Mansur ibn Abdurahmon at-Tanuxiy
| Mansur ibn Abdurahmon al-Tanuxiy منصور بن عبد الرحمن التنوخي | |
|---|---|
| Abbosiy xalifaligi Yaman viloyati hokimi | |
|
Mansab davri 839 – 842 | |
| Oʻtmishdoshi | Abdurahim ibn Jaʼfar ibn Sulaymon al-Hoshimiy |
| Vorisi | Abu al-Ala Ahmad al-Amiriy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Abbosiylar xalifaligi |
| Otasi | Abdurahmon |
Mansur ibn Abdurahmon at-Tanuxi (arabcha: أبو العلاء أحمد بن العلاء العامري) – IX asrda Abbosiylar xalifaligi Yaman viloyati hokimi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalifa al-Muʼtasim (h. 833–842) tomonidan viloyat boshqaruvi Jaʼfar ibn Dinor al-Xayyotga topshirilgach, Mansur uning nomidan Yamanga doimiy hokim etib tayinlandi va 839-yil oxirida Sano shahriga yetib keldi. Dastlab viloyatni mustaqil ravishda boshqargan boʻlsa-da, tez orada Jaʼfar bilan birgalikda viloyatni hokim sifatida boshqaruvchi Abdulloh ibn Hamdavayh ham unga qoʻshilib, viloyatni birgalikda boshqara boshladilar. 840-yilda Jaʼfar hokimlikdan chetlatilgach, uning oʻrniga hokim etib tayinlangan Itax Mansur va Abdullohni oʻz lavozimlarida qoldirdi. Ular xalifa al-Mu’tasim 842-yilda vafot etguniga qadar Yamanda hokimlik qilishdi[1].
Al-Vosiq taxtga oʻtirganidan koʻp oʻtmay, Itax Mansur va Abdullohni lavozimidan ozod etishga va ularning oʻrniga Abu al-Ala Ahmad al-Amiriyni tayinlashga qaror qildi. Ammo Abu al-Alo hali Sanoga yoʻl olayotgan paytda shahar toʻsatdan Yufiriylar isyonchisi Yu’fir ibn Abdurahmon hujumiga uchradi. U Sano shahrini egallash uchun Tarif ibn Sobit (yoki Malik) boshchiligidagi qoʻshini yubordi. Shundan keyin Mansur oʻz qoʻshini bilan yurish qilib, Yufiriylarni jangda tor-mor keltirdi. Isyonchilar chekinishga majbur boʻlishdi va natijada Abu al-Alo hech qanday qarshiliksiz Sanʼoga kirishga muvaffaq boʻldi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Mad'aj 1988, ss. 215–16; Van Arendonk 1919, ss. 103–04; Bikhazi 1970, s. 30; Ibn Abd al-Majid 1985, ss. 37–38.
- ↑ Al-Mad'aj 1988, ss. 215–16; Van Arendonk 1919, ss. 103–04; Bikhazi 1970, s. 30; Ibn Abd al-Majid 1985, ss. 37–38.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bikhazi, Ramzi J. (1970). "Coins of al-Yaman 132-569 A.H.". Al-Abhath 23: 3–127. https://books.google.com/books?id=yGoXAQAAIAAJ. Qaraldi: June 4, 2016.Mansur ibn Abdurahmon at-Tanuxiy]]
- Ibn Abd al-Majid, Taj al-Din 'Abd al-Baqi al-Yamani. Ta'rikh al-Yaman al-Musamma Bahjat al-Zaman fi Ta'rikh al-Yaman. Sana'a: Dar Kalimah, 1985.
- Al-Mad'aj, Abd al-Muhsin Mad'aj M.. The Yemen in Early Islam (9-233/630-847): A Political History. London: Ithaca Press, 1988. ISBN 0863721028.
- Van Arendonk, Cornelius. De Opkomst Van Het Zaidietische Imamaat in Yemen. Leiden: E.J. Brill, 1919. ISBN 0863721028.