Manuel da Costa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manuel Marouan da Kosta Trindade Senussi (portugalcha: Manuel Marouane da Costa Trindade Senoussi) — marokashlik futbolchi, markaziy himoyachi. Fransiya va Portugaliya fuqarosi pasportiga ega[1].

Manuel da Costa Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Manuel Marouane da Costa

Trindade Senoussi

Tugʻilgan

6-may 1986-yil(1986-05-06) (36 yosh)

Saint-Max, Lotaringiya, Fransiya

Fuqaroligi

Flag Marokko Marokash

Flag Fransii Fransiya

Flag Portugalii Portugaliya

Boʻyi

194 sm

Vazni

85 kg

Pozitsiya

himoyachi

Klub haqida maʼlumot
Klub

erkin agent

Yoshlar klubi
1995—2002 Flag Fransii (1976—2020) Madin
2002—2005 Flag Fransii (1976—2020) Nansi
Klubdagi faoliyati
2003—2005 Flag Fransii (1976—2020) Nansi B 28 (2)
2005—2006 Flag Fransii (1976—2020) Nansi 10 (1)
2006—2008 Flag Niderlandov PSV 16 (1)
2008—2009 Flag Italii Fiorentina 1 (0)
2009 Flag Italii Sampdoriya 2 (0)
2009—2011 Flag Anglii Vest Xem United 31 (3)
2011—2013 Flag Rossii Lokomotiv (Moskva) 15 (2)
2012—2013 Flag Portugalii Nasonal 16 (2)
2013—2015 Flag Tursii Sivasspor 49 (8)
2015—2017 Flag Gresii Olimpiakos (Pirey) 39 (4)
2017—2018 Flag Tursii Istanbul Bashakshexir 23 (3)
2019—2020 Flag Saudovskoy Aravii Al-Ittixad 18 (4)
2020 Flag Tursii Trabzonspor 11 (1)
2021 Flag Tursii BB Erzurumspor 14 (2)
Terma jamoadagi faoliyati
2006 Flag Portugalii Portugaliya (U 20) 3 (0)
2006—2008 Flag Portugalii Portugaliya (U 21) 22 (0)
2006—2008 Flag Portugalii Portugaliya (olimp.) 1 (0)
2014—n. v. Flag Marokko Marokko 39 (1)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Da Kostaning otasi portugal, onasi esa yarim marokashlik va yarim fransuz hisoblanadi.

Da Koshta „Fiorentina“ safida

Da Kosta faoliyatini „Nansi“da boshlagan. 2005/06-yilgi mavsumda u klub bazasida debyut qilgan va Liga 1da 10 ta oʻyinda, shuningdek , Fransiya Liga kubogi yarim finalida bitta oʻyinda maydonga tushgan va oʻzining yagona golini kiritgan[2]. Nensi uchun gol Le Man klubi darvozasini ishgʻol qilgan. 2006-yil may oyida u Tulondagi turnirda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Portugaliyaliklar turnirda gʻalaba qozonganidan soʻng, da Kostani bir nechta klublar sotib olmoqchi boʻlgan. Himoyachini sotib olishga nomzodlar orasida Angliyaning „Newcastle United“, Fransiyaning "Parsi Saint-Germain" va „Bordo“ klublari bor edi.

Bir nechta takliflardan tanlab, da Kosta Chempionlar ligasida oʻynash uchun Gollandiyaning „PSV“ klubiga oʻtishni afzal koʻrgan. „PSV“ da Kosta bilan besh yillik shartnoma imzolagan va portugaliyalikning transferi uchun Gollandiya klubi „Nensi“ga 1 million yevro toʻlashiga toʻgʻri kelgan. Gollandiyada da Kosta bir yarim mavsum oʻtkazgan. 16 liga oʻyinida va Chempionlar ligasida 4 oʻyinda maydonga tushgan. Manuel da Kosta 2006-yil 12-sentabrda Angliyaning „Liverpool“" jamoasi bilan oʻyinda debyut qilgan. 2007/08-yilgi mavsum oʻrtalarida da Kostaning Italiya klublaridan biriga oʻtishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Daʼvogarlar qatoriga "Juventus", „Inter“ va "Milan" klublari kiritilgan.

Manuel da Kosta „West Ham“ tarkibida

2008-yilning 29-yanvarida da Kosta „Fiorentina“ tomonidan 4,5 million yevroga sotib olingan va besh yillik shartnoma imzolangan. „Fiorentina“ning asosiy jamoasida da Kosta debyutini 8 oydan keyin — 14-sentabr kuni „Napoli“ bilan oʻyinda oʻtkazgan. 2009-yil 30-yanvarda da Kostani Italiyaning „Sampdoriya“ klubi olti oyga ijaraga olgan[3]. U jamoada ikki oʻyin oʻtkazgan. 15-fevralda „Juventus“ bilan Italiya chempionatida va 26-fevralda UEFA kubogi oʻyinida Xarkovning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Mavsum yakunlangach, da Kosta „Fiorentina“ga qaytgan.

2009-yil 31-avgustda da Kosta Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Klub va futbolchi oʻrtasidagi transfer summasi oshkor etilmagan, ammo, „Fiorentina“ pul tovonidan tashqari da Kostaning transferi uchun „West Ham“ yarim himoyachisi Savio Nserekoni ham olgan[4]. 22-sentyabrda da Kosta Liga kubogi doirasida Bolton Uonderersga qarshi oʻyinda klub safida debyut qilgan[5]. 28-sentyabrda Manuel Angliya Premer-ligasidagi ilk oʻyinini „Manchester City“ga qarshi oʻtkazgan[6]. 21-noyabr kuni da Kosta „Hall City“ darvozasini ishg‘ol qilib, klub uchun o‘zining birinchi golini kiritgan[7]. Dekabr oyida portugaliyalik futbolchi Moskvaning „Spartak“ klubidan koʻchib oʻtish taklifini olgan. Ammo uni rad etishiga toʻgʻri kelgan. Chunki Rossiya chempionati unga „yetarlicha jozibador emas“ degan fikrni hosil qilgan[8].

2011-yil 21-iyun kuni da Kosta Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga o‘tib, 4 yillik shartnoma imzolagan[9]. Manuel da Kostaning transfer summasi 1,5 million yevroni tashkil qilgani xabar qilingan[10]. Klub prezidenti Olga Smorodskayaning soʻzlariga koʻra, portugaliyalik futbolchi jamoani tark etgan Marko Bashaning oʻrniga sotib olingan[11]. 10-sentyabr kuni portugal futbolchisi „Lokomotiv“ safida ilk gollarini kiritgan. Uning "Zenit" bilan oʻyindagi dubli (faoliyatidagi birinchisi) „Lokomotiv“ga 4:2 hisobida gʻalaba keltirgan[12].

2012-yilning 31-avgustida Manuel da Kosta Portugaliyaning „Nasional“ klubiga bir yilga ijaraga berilgan[13]. „Lokomotiv“ga qaytgach, u Turkiyaning „Sivasspor“ klubiga sotib yuborilgan[14]. Futbolchi bilan shartnoma 3 yilga tuzilgan.

2015-yil 18-avgustda da Kosta Pireyning „Olimpiakos“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[15]. Keyinchalik 21- raqam ostida da Kosta „Istanbul Bashakshehir“ klubi futbolchisiga aylangan[16]. U klub safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 6-yanvar kuni u „Al-Ittihod“ klubiga oʻtgan hamda transfer summasi 4,5 million yevroni tashkil qilgani maʼlum qilingan[17].

Milliy terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manuel da Kosta 2006-yildan 2008-yilgacha Portugaliya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2006-yil noyabr, 2007-yil mart va 2011-yil avgust oylarida da Kosta Portugaliya terma jamoasiga chaqirilgan, biroq futbolchi terma jamoa safida maydonga tushmagan.

Da Kosta Portugaliya terma jamoasida oʻynashni tanlagan. Chunki u portugal tilini yaxshi bilmasligiga qaramay, oʻzini fransuz emas, balki portugallardek his qilgani sabab boʻlgan[18].

2011-yil yanvar oyida da Kosta 2010-yil 17-oktyabrga o‘tar kechasi Ilforddagi (London chekkasida joylashgan) „Faces“ tungi klubida ayolga jinsiy zo‘ravonlik va zo‘rlashga urinishda ayblangan[19][20]. Futbolchi hibsga olingan, keyin esa garov evaziga qamoqdan ozod qilingan[21]. Sud majlisida futbolchi jinsiy zoʻravonlik boʻyicha aybini tan olmagan, biroq ayolga qilingan hujum faktini tasdiqlagan. 18-aprel kuni ikkinchi sud majlisida da Kosta yana yangi sud jarayonigacha garov evaziga ozod qilingan[22]. 2011-yil 16-sentyabrda bo‘lib o‘tgan hakamlar hay’ati sudida Kosta oqlangan, biroq unga o‘zini himoya qilish maqsadida ayolni urgani uchun £250 jarima berilgan[23].

Futbolchining qoʻllarida bir nechta tatuirovka bor, ularning har birining dizayni da Kostaning maʼlum bir mamlakatdagi hayot taassurotlari bilan bogʻliq. Tatuirovkalardan birini italyan ustasi, ikkinchisini fransuz, uchinchisini ingliz ustasi tomonidan chizilgan. Da Kosta rossiyalik ustadan tatuirovka qilishni ham rejalashtirgan[24].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 12-iyul holatida[25]
Marokash milliy terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2014 8 0
2015 1 0
2016 8 0
2017 5 0
2018 11 1
2019 4 0
Jami 37 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Profil igroka (angl.) na sayte Transfermarkt
  2. „Профиль на lfp.fr“. 2009-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-avgust.
  3. „Ufficiale: Da Costa alla Samp a titolo temporaneo“. 2020-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-avgust.
  4. „Da Costa in for Savio“. 2009-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-sentyabr.
  5. „Bolton 3-1 West Ham United FT“. 2012-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  6. „Manchester City match preview“. 2010-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  7. „Hull 3-3 West Ham“. 2020-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  8. „Да Кошта: в декабре у меня было предложение от «Спартака»“. 2011-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-iyun.
  9. „«Локомотив» приобрёл игрока «Вест Хэма»“. 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  10. „Трансфер да Кошты обошелся «Локомотиву» в € 1,5 млн“. 2011-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  11. „Смородская: да Кошта берётся на замену Баше“. 2011-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  12. „«Локомотив» победил «Зенит», проигрывая 0:2 после первого тайма“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-sentyabr.
  13. „Защитник «Локомотива» да Кошта проведёт сезон в аренде в «Насьонале»“. 2013-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-avgust.
  14. „«Локомотив» продал да Кошту в «Сивасспор»“. 2013-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-avgust.
  15. „Мануэл да Кошта перешёл в «Олимпиакос»“. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  16. „Мануэл да Кошта и Керим Фрай перешли в «Истанбул»“. 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  17. „Экс-защитник «Локомотива» перешёл в команду Билича“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  18. „Manuel da Costa, o defesa que trocou a Franза por Portugal“. 2009-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-avgust.
  19. „West Ham’s Manuel da Costa faces sexual assault charge“. 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  20. „25 января Мануэль да Кошта предстанет перед судом за попытку изнасилования“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  21. „Crown court date for Hammers star’s sex assault claims“. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  22. „West Ham defender Manuel Da Costa admits nightclub assault on woman“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
  23. „Лондонский суд оправдал защитника «Локомотива» да Кошту“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  24. „Защитник «Локомотива» Мануэл да Кошта: В России сделаю новое тату — Газета — Советский спорт“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-sentyabr.
  25. Manuel da Costa at National-Football-Teams.com