Tungus-manjur tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Manjur-tungus tillaridan yoʻnaltirildi)
Tungus-manjur tillari
Joʻgʻrofiy
taqsimlanishi:
Lingvistik turkumlanishi: Default
  • Tungus-manjur tillari
Boʻlinishi:

Tungus-manjur tillari, manjur-tungus tillari — Sibir va Uzok, Sharkdagi yaqin qarindosh tillar guruhi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, Tungus-manjur tillarit. oltoy tillari oilasiga kiradi. Ushbu tillar RFning Oʻrta va Sharqiy Sibirdagi tayga hududlarida, Xitoyning shim.sharqida, SintszyanUygʻur muxtor rayonida, Mongoliyaning Bargi tumani (aymogʻi)da tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 70 ming (RF da 60 ming) kishidan ortiq (1990-yillar). Tungus-manjur tillarit. ning nisbatan yaqinligi va dialektal jihatdan oʻta tarqokligi ularni mustakil til sifatida ajratish va tasniflashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun bir tasnifda ular 11 tarmoqka, ikkinchisida 5 tarmoqqa, yana birida 3 tarmoqqa ajratiladi. Mas., 3 tarmokli tasnifda sibir yoki shim., amur yoki nani va jan. yoki manjur tarmoklari farklanadi va bu tarmoklar evenk, even, nanay, udegey, manjur kabi tillarni va bir kancha laxjalarni kamrab oladi.

Tungus-manjur tillarit. fonetik belgilaridan unlilar ohangdoshligi (singarmonizm)ning mavjudligi, soʻz oʻrtasida undoshlarning qator kelishi, urgʻuning soʻz oxiriga tushishi (evenk va even tillarida kuch urgʻusi, nanay va udegey tillarida musiqiy urgʻu) kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik belgilaridan esa bu tillarning suffiksalagglyutinativ tipdagi tillarga mansubligi; analitizm belgilarining kuchliligi (manjur tili); otlarning son (birlik va koʻplik), egalik (3 xil shakl), kelishik (8 ta) kategoriyalariga egaligi; feʼllarda sifatdosh shaklining predikat vazifasida qoʻllanishi, nisbat kategoriyasining (ular 5 ta) rivojlanganligi, koʻmakchilarning faol, koʻp qoʻllanishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Leksikada boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp: RF dagi Tungus-manjur tillarit. da rus tilidan, even va evenk tillarida saxa tilidan, manjur tilida xitoy tilidan, barcha Tungus-manjur tillarit. da moʻgʻul tillaridan uzlashgan soʻzlar uchraydi.

Tungus-manjur tillarit. ga mansub ulik jurjen tilida yaratilgan va jurjen yozuvida bitilgan yodgorliklar 12—16-asrlarga mansub. Manjur tili yozuvi 1599-yilda moʻgul yozuvi asosida yaratilgan va 1632-yilda takomillashtirilgan. Boshqa Tungus-manjur tillarit. uchun 20-asrning 20-yillari oxirida lotin grafikasi asosida, 1936-yildan rus grafikasi asosida yozuvlar ishlab chiqildi va 1931—32 yillarda evenk, even va nanay tillarida adabiyotlar nashr etila boshladi.