Komil Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mansurov Komildan yoʻnaltirildi)

Komil Mansurov (1948.11.9, Toshkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutining badiiy-grafika fakultetini tugatgan (1971). 1968—79-yillarda Toshkent viloyatidagi 27maktabda, 1979-yildan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 63-maktabda rasm-chizmachilik oʻqituvchisi. Mansurov dars jarayonida ilgʻor va noanʼanaviy ish usullaridan foydalanadi. U rahbarlik qiladigan "yosh naqqoshlar" toʻgaragi aʼzolarining rasm, naqsh va uy-roʻzgʻor buyumlariga ishlagan naqsh namunalari tuman, shahar, respublika miqyosidagi koʻriktanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil