Marcelo Salas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jose Marcelo Salas Melinao (ispancha: José Marcelo Salas Melinao)—chililik futbolchi,Chili futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri.1974-yil 24-dekabrda Chilining Temuko shahrida tavallud topgan.Elias Figueroa va Ivan Zamorano bilan birgalikda u Chili tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marselo Salas otasi uni Santyagoga olib ketgunga qadar „Deportes Temuko“ yoshlar jamoasining bitiruvchisi boʻlgan. Marselo Santyagoda mamlakatning eng mashhur klublaridan biri „Universidad de Chili“ jamoasida oʻynagan.

Salas professional futboldagi debyutini „Universidad de Chili“ klubida 1993-yilda boshlagan.1994-yil 4-yanvarda esa „Kobreloa“ klubi darvozasiga birinchi golini urdi."Universidad de Chili" tarkibida 1993—1996-yillarda 110 ta oʻyinda 74 ta gol urdi.Salas 1994 va 1995-yillarda jamoaga liga chempionligi va 1996-yilgi Libertadores kubogini ishonchli tarzda qoʻlga kiritishda yordam berdi[1].

1996—1998-yillar oraligʻida Argentinaning „River Pleyt“ klubi safida 51 ta oʻyinda 26 ta gol urdi.

1998—2001-yillar oraligʻida Italiyaning „Lasio“ klubi safida 71 ta oʻyinda 41 ta gol urdi.

2001—2003-yillar oraligʻida Italiyaning „Yuventus“ klubida 14 ta oʻyinda 2 ta gol urdi.

2003—2005-yillar oraligʻida yana Argentinaning „River Pleyt“ klubiga qaytib keldi va 43 ta oʻyinda 7 ta gol urdi.

2005—2008-yil jonajon klubi „Universidad de Chili“ ga qaytib kelib 73 ta oʻyinda 35 ta gol urdi.

1997-yilda u Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.2008-yil 26-noyabrda 33 yoshida u „butsasini qoziqqa ildi“ va futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.Ayni paytda u „Deportes Temuko“ klubi prezidenti hisoblanadi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Terma jamoadagi birinchi oʻyin-1994-yil 18-may Argentina terma jamoasi bilan 3:3 (Santyago, Chili).
  • Terma jamoadagi oxirgi oʻyin-2007-yil 21-noyabrda Paragvay terma jamoasi bilan 0:3 (Santyago, Chili).
  • Chili terma jamoa tarkibida 70 ta oʻyinda 37 ta gol urdi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Universidad de Chili"

"River Pleyt"

"Latsio"

"Yuventus"

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Marcelo Salas“. 9-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  2. Naryadu s Leonelem Sanchesom.