Marcos Aoás Corrêa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marcos Aoás Corrêa (talaffuzi: Markos Aoas Korrea; 1994-yil 14-mayda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, markaziy himoyachi va Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ futbol klubi sardori, shuningdek, Braziliya terma jamoasi futbolchisi. Markaziy himoyachi pozitsiyasidan tashqari, u baʼzan oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachisi sifatida toʻp surgan.

Marquinhos
Brasil conquista primeiro ouro olímpico nos penaltis 1039278-20082016- mg 4916 (cropped).jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcos Aoás Corrêa
Tavallud sanasi 14-may 1994-yil (1994-05-14) (29 yosh)
Tavallud joyi São Paulo, Brazil
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2011 Corinthians
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Corinthians 14 (0)
2012—2013 → Roma (ijara) 16 (0)
2013 Roma 10 (0)
2013— Paris Saint-Germain 250 (23)
Milliy terma jamoa
2011 Braziliya U17 14 (0)
2014 Braziliya U21 5 (0)
2016 Braziliya U23 6 (1)
2013— Braziliya 71 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6 noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marcos Aoás Corrêa 1994-yil 14-mayda Braziliyaning São Paulo shahrida tugʻilgan. U oiladagi yagona futbolchi emas, balki uning akasi Luan ham São Pauloning yoshlar jamoalarida futbol oʻynagan[1].

2013-yilning 19-iyulida Marcos Aoás Corrêa 31,4 million yevro evaziga „PSJ“ futbol klubiga o‘tib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[2]. „BBC Sport“ xabariga koʻra, bu oʻsha paytda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchi uchun toʻlangan eng yuqori summa edi[3]. Fransiyaning „BFM TV“ telekanali bu transferni himoyachi tarixidagi eng qimmat transferlardan biri sifatida taʼriflagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Marcos Aoás Corrêa 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida ikkita yirik xalqaro turnirda ishtirok etgan. Yozda Marcos Aoás Corrêa Jahon chempionatida qatnashgan. U yerda himoyachi barcha yetti uchrashuvni oʻtkazgan va uning jamoasi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Marcos Aoás Corrêa (chapdan ikkinchi) Braziliya terma jamoasi bilan Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritganini nishonlamoqda

2013-yil oktabr oyida qo‘sh fuqarolikka ega bo‘lgan (portugal va braziliyalik) Marcos Aoás Corrêa Portugaliya terma jamoasiga chaqirilishiga tayyor ekanligini maʼlum qilgan[4]. 2013-yilning 31-oktabr kuni Marcos Aoás Corrêa Braziliya terma jamoasiga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari tomonidan Gonduras va Chili terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun birinchi marta chaqiruv olgan[5]. 17-noyabr kuni Mayamida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻyinda Marcos Aoás Corrêa Braziliya terma jamoasida debyut qilgan, u maydonga tushgan oʻyinda Braziliya 5:0 hisobida gʻalaba qozongan[6].

Marcos Aoás Corrêa 2014-yil Tulon turniri uchun Braziliya U-21 terma jamoasiga chaqirilgan edi, u yerda himoyachi barcha besh oʻyinda qatnashib, terma jamoasiga turnirda gʻalaba qozonishga yordam bergan[7]. Jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan Marcos Aoás Corrêa 2014-yilning sentabr oyida yangi jamoa bosh murabbiyi Dunga qoʻl ostida terma jamoaga qaytgan. Braziliyalik futbolchi Kolumbiya va Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etgan[8][9] . 2015-yilda Marcos Aoás Corrêa yana 2015- yilda Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan, bu turnir Marcos Aoás Corrêa uchun birinchi yirik xalqaro turnir edi[10].

2016-yilda Marcos Aoás Corrêa 2016-yilda AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun jamoaga chaqirilgan[11]. Milliy jamoasining dastlabki ikki oʻyinida Marcos Aoás Corrêa Gil bilan juftlik hosil qilgan, keyinchalik guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Mirandaning oʻrniga maydonga tushgan. Oʻsha yilning oxirida Marcos Aoás Corrêa 2016-yilgi Yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan[12].

2017-yilning 10-oktabr kuni Tiago Silvaning jarohati tufayli Marcos Aoás Corrêa Chili terma jamoasiga qarshi oʻyinda sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushgan. 2018-yilning may oyida Marcos Aoás Corrêa 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan[13]. 12-sentabr kuni Marcos Aoás Corrêa Braziliyaning asosiy terma jamoasidagi faoliyatidagi ilk golini urdi, bu Salvadorga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan va oʻyin 5:0 hisobida yakunlangan[14].

2019-yilning may oyida Marcos Aoás Corrêa Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogi uchun oʻz terma jamoasiga kiritilgan[15]. Braziliyaliklar Rio-de-Janeyrodagi Marakana stadionida kechgan finalda Peru terma jamoasini magʻlub etib, ushbu turnir gʻolibiga aylanishgan.





Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. C. CorinthiansBraziliya bayrogʻi Braziliya 2012 6 0 0 0 14 0
Jami 6 0 0 0 0 0 14 0
A. S. RomaItaliya bayrogʻi Italiya 2012—2013 26 0 4 0 30 0
Jami 26 0 4 0 0 0 30 0
París Saint-Germain F. C.Fransiya bayrogʻi Fransiya 2013—2014 21 2 3 0 8 3 32 5
2014—2015 25 2 10 0 7 0 42 2
2015—2016 29 1 8 1 6 0 43 2
2016—2017 29 3 7 1 8 0 44 4
2017—2018 26 0 7 2 8 0 41 2
2018—2019 30 3 7 0 7 1 44 4
2019—2020 19 3 7 1 11 2 37 6
2020—2021 25 3 5 0 10 3 40 6
2021—2022 32 5 0 0 8 0 40 5
2022—2023 14 1 1 0 6 0 21 1
Jami 250 23 55 5 79 9 384 37
Umumiy faoliyatida 282 23 59 5 79 9 428 37

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Capitão da sub-17 acerta com Corinthians com multa de R$ 20 mi“ (pt). Bol Noticias (6-may 2011-yil).
  2. „Marquinhos seals PSG switch“. ESPN FC (19-iyul 2013-yil). 1-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2013-yil.
  3. „Anthony Martial: Man Utd sign Monaco forward for £36m“. BBC Sport (2-sentabr 2015-yil). 19-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentabr 2015-yil.
  4. „Destaque no PSG, Marquinhos admite que pode defender seleção de Portugal“ (pt). Terra (3-oktabr 2013-yil). 7-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  5. „Ofegante e de pijama, Marquinhos vibra com Seleção: 'Uma gritaria só'“. 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  6. „International friendly: Brazil beat Honduras 5–0 in Miami“. Sky Sports (17-noyabr 2013-yil). 4-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2014-yil.
  7. „Final: Brazil – France (KO: 1 June 2014 17:00)“. Toulon Tournament. 1-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  8. „Marcos Aoás Corrêa“ (en). National Football Teams. 29-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  9. „Brazil 1–0 Ecuador“. BBC Sport (10-sentabr 2014-yil). 10-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-sentabr 2014-yil.
  10. „Oscar left out of Brazil's Copa America squad“. Goal.com (5-may 2015-yil). 7-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2015-yil.
  11. Schaerlaeckens, Leander „Brazil's Copa America Centenario roster looks to be experimental“. Yahoo! (5-may 2016-yil). 9-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2016-yil.
  12. „Rio 2016: Neymar and Douglas Costa in Brazil Olympic squad“. BBC Sport (29-iyun 2016-yil). 2-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2016-yil.
  13. „World Cup: Neymar named in Brazil's 23-man squad“. BBC Sport (2-iyul 2018-yil). 15-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  14. „Brazil 5-0 El Salvador“. Sky Sports (12-sentabr 2018-yil). 9-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  15. „Brazil name Copa America squad“. Football Italia (17-may 2019-yil). 24-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2019-yil.