Mane Tandilyan
| Mane Tandilyan | |
|---|---|
Մանե Թանդիլյան | |
|
| |
| Artsax Respublikasining Mehnat, ijtimoiy va iy-joy masalalari boʻyicha vaziri[1] | |
|
Mansab davri 2020-yil 2-dekabr – 2021-yil avgust | |
| Prezident | Arayik Harutyunyan |
| Mehnat, ijtimoiy va uy-joy masalalari boʻyicha vaziri | |
|
Mansab davri 2018-yil 12-may – 2018-yil 14-noyabr | |
| Oʻtmishdoshi | Artem Asatryan |
| Vorisi | Zaruhi Batoyan |
| Armaniston Milliy Assambleyasi aʼzosi | |
|
Mansab davri 2017-yil 2-aprel – 2018-yil 12-may | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1978-yil 3-aprel Alaverdi, Armaniston SSR, Sovet Ittifoqi |
| Siyosiy partiyasi | Oydin Armaniston |
| Bolalari | 2 |
| Alma mater |
Armaniston davlat pedagogika universiteti Armanistondagi Amerika universiteti |
Mane Vanyayi Tandilyan (armancha: Մանե Վանյայի Թանդիլյան; 1978-yil 3-aprelda tugʻilgan) – arman tarixchisi va siyosatchisi. Armaniston Milliy Assambleyasi aʼzosi. 2018-yil 12-maydan 14-noyabrgacha Armaniston Respublikasining Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha vaziri lavozimida ishlagan sobiq hukumat aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tandilyan 1978-yil 3-aprelda Alaverdi shahrida dunyoga kelgan. 1999-yilda Armaniston Davlat Pedagogika universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Oradan uch yil oʻtib, Armanistondagi Amerika universitetining biznes yoʻnalishini tugatgan va biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan[2]. 2005-yilda Xalqaro Yevropa Harakati Armaniston kengashini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan. Turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tandilyan 2015-yil 15-dekabrdan boshlab Oydin Armaniston partiyasi aʼzosi hisoblanadi. 2017-yil 22-dekabrda esa partiya Kengashi kotibi lavozimiga saylangan[3].
2017-yilgi parlament saylovlarida „Chiqish yoʻli“ ittifoqi nomidan Armaniston Milliy Assambleyasining 6-chaqiriq deputati etib saylangan[4].
2018-yil 11-may kuni, „Zamrung inqilobi“dan soʻng, Tandilyan Armaniston Respublikasining Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha vaziri lavozimiga tayinlangan[5]. 2018-yil 12-iyun kuni hukumat tomonidan majburiy jamgʻarma pensiya tizimini joriy etish qaroriga qarshi chiqqan va isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan[6]. Biroq 21-iyun kuni Bosh vazir Nikol Pashinyan uning isteʼfosini qabul qilmagan va Tandilyan oʻz lavozimida ishlashni davom ettirgan[7][8][9].
2018-yil 14-noyabrda Tandilyan 9-dekabrda boʻlib oʻtadigan navbatdan tashqari parlament saylovlarida ishtirok etish maqsadida Mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqqan. Saylovda ishtirok etib, yana Milliy Assambleya deputatligiga saylangan[10].
Hozirda Mane Tandilyan Country of Living partiyasiga rahbarlik qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mane Tandilyan named Minister of Labor, Social and Housing Affairs of Artsakh
- ↑ „Mane Tandilyan“. Bright Armenia. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Oydin Armaniston partiyasi“ (hy) (2015-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Mane Tandilyan “Oydin Armaniston” partiyasi Kengashi kotibi etib saylangan (arman tilida).“ (hy) (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Mane Tandilyan appointed as Minister of Labor and Social Affair“ (2018-yil 12-may). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Mane Tandilyan Mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha vazir lavozimiga tayinlandi.“ (hy) (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Armenia's Minister of Labor and Social Affairs Resigns amid Mandatory Pension System Controversy“. Armenian Weekly (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Mane Tandilyan to continue serving as minister of labor and social affairs despite resignation“ (2018-yil 21-iyun). Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
- ↑ „Mane Tandilyan iste’fosiga qaramay, Mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri lavozimida ishlashni davom ettiradi.“ (hy) (2018-yil 21-iyun). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
- ↑ „Armenian Minister of Labor and Social Affairs Resigns“. Hetq Online (2018-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.