Marattiyanamolar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marattiyanamolar — qirqquloqsimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar tartibi (Marattiales) yoki kenja sinfi (Marattiidae). Poyasi yoʻgʻon kartoshkasimon boʻlib, yarmi tuproqqa botib turadi. Bargi yoʻgʻon bandli, yirik (uz. 4–6 m), patsimon, baʼzan panjasimon, bir-biriga tutash, ikkita kalin yonbargchasi bor. Barglarining orkasida, tomirlari boʻylab sporangiylar joylashgan; koʻpchilik M.da ular oʻsib sinangiylar hosil qiladi. 6 turkumi (200 ga yaqin turi) bor. Ikkala yarimsharning tropiklari, baʼzan subtro-piklarida usadi. Aftidan, M. eng qadimiy qirqquloklardan boʻlib, qazilma holdagisi paleozoy (karbon) davridan maʼlum. Ayrim M.ning novda va yonbarglari kraxmalga boy, ovqatga ishlatiladi. Yirik M. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil