rossiyaga xizmat qilish uchun kelgan Kembrij bitiruvchisi ingliz shifokori Eliseus Bomelius ishtirok etgan va „shifokor ularning siydikini stakanda tekshirishi kerak edi“[2].

Nikoh marosimi 1571-yil 26-iyunda boʻlib oʻtgan, biroq kelinchak tez orada ogʻir kasal boʻlib, „quriy boshlagan“.

Toʻy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikoh 1571-yil 28-oktabrda Aleksandr Slobodasida boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, tadbir qiziqarli oʻtdi — qirollik toʻyi oʻyin-kulgusi uchun Velikiy Novgoroddan butun boshli askiyachilar, qoʻshiqchilar va qoʻlga oʻrgatilgan ayiqlar keltirildi. Bir hafta oʻtgach, otasi bilan bir kunda unashtirilgan shox Ivan Ivanovichning 4-noyabr kuni toʻyi boʻlib oʻtdi.

Marfa Vasilevna Sobakina portreti, XVIII asr nusxasi. eski portretdan

Marfa oʻlimidan soʻng, cherkov tomonidan taqiqlangan (oʻsha paytda koʻrib chiqilgan ayollar orasida 2-oʻrinni egallab turgan Anna Koltovskaya bilan) 4-nikohni amalga oshirish huquqini qidirib, uchinchi marta beva qolgan Ivan ruhoniylarga kelin kasalligi va uning toʻsatdan oʻlimi tufayli uning xotini boʻlishga ulgurmaganini — shaytonning qorongʻu kuchlari „koʻp odamlarning adovati bizning malikamizga qarshi dushmanlikni qoʻzgʻatdi, va uni zaharladilar“ deya qasam ichadi.

Oʻlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika Marfa toʻydan 15 kun oʻtib vafot etdi. Ivanning birinchi ikki xotini Anastasiya Romanovna va Mariya Temryukovna singari, malikalarning erta oʻlimi Ivanda ular zaharlanganligiga shubha uygʻotdi va uni qattiq gʻazablantirdi. Marfaning zaharlangani rasman eʼlon qilindi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, tergov davomida 20 kishi, shu jumladan Marfaning uchta amakivachchasi „sehr-jodu uchun“ qatl etilgan.

Kelinni zahar bilan „yoʻq qilgan“lar roliga bir nechta nomzodlar bor edi. Bir taxminga koʻra, ular podshohning birinchi xotini yoki ikkinchisining -Romanovlar yoki Cherkasskiylarning qarindoshlari edi. Boshqa bir taxminga koʻra, uning „homilador boʻlishi“ haqida gʻamxoʻrlik qilgan Marfaning onasi unga qandaydir „damlama“ bergan. Daniil Prinz fon Buchau „Moskov haqida“ nomli yozuvlarida shunday deb yozgan edi: „U bir zodagon ayolni uchinchi nikohiga oldi, ayol onasi tomonidan saroy aʼyoni orqali berilgan damlamani ichganida vafot etdi (ehtimol ona bu ichimlik yordamida qizining nasl qoldirishini xohladi); Buning uchun onani ham, saroy aʼyonini ham qatl qildishdi“.

Shox Ivan Vasilevichning ruhlar xotirasi xatida (1572-yil iyun-avgust) marhum Marfa va Mariya Temryukovna knyazlar Ivan va Fedordan ularni eslab xotirashlarini iltimos qildi[5].

Dafn qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirolicha qirolning oldingi rafiqasi Mariya Temryukovnaning yoniga dafn qilindi (Maʼbadning gʻarbiy devori yaqinidagi Kreml Osmon monastirining Osmonga koʻtarilgan soborida; maʼbad buzilgandan soʻng, qoldiqlar 1930-yilda Archangel soboriga koʻchirildi.).

1990-yillarda Marfaning qoldiqlari tekshirilganda undan zaharli metallar yoki boshqa turgʻun moddalar topilmadi; ammo bu kimyoviy tahlilga mos kelmaydigan oʻsimlik zaharidan foydalanilganini istisno qilmaydi[3].

Rivoyatlarga koʻra, qabr ochilishi paytida qirollik kelini tobutda oqarib ketgan holda yotardi, goʻyo tirikdek, 360 yil davomida yer ostida yotganiga qaramay, chirigan boʻlmagan. Biroq bir necha daqiqa ichida uning yuzi qorayib, changga aylandi[4]. T.D. Panovaga joʻra, bu afsonaning haqiqatga hech qanday aloqasi yoʻq[3].

Sarkofagdan yaxshi saqlangan bosh kiyim ham topilgan — kashtadoʻzlik bilan bezatilgan doʻppicha va kumush palletda Italiyada ishlab chiqarilgan noyob shisha qadah, Rossiyadagi muzey kolleksiyalarida oʻxshashi yoʻq[3].

2003-yilda kriminolog S.A Nikitin bosh suyagini tiklab, haykal portretini yaratdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vstrechaetsya oshibochniy variant Saburova, voznikshiy po neizvestnim prichinam, vozmojno, iz-za smesheniya blagodarya sxodstvu pervix slogov, a takje suщestvovaniyu drugix jen-Saburovix v sarskoy seme — Solomonii u otsa Ivana Groznogo i Yevdokii u sina.
  2. 2,0 2,1 T. Panova. Ta samaya sarskaya nevesta // Nauka i jizn
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 [rosvesty.ru/1897/culture/?id=3424 Jizn i smert pervix russkix sarits // Rossiyskie vesti. 26-dekabrya — 1-yanvarya 2007 № (47)1897]
  4. 4,0 4,1 [militera.lib.ru/bio/skrynnikov_rg/03.html Skrinnikov R. G. Ivan Grozniy. M., 2007]
  5. Duxovnaya gramota sarya Ivana Vasilevicha