Maral
| Maral | ||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Erkak maral | ||||||||||||||||||||||
| Urgʻochi maral | ||||||||||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||
| Cervus elaphus | ||||||||||||||||||||||
Marallar tarqalish hududi
| ||||||||||||||||||||||
Ostturlar
| ||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||
Maral[1] yoki asl bugʻu (lotincha: Cervus elaphus) — bugʻusimonlar oilasiga mansub juft tuyoqli sutemizuvchi. Maral Yevropaning katta qismi, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Gʻarbiy va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Shuningdek, Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismida, Marokash va Tunis oʻrtasidagi Atlas togʻlari hududida ham tarqalgan, Afrikaga xos boʻlgan yagona bugʻu turidir. Maral boshqa hududlarga ham inson tomonidan olib kirilgan, jumladan Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSh, Kanada, Peru, Urugvay, Chili va Argentina[2][3]. Dunyoning koʻp joylarida maral goʻshti istemol qilinadi.
Maral — toʻrt kamerali oshqozonga ega kavshovchi hayvon. Genetik tahlillar shuni koʻrsatadiki, maral anʼanaviy ravishda bitta tur emas, balki [turlar majmuasi]]dir, lekin bu majmua nechta turni oʻz ichiga olishi borasida olimlar bir toxtamga kelishmagan[4]. Shimoliy Amerika va Osiyoning sharqiy qismlarida tarqalgan vapiti, maralning ostturi deb hisoblangan, ammo genetik tahlilardan soʻng u alohida tur sifatida ajratildi. Barcha marallarning, jumladan, vapitilarning ajdodi, ehtimol, Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan.
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklarining tana uzunligi 175-250 santimetr, balandligi 1,37-1,68 m, urgʻochilarining tana uzunligi 160-210 m va balandligi 1,2-1,42 m. Erkaklarining vazni 160-240 kg, urgʻochilarining 120-170 kg. Dumining uzunligi 12-19 sm[5].
Maral hozirda mavjud bugʻu turlari orasida olchami boyicha tortinchi orin egallaydi, u bulon, vapiti va hind zambaridangina kichikroq[6]. Turli xil maral turlarida tashqi ko‘rinishda kichik farqlar mavjud. Bu farqlar asosan ularning o‘lchami va shoxlarida ko‘rinadi. Eng kichigi Korsika va Sardiniya orollarida yashaydigan korsika marali, eng kattasi esa Kaspiy dengizining g‘arbida, Kichik Osiyo va Kavkaz hududida tarqalgan kaspiy marali hisoblanadi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maral dunyoning ko‘plab hududlarida tarqalgan. G‘arbiy Yevropaning deyarli butun qismida, jumladan Britaniya orollari, Korsika va Sardiniyada, shimolda Skandinaviyaning janubiy qismida, Sharqiy Yevropada (Sankt-Peterburg va Moskvadan janubda), Shimoliy Afrikada (Jazoir, Marokash, Tunis), Eron, Afg‘oniston, Markaziy Osiyoda (cho‘l hududlaridan tashqari), Mog‘uliston, Tibet va Xitoyning janubi-sharqida uchraydi. Maral Shimoliy Afrikaga kechki pleystotsen davrida kirib kelgan. Inson faoliyati tufayli Sharqiy Yevropadagi tarqalish maydoni keskin qisqargan va u yerda uzluksiz areal o‘rniga faqat alohida populyatsiya o‘choqlari qolgan. Maral Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina va Chiliga ham olib kirilgan. Bu mamlakatlar iqlimiga moslashib yashamoqda.
Yevropa va Shimoliy Afrika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropa marali janubi-g‘arbiy Osiyoda (Kichik Osiyo va Kavkaz), Shimoliy Afrikada va Yevropada tarqalgan. Niderlandiyada marallarning katta podasi (2012-yil oxirida taxminan 3000 bosh) Oostvaardersplassen deb ataladigan tabiiy qo‘riqxonada yashaydi. Fransiyada marallar juda tez ko‘paymoqda. So‘nggi yarim asr ichida ularning soni besh baravarga oshgan, 1970-yilda 30 ming boshdan 2014-yilda taxminan 160 ming boshgacha yetgan. Marallar balandroq joylashgan o‘rmonlarga ham faol tarqala boshladi, ularning shu hududlardagi soni sezilarli oshdi.
Buyuk Britaniyada marallarning mahalliy populyatsiyalari Shotlandiyada, Kollar o‘lkasida va Angliyaning janubi-g‘arbida (asosan Exmoor atrofida) tarqalgan[7]. Ularning barchasi ham sof naslli emas. Ayrim joylarda marallarni vazni va shoxlari yirik bo‘lishi uchun, Warnham yoki Woburn Abbey parklaridan maxsus chiqarib qo‘shishgan. Edinburg universiteti esa Shotlandiyada maral va dog‘li kiyik orasida chatishish bo‘lganini aniqlagan[8]. Britaniya bug‘u jamiyati boshchiligida 2007 va 2011-yillarda o‘tkazilgan hisoblar, 2000-yildan buyon qizil marallar Angliya va Uels bo‘ylab yashash hududlarini kengaytirganini aniqlashdi. Ayniqsa Midlend va Sharqiy Angliyada o‘sish juda yuqori[9][10].
Berber marali Afrikada yashaydigan yagona bug‘usimonlar oilasiga mansub tur bolib, uning asosiy qismi materikning shimoli-garbiy qismidagi Atlas toglarida to‘plangan[11]. 1990-yillarning ortalariga kelib, Marokash, Tunis va Jazoir maral yashaydigan Afrikaning yagona mamlakatlari edi[12].
Irland marali Irlandiyaning, zamonaviy yovvoyi, turlari orasida eng kattasi hisoblanadi[13].
Eron
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eronda, kaspiy marali, Girkan o'rmonlarida tarqalgan.
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maral juda xilma-xil ozuqa bilan oziqlanadi. Uning asosiy yemishi o‘t-o‘lanlar, boshoqli o‘simliklar va dukkaklilardir. Bahorda, qishdan keyin, kuchni tiklash va vitaminli ozuqa olish uchun oqsillarga boy o‘simliklar bilan oziqlanadi. Qishda qor qalin bo‘lmasa, maral kuzda to‘kilgan barglarni, turli poyalarni va butalarning po‘stlog‘i bilan oziqlanadi, shuningdek qarag‘ay va archa ignalarini iste’mol qiladi. Qishda marallar uchun muhim ozuqalardan biri — qor ostidan topiladigan eman yongʻogʻi, bundan tashqari kashtanlar va boshqa yong‘oqlar, o‘simlik urug‘lari ham iste’mol qilinadi. Qo‘ziqorinlar, lishayniklar, mevalar va rezavorlar ham maral uchun ozuqadir. Issiqda soya joylarda katta vaqtini o‘tkazishadi, faqat ertalab va kechqurun o‘tlashadilar. Jaziramada daryolarda vaqt o‘tkazib issiqdan saqlanadilar. Xongullar esa o‘tlashga asosan tunda chiqadi. Qishda havo harorati juda past bo‘lganda, hayvonlar energiya zaxirasini to‘ldirish uchun deyarli butun kun davomida otlashga majbur bo‘ladi.
Taksonomiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaqin vaqtgacha biologlar maral bilan vapitini bitta tur deb o‘ylashgan. Ular bu hayvonlar Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning moʻtadil hududlarida uzluksiz tarqalgan deb hisoblashgan. Genetik taxlillar vapiti va maral aslida ikki alohida tur ekanini aniq ko‘rsatadi.
2014-yilda o‘tkazilgan mitoxondrial DNK tadqiqoti Asl bugʻusimonlar urugʻining ichki filogenezini quyidagicha ekanini ko‘rsatdi.
| Cervus |
| ||||||||||||||||||||||||
|
Rusa (Zambarlar urugʻi) | |||||||||||||||||||||||||
Maral Yevropada o‘rta pleystotsenning boshida, taxminan 800 ming yil avval paydo bo‘lgan va ular Cervus elaphus acoronatus deb ataladigan qadimiy turga mansub bo‘lgan. Shuningdek, boshqa qadimiy turlar ham ma’lum: masalan, Italiyadagi o‘rta pleystotsen davriga oid C. e. rianensis va Sitsiliyaning o‘rta pleystotsenning oxiri va yuqori pleystotsen davriga mansub C. e. siciliae[14].
Ostturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi maralning (Cervus elaphus) to‘qqizta ostturini ro‘yxatga olgan: ularning uchtasi qirilib ketish arafasida, bittasi zaif, bittasi zaif holatga yaqin deb baholangan, qolgan to‘rttasi esa yetarli ma’lumot bo‘lmagani uchun hech bir toifaga kiritilmagan. Umuman olganda tur xavf darajasi past sifatida qayd etilgan. Lekin TMXI ro‘yxati maralning eskirgan tasnifiga asoslangan bo‘lib, unga vapiti ham kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 ortiq soʻz va soʻz birikmasi. // Masʼul muharrirlar A. Madvaliyev, D. Xudayberganova. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 864 bet.
- ↑ Red Deer — South America|Online Record Book Preview Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi.. scirecordbook.org
- ↑ „Red deer - Cervus elaphus | B#Visual - Photo Agency“. 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 8-dekabr.
- ↑ Andoza:Книга:Пятиязычный словарь названий животных. Млекопитающие
- ↑ Барышников, Тихонов 2009.
- ↑ Andoza:Книга:Пятиязычный словарь названий животных. Млекопитающие
- ↑ Mark D Walker. Headhunting: The distribution of wild deer in Britain.
- ↑ „Cross-breeding 'threat' to deer“.
- ↑ Walker, M. D. (2016). "Headhunting: The distribution of wild deer in Britain". British Naturalist (Spring/Summer): 5–15.
- ↑ Deer Distribution. Red Deer 2000—2007 Archived 23 September 2015 at the Wayback Machine. The British Deer Society
- ↑ „The Red Deer Cervus elaphus“. 2008-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 9-dekabr.
- ↑ „Cervus elaphus (Red Deer)“.
- ↑ „The Case of the Irish Elk“. 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 9-dekabr.
- ↑ Croitor, Roman (2018). Plio-Pleistocene deer of Western Palearctic: taxonomy, systematics, phylogeny. Institute of Zoology of the Academy of Sciences of Moldova. ISBN 978-9975-66-609-1. OCLC 1057238213