Marco Asensio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marco Asensio
Marco Asensio 2018.jpg
Asensio Real Madrid libosida, 2018
Shaxsiy maʼlumot:
Toʻliq ismi

Marco Asensio Willemsen[1][2]

Tavallud sanasi

(1996-01-21) 21-yanvar, 1996[3]

Tugʻilgan joyi

Palma, Ispaniya[4]

Boʻyi

1.82m (6ft 0 inch)[4]

Pozitsiyasi

Vinger/Hujumkor yarimhimoyachi

Klubl haqida maʼlumot
Joriy klub

Real Madrid

Raqam

11

Yoshlikdagi karyerasi
2003-2006

Platges de Calvià

2006-2013

Mallorca

Professional karyera*
Yillar

Jamoa

Isht

(Gol)

2013-2014

Mallorca B

14

(3)

2013-2014

Mallorca

37

(4)

2014-

Real Madrid

160

(28)

2014-2015

Mallorca (ijara)

19

(3)

2015-2016

→ Espanyol (ijara)

34

(4)

Milliy terma jamoa
2012

Ispaniya U16

2

(0)

2014-2015

Ispaniya U19

12

(8)

2015-2017

Ispaniya U21

18

(7)

2021

Ispaniya olimpiya termasi

7

(1)

2016-

Ispaniya

28

(1)

Sovrinlar
Menʼs football
 Ispaniya safida
Olimpiya oʻyinlari
Silver medal — second place Tokio 2020 Jamoa
UEFA U21 Yevropa Chempionati
Ikkinchi oʻrin Polsha 2017
UEFA U19 Yevropa Chempionati
Gʻolib Gretsiya 2015

*Klub doirasidagi oʻyinlardagi ishtiroki va gollari 19:57, 15 -may 2022-yil (UTC) holatiga koʻra berilgan

‡ National team caps and goals, correct as of 21:57, 12 June 2022 (UTC)

Marko Asensio Willemsen (1996-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi va Ispaniya terma jamoasida qanot va hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.

Professional faoliyatini „Malyorka“ safida boshlaganidan soʻng, 2014-yilning noyabrida „Real Madrid“ bilan shartnoma imzoladi va sobiq jamoasi va „Espanyol“ga ijaraga berildi. Assensio qirollik klubiga qaytib kelgach bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi, uch karra Chempionlar Ligasi va uch karra La Liga kubogi shular jumlasidandir.

Asensio ilk bor 2016-yilda Ispaniya terma jamoasi tarkibida maydonga tushdi. 2018-yilgi Jahon chempionatida ham mamlakati sharafini himoya qildi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assensio Balear orollaridagi Palma de mayorka shahrida tavallud topgan. Onasi asli gollandiyalik, otasi esa ispan milatiga mansub edi[5][6]. Boʻlajak futbolchi 2006-yilda CF Platges de Calviani tark etib, RCD Mallorca safiga qoʻshilgan. Onasi Mariya Villemsen Marko 15 yoshligida saraton kasalligidan vafot etgan[7].

Asensio bolaligida tizzalaridagi oʻsish nuqsonlaridan aziyat chekkan, ammo bu muammo oʻsmirlik davridayoq barham topdi[8].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malyorka[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Real Madrid" va "Barselona" skautlarining nazariga tushgandan soʻng[9], Asensio hali yosh boʻlishiga qaramay 2013-14-yilgi mavsum Tercera Divizionida „Malyorka“ning zaxira jamoasi tarkibida debyutini oʻtkazdi. 2013-yilning 27-oktabr kuni Segunda divizionida asosiy jamoa safida maydonga tushib, Recreativo de Huelva klubiga qarshi safarda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning oxirgi olti daqiqasida harakat qildi[10].

CD Lugoga qarshi mezbonda 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda ham Assensio zaxira oʻrindigʻidan oʻyinga qoʻshilib, soʻnggi olti daqiqa davomida jamoasiga yordam berdi[11]. Debyut oʻyinlarda ijobiy taassurot qoldirganidan soʻng, bosh murabbiy Xose Luis Oltra uni asosiy jamoaga chaqirdi[12].

Asensio professional faoliyatidagi ilk golini 2014-yilning 16-martda Tenerife klubiga qarshi mezbondagi oʻyinda (2:0) kiritishga muvaffaq boʻldi[13]. Yangi murabbiy Valeri Karpin qoʻl ostida asosiy tarkibga kiritilib[14], bir oy ichida CA Osasuna[15], Deportivo Alaves[16] va UE Llagostera kabi jamoalar darvozasini ishgʻol qildi[17].

Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 24-noyabrida „Real Madrid“ vakillari Asensio bilan shartnoma imzolash yuzasidan dastlabki kelishuvga erishishdi[18]. 5-dekabr kuni rasman eʼlon qilingan shartnomaga koʻra bolaligidan qirollik klubi muxlisi boʻlgan futbolchi[6] 3,9 million yevro evaziga olti yillik kelishuvni imzoladi[19] va mavsum soʻnggiga qadar bermellonliklar safida ijarada qoladigan boʻldi[20][21]. „Real Madrid“ prezidenti Florentino Peresning fikricha, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Marko Asensioning „Real“ga oʻtishida hal qiluvchi rol oʻynagan[22].

2015-16: „Espanyol“dagi ijara mavsumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 20-avgustida, „Real Madrid“ bilan mavsuoldi yigʻinlarni oʻtkazgandan soʻng, Asensio La Liga vakili „RCD Espanyol“ga ijaraga berildi[23]. Futbolchi 19-sentyabr kuni „Real Sosedad“ klubiga qarshi 3:2 hisobida zafar quchilgan bahsda debyut qilib, 86 daqiqa davomida maydonda harakat qildi[24]. Asensioning „Estadi Kornella-El Prat“dagi mavsumi 12 ta golli uzatma bilan oʻz nihoyasiga yetdi[25][26].

2016-17: „Real Madrid“ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016—2017-yilgi mavsumda „Santyago Bernabeu“ stadioniga qaytgan Asensio 9-avgust kuniUEFA Superkubogi bahsida Ispaniyaning boshqa bir jamoasi „Sevilya“ga qarshi oʻyinda (3:2) toʻliq 120 daqiqa oʻynab, 25 metrlik masofadan gol urdi[27]. Oradan 12 kun oʻtib LaLigadagi debyutini boshladi va „Real Sosedad“ga qarshi bahsda (3:0) jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi[28].

Asensio „Real“ safidagi birinchi mavsumda 23 marta maydonga tushib, uch marta[29][30] raqiblar darvozasini ishgʻol qildi, shu yili klub 2012-yildan beri birinchi marta milliy chempionatda gʻolib chiqdi[31][32]. Futbolchi oʻsha mavsum UEFA Chempionlar Ligasida[33][34] ham gollar urdi, jumladan, "Yuventus"ga qarshi finalda (4:1) raqib darvozasiga toʻp kiritib, madridliklarning mazkur musobaqadagi 12-chi chempionligiga oʻz hissasini qoʻshdi[35].

2017-18-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asensio 2017-18-yilgi mavsumdagi ilk golini Ispaniya Superkubogi uchun Kamp Nouda"Barselona" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda, 25 metrlik masofadan kiritdi[36].

2017-yilning 28-sentyabrida Asensio „Real Madrid“ bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[37]. 2018-yilning 18-fevralida mehmonda „Real Betis“ ustidan 5:3 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda u „Real Madrid“ning Ispaniya oliy divizionidagi 6000-golini kiritdi[38].

Asensio 2017-18 yilgi Chempionlar Ligasida 11 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi[39]. Klub musobaqada ketma-ket uchinchi, umumiy hisobda esa oʻn uchinchi chempionligini qoʻlga kiritdi[40].

2019-hozirgacha: jarohat va qayta tiklanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asensio 2019-yilning 24-iyulida "Arsenal"ga qarshi mavsumoldi uchrashuvida tizza boʻgʻimlaridan ogʻir jarohat oldi[41]. 2020-yil 19-iyun kuni „Valensiya“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsning 74-daqiqasida Federico Valverde oʻrniga maydonga tushib, toʻpga ilk bor tegishi bilan ikkinchi golni urdi va uchinchi golga Karim Benzemaga assistentlik qildi[42]. U mavsum soʻnggida safga qaytdi va toʻqqizta oʻyinda uchta gol kiritdi. „Real Madrid“ 2019-20-yilgi mavsum La Ligada gʻolib chiqdi[43].

2021-yil 22-sentyabrda sobiq jamoasi „Mallorca“ga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi va uchrashuv 6:1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi[44].

Xalqaro maydondagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asensio 2017-yilgi U21 Yevropa chempionati doirasidagi Portugaliya terma jamosiga qarshi oʻyinda.

Asensio ham golland, ham ispan naslidan boʻlgani uchun Gollandiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasidan taklif olgan boʻlsa-da, Ispaniya terma jamoasi safida oʻynashni tanladi[45]. 2015-yil 26-mart kuni Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida muntazam oʻynagan Asensio 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida debyut qildi va Kartagenada Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) gol muallifi Jerar Deulofeuning oʻrniga maydonga tushdi[46]. Iyul oyida Gretsiyada boʻlib oʻtgan UEFA Yevropa chempionatida zafar quchgan 19 yoshgacha boʻlgan jamoaning bir qismi boʻlib, yarim finalda Fransiya ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkala golni ham 88-daqiqada va qoʻshib berilgan daqiqalarda kiritdi[47].

2016-yil 17-may kuni Asensio va „Espanyol“dagi jamoadoshi Pau Lopes Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun toʻliq tarkibga chaqirildi[48]. 29-may kuni Shveysariyaga ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda debyutini oʻtkazdi[49].

Asensio Ispaniya terma jamoasi libosidagi ilk golini 2018-yil 11-sentabrda UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiyaga qarshi oʻyinda (6:0) kiritdi va Lovre Kalinichning avtogoliga sabab boʻlgan vaziyatda bevosita ishtirok etdi[50].

2021-yil iyul oyida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida 23 yoshgacha boʻlganlar jamoasining 22 oʻyinchidan iborat tarkibiga kiritildi[51][52].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asensioning otasi Gilberto (bolaligi Germaniyaning Essen shahrida oʻtgan, basklardan) ham futbolchi boʻlgan[6]. Gilberto ham hujumkor yarim himoyachi boʻlib, yoshligida Barakaldo CF safida toʻp surgan[6]; Markoning akasi Igor esa Platges de Calvia jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan[53].

2017-yilgi Chempionlar ligasi finalida Asensioning gol nishonlashini u oilasiga bagʻishladi: „Men ularga gol ursam, ular tomonga yugurishimni aytdim. Ular qayerdaligini bilardim va soʻzimning ustidan chiqdim“[54]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-may 2022-yil holatiga ko'ra
Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqaviy Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gol Ishtirok Gol Ishtirok Gol Ishtirok Gol Ishtirok Gol
Mallorca B 2013-14[55] Tercera División 14 3 14 3
Mallorca 2013-14[55] Segunda División 20 1 0 0 20 1
2014-15[55] Segunda División 36 6 0 0 36 6
Jami 56 7 0 0 56 7
Espanyol (ijara) 2015-16[55] La Liga 34 4 3 0 37 4
Real Madrid 2016-17[55] La Liga 23 3 6 3 8 3 1 1 38 10
2017-18[55] La Liga 32 6 5 2 12 1 4 2 53 11
2018-19[55] La Liga 30 1 5 3 7 2 2 0 44 6
2019-20[55] La Liga 9 3 0 0 1 0 0 0 10 3
2020-21[55] La Liga 35 5 1 0 11 2 1 0 48 7
2021-22[55] La Liga 31 10 2 1 8 1 1 0 42 12
2022-23[55] La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 160 28 19 9 47 9 9 3 235 49
Karyera boʻyicha jami 264 42 22 9 47 9 9 3 342 63

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-iyun 2022-yil holatiga ko'ra[56]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gol
Ispaniya
2016 2 0
2017 6 0
2018 12 1
2019 4 0
2020 1 0
2022 3 0
Jami 28 1

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Madrid

Ispaniya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015[63]

Ispaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali: 2017[64][65]

Ispaniya Olimpia jamoasi

Individual sovrinlari

  • Segunda divizionida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil oktyabr[67]
  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining oltin oʻyinchisi: 2015[68]
  • La Liganing eng yaxshi oʻyinchisi: 2015-16[69]
  • 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush butsasi: 2017[70]
  • 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017[71]
  • UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2017[72]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Acta del Partido celebrado el 03 de noviembre de 2018, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 3 November 2018, in Madrid] (in Spanish). Royal Spanish Football Federation. Retrieved 15 June 2019.
  2. „2018 FIFA World Cup Russia — List of Players“ (PDF).
  3. „FIFA Club World Cup UAE 2017: List of players: Real Madrid CF“ (PDF).
  4. 4,0 4,1 „Marco Asensio“.
  5. „Seguido desde hace meses por la élite europe“ (es) (27-avgust 2014-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Asensio's father dreamed his son would play for Athletic Club“. Diario AS (22-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  7. „Asensio no pudo contener las lágrimas al recordar a su madre“ (es). OK Diario (16-avgust 2016-yil). Qaraldi: 16-avgust 2017-yil.
  8. „El grave problema que sufrió Marco Asensio en su infancia“ (es). Don Balón Rosa (10-may 2017-yil). Qaraldi: 16-avgust 2017-yil.
  9. „Madrid y Barça pugnan por Asensio“ (es). Diario de Mallorca (25-fevral 2013-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2013-yil.
  10. „Linares reafirma el liderato del Decano“ (es). Marca (27-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2013-yil.
  11. „Los lucenses tiran de oficio para resistir en el Iberostar“ (es). Marca (2-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2013-yil.
  12. „Marco Asensio llama a la puerta“ (es). Última Hora (4-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2013-yil.
  13. „Asensio y Thomas dan aire a los baleares ante un flojo Tenerife“ (es). Marca (16-mart 2014-yil). Qaraldi: 13-iyul 2014-yil.
  14. „Los imprescindibles de Karpin“ (es). Marca (27-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  15. „Osasuna y Mallorca firman otro aluvión de goles: 6–4“ (es). ABC (21-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  16. „2–0: Marco Asensio salva del despido a Karpin“ (es). Mundo Deportivo (11-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  17. „El Mallorca golea al Llagostera y sale del descenso“ (es). Diario de Mallorca (19-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  18. „Marco Asensio, Bernabéu-bound“. Marca (24-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2014-yil.
  19. „Marco Asensio, al Real Madrid por 3,9 millones“ (es). Marca (5-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2014-yil.
  20. „Official announcement: Marco Asensio“. Real Madrid CF (5-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2014-yil.
  21. „Mallorca y Madrid cierran el traspaso de Marco Asensio“ (es). RCD Mallorca (5-dekabr 2014-yil). 8-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  22. „How Rafael Nadal helped Real Madrid sign Marco Asensio“. The Independent (20-iyun 2017-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.
  23. „Official announcement: Marco Asensio“. Real Madrid CF (20-avgust 2015-yil). Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  24. „El Espanyol se rehabilita en Anoeta“ (es). Mundo Deportivo (19-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  25. „Asensio crece en el Espanyol: está en el Top-10 de asistencias“ (es). Diario AS (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  26. „El Espanyol colgará el cuadro de su internacional 43: Asensio“ (es). Diario AS (1-iyun 2016-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  27. 27,0 27,1 „Dani Carvajal's late goal in ET helps Real Madrid win UEFA Super Cup“. ESPN FC (9-avgust 2016-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  28. „Morata y Marco Asensio modernizan al Real Madrid“ (es). Diario AS (21-avgust 2016-yil). Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
  29. „Fiebre amarilla“ (es). Marca (24-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  30. „El Madrid se pasea en Eibar“ (es). La Vanguardia (4-mart 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  31. „El Real Madrid, campeón de LaLiga Santander 2016/17“ (es). La Liga (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  32. „Malaga 0–2 Real Madrid“. BBC Sport (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  33. „Real Madrid 5–1 Legia Warsaw“. BBC Sport (18-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  34. „Real Madrid 4–2 Bayern Munich“. BBC Sport (18-aprel 2017-yil). Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  35. 35,0 35,1 „Majestic Real Madrid win Champions League in Cardiff“. UEFA (3-iyun 2017-yil). Qaraldi: 4-iyun 2017-yil.
  36. „Cristiano Ronaldo sent off but Real Madrid easily beat Barcelona“. ESPN FC (13-avgust 2017-yil). Qaraldi: 14-avgust 2017-yil.
  37. „Ceremony to mark Asensio's contract renewal“. Real Madrid CF (28-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2017-yil.
  38. „Doblete de Asensio y gol 6000 del Madrid en la Liga“ (es). Sport (18-fevral 2018-yil). Qaraldi: 18-fevral 2018-yil.
  39. „Así llegan Real Madrid y Liverpool a la final de la Champions“ (es). RCN Radio (25-may 2018-yil). Qaraldi: 29-may 2018-yil.
  40. „Madrid beat Liverpool to complete hat-trick“. UEFA (26-may 2018-yil). Qaraldi: 28-may 2018-yil.
  41. „Real Madrid confirm Asensio's ACL injury“. Marca (24-iyul 2019-yil). Qaraldi: 24-iyul 2019-yil.
  42. Kirkland. „Benzema's brace earns him 9/10 as Real Madrid stroll vs. Valencia“. ESPN (18-iyun 2020-yil).
  43. 43,0 43,1 „Real Madrid win the longest LaLiga Santander season“. Marca (17-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  44. „Football news - Marcos Asensio and Karim Benzema star as Real Madrid rout Mallorca to go top of La Liga“. eurosport.com. Qaraldi: 22-sentabr 2021-yil.
  45. „Marco Asensio could have played for Holland“.
  46. Muñoz. „Spain beats Norway and strengthens the team (2–0)“. Royal Spanish Football Federation (26-mart 2015-yil). 28-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  47. Haslam. „Late Asensio strikes take Spain into final again“. UEFA (16-iyul 2015-yil). Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
  48. „Pau López y Marco Asensio, convocados por Del Bosque“ (es). RCD Espanyol (17-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
  49. „Nolito endulza un duelo atípico“ (es). Marca (29-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
  50. Dunne, Robbie. „Spain – Croatia match report: UEFA Nations League“. Diario AS (11-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2018-yil.
  51. „Estos son los internacionales que representarán a España en Tokio“ (es). SEFutbol (29-iyun 2021-yil). 4-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
  52. „Spain Names Six From Euro Squad to Olympic Roster“ (en-us). Sports Illustrated. Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.
  53. „Marco Asensio, la joya mileurista“ (es). Marca (14-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 16-avgust 2017-yil.
  54. Lara, Miguel Ángel. „Asensio returns to Cardiff, a city of happy memories“. Marca (11-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2018-yil.
  55. 55,00 55,01 55,02 55,03 55,04 55,05 55,06 55,07 55,08 55,09 55,10 „Marco Asensio“. Soccerway. Qaraldi: 25-iyul 2015-yil.
  56. „Marco Asensio“. EU-Football.info. Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  57. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  58. „Real Madrid 2 Barcelona 0 (5–1 on aggregate): Woeful Barca dismissed as Zinedine Zidane's unstoppable side win Super Cup“. The Daily Telegraph (16-avgust 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2017-yil.
  59. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  60. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  61. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  62. „Cristiano Ronaldo free-kick fires Real Madrid to Club World Cup glory“. The Guardian (16-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2017-yil.
  63. „Spain see off Russia for seventh Under-19 crown“. UEFA (19-iyul 2015-yil). Qaraldi: 20-iyul 2015-yil.
  64. uefa.com. „Under-21 2017 – History – Spain“ (en). UEFA. Qaraldi: 11-sentabr 2019-yil.
  65. uefa.com. „Under-21 2017 – History – Matches“ (en). UEFA. Qaraldi: 11-sentabr 2019-yil.
  66. „Tokyo Olympics: Brazil defend gold medal, down Spain in extra time of men's soccer final“. cbssports.com (7-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  67. „Marco Asensio, mejor jugador de la Liga Adelante en octubre“ (es). Liga de Fútbol Profesional (19-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
  68. „2015: Marco Asensio“. UEFA. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  69. „Modric and Asensio receive LaLiga awards“. Real Madrid CF (24-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  70. „Saúl Ñíguez wins U21 EURO adidas Golden Boot“. UEFA (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
  71. „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (1-iyul 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  72. „Champions League breakthrough team of 2017“. UEFA.com: The official website for European football (24-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2017-yil.