Motorli qoʻli bilan Maneki-neko mijozlarni Yaponiyaning Tokio shahrida lotereya chiptalarini sotib olishga chaqiradi
Maneki-neko (招き猫, lit. bit. „oʻziga chaqiruvchi mushuk“) — yaponlarning oddiy haykalchasi, koʻpincha egasiga omad keltiradi deb ishoniladi. Bugungi kunda ular odatda keramika yoki plastmassadan tayyorlanadi. Haykalchada mushuk, anʼanaga koʻra, panjasida yapon iyerogliflari yozilgan xalqani koʻtargan holda tasvirlanadi. Haykalchalar koʻpincha doʻkonlarda, restoranlarda, pachinko salonlarida, kimyoviy tozalash joylarida, kir yuvish xonalarida, barlarda, kazinolarda, mehmonxonalarda, tungi klublarda va boshqa korxonalarda, odatda kirish eshigi yaqiniga joylashtiriladi. Baʼzi zamonaviy maneki-neko qoʻgʻirchoqlari asta-sekin oldinga va orqaga harakatlanadigan mexanik panja bilan jihozlangan.
Maneki-neko turli xil ranglar va uslublarda tasvirlanadi va mushuk holatiga koʻra bir-biridan farqlanadi. Umumiy ranglar oq, qora, qizil va oltin rangdir. Haykallardan tashqari, kalit zanjirlar, pul yigʻishga moʻljallangan puldonlar (kopilka), havo spreyi, kostryulkalar va boshqa koʻplab vositalari ham maneki-neko shaklida yasaladi. Maneki-neko baʼzan oddiygina „omadli mushuk“ deya ataladi.
Maneki-neko anʼanaviy tarzda oʻtirgan holda, qoʻlida koban tangasini ushlab, bir panjasini koʻtargan holda tasvirlanadi. Baʼzi gʻarbliklar uchun (italiyaliklar, ispanlar va yunonlar bundan mustasnodir) goʻyo maneki-neko imo qilishdan koʻra qoʻllarini silkitayotgandek koʻrinishi mumkin[1][2]. Bu baʼzi gʻarbliklar va yaponiyaliklar tomonidan tan olingan imo-ishoralar va tana tilidagi farq bilan bogʻliq holatdir. Yapon imo-ishorasi qoʻlni yuqoriga koʻtarish, kaftni pastga tushirish va barmoqlarni qayta-qayta pastga va orqaga bukish orqali amalga oshiriladi, shuning uchun mushukning koʻrinishi ana shunday tarzda tasvirlanadi. Baʼzi Gʻarb bozorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan maneki-nekolar mushukning panjasi yuqoriga qaragan holda, koʻpchilik gʻarbliklarga tanish boʻlgan imo-ishoralarni aks ettirgan shaklda ishlab chiqariladi[3].
Maneki-neko doʻkonda, Yaponiya
Maneki-nekoni oʻng yoki chap panjasi koʻtarilgan holdagi koʻrinishda (va baʼzan ikkalasini ham) ham uchratish mumkin. Oʻng va chap koʻtarilgan panjaning ahamiyati vaqt va joyga qarab farq qiladi[4]. Chap panjasi koʻtarilgan haykal koʻproq mijozlarni jalb qiladi, oʻng panjasi esa koʻproq pul keltiradi. Shu sababli, chap panjasi biznes uchun, oʻng panjasi esa uy-yumushlari uchun, deya tariflanadi[5].
Batareya va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan maneki-neko — bu zamonaviy iteratsiya qoʻgʻirchogʻi hisoblanadi.
Dastlab, maneki-neko oq rang bilangina tasvirlangan, ammo yillar davomida Feng Shui dizaynlari bilan turli kombinatsiyalarda ham yaratilish fikri paydo boʻldi. Asl oq rang omad tilash va umumiy maʼnoda omadga erishish maqsadida, qora esa yomonlikdan saqlash, qizil — sogʻlik, sariq yoki oltin rang — boylik, pushti — romantika singari maʼnolarni anglatadi[5].
Maneki-nekoTokioda (oʻsha paytda Edo deb nomlangan) paydo boʻlgan deya taxmin qilinadi, baʼzilari esa bu voqea Kiotoda sodir boʻlganligini taʼkidlaydilar[4]. Maneki-neko birinchi marta Yaponiyada, Edo davrining oʻrtalarida paydo boʻlgan[4]. Maneki-neko haqidagi eng qadimgi yozuvlar Bukō nenpyoning (Edo xronologiyasi) 1852-yildagi yozuvlarida uchraydi. Utagava Hiroshigening 1852-yilda chizilgan „Joruri-machi Hanka no zu“ ukiyoe rasmida ham Tokiodagi Senso ibodatxonasida sotilayotgan maneki-nekoning bir turi Marushime-neko, tasvirlangan. 1876-yilda, Meiji davrida, bu haqda gazeta maqolasida aytib oʻtilgan va bu vaqt ichida Osakadagi ziyoratgohda kimono kiygan maneki-neko qoʻgʻirchoqlari tarqatilganligi haqida dalillar mavjud. 1902-yildagi maneki-neko reklamasi asrning boshiga kelib ular mashhur boʻlganligini koʻrsatadi. Bundan tashqari, maneki-nekoning aniq kelib chiqishi davri va joyi noaniqligicha qolgan.
Baʼzilar maneki-nekoning imo-ishorasi bilan yuzini yuvayotgan mushuk oʻrtasidagi oʻxshashlik borligini taʼkidlaydilar. Yaponlarda mushuk yuzini yuvayotgani yaqin orada mehmon kelishini anglatadi, degan aqida bor. Bu eʼtiqod, oʻz navbatida, mushuk yuzini yuvsa, yomgʻir yogʻadi, degan qadimgi Xitoy maqoliga bogʻliq boʻlishi ham mumkin. Shunday qilib, yuzini yuvayotgan mushukning qiyofasi xaridorlarni jalb qiladi, degan ishonch tufayli ham ular shu koʻrinishda tasvirlangan boʻlishi mumkin. Xitoyning Tang sulolasi asoschisi Duan Chengshi (803?-863) o‘zining „Miscellaneous Morsels from Youyang (Youyangdan turli morsellar)“ asarida shunday yozgan edi: „Agar mushuk panjasini quloqlari ustiga ko‘tarib, yuzini yuvsa, homiylar keladi“. Quloqlarini yuvayotgan mushuk haykallarining (garchi uslubi maneki-nekodan juda farq qilsa-da) Shimoliy Vey sulolasi davriga (milodiy 386-534) tegishlilari ham topilgan[6].
Bir hikoyaga koʻra, doʻkonning (yoki mehmonxona, taverna, ibodatxona va boshqalar) qashshoq rahbari oʻzini boqishga zoʻrgʻa pul topayotganligiga qaramay, doʻkoniga kelgan och, qarovsiz mushukni himoyasiga oladi va unga gʻamxoʻrlik qiladi. Minnatdorchilik sifatida mushuk doʻkon oldida oʻtirib, xaridorlarni chaqiradi va shu bilan xayriya qilgan doʻkon egasiga mukofot sifatida farovonlik keltiradi. Shundan buyon, „omad chaqiruvchi mushuk“ kichik biznes vakillari uchun omad timsoli boʻlib kelgan[4].
Xitoy va Vetnam jamoalarida (jumladan, Qoʻshma Shtatlardagi Chinatownlarda) mashhurligi tufayli[4], maneki-neko koʻpincha yaponiyaliklarga emas, balki xitoyliklarga tegishli qoʻgʻirchoq degan xato fikr mavjud, shuning uchun ham, maneki-neko baʼzan „Xitoy baxt mushugi“ deb ataladi[4] yoki jīnmāo („oltin mushuk“) nomi ham qoʻllanadi. Bu mushuk qoʻgʻirchogʻi Xitoyda ham keng tarqalgan (xitoycha: 招财猫; milliy xitoychada: 招財貓; oʻqilishi:zhāocáimāo).
Meowth nomli Pokemon qahramoni maneki-nekoga asoslangan holda ishlab chiqilgan[7].
NettaEurovision 2018 qoʻshiq tanlovidamaneki-nekoga toʻla ikki devor oldida oʻzining „Toʻy“ qoʻshigʻini ijro etgan. U finalda 529 ball to‘plagan holda g‘olib bo‘lgan[8].
Lucky Cat (Omadli mushuk) Lollaning maneki-neko shaklidagi koʻrinishi Lollapalooza musiqa festivalining ramziga aylangan[9][10].
Ilmiy fantastika muallifi Bruce Sterling „Maneki Neko“ nomli qisqa hikoyasini yozgan, mazkur hikoya birinchi marta 1998-yil may oyida The Magazine of Fantasy & Science Fiction jurnalida chop etilgan[11].