Manas ko'li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Map
Lake Manas (center) and Lake Ailik (top)

Manas koʻli — Shinjon Uygʻur avtonom rayoni, Jungriya havzasining gʻarbiy qismi, Gurbantunggut choʻli ichida joylashgan. Suvi shoʻr hisoblanadi.


Manas koʻli Tyan-Shan togʻlaridan oqib oʻtadigan Manas daryosining soʻnggi nuqtasi hisoblanadi va Manas daryosining kamroq suvi Manas koʻliga yetib boradi.

Manas koʻli hududining iqlimi yozda issiq va qurgʻoqchil boʻladi. Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik atigi 63.7 millimetrni, oʻrtacha yillik bugʻlanish esa 3.11 millimetrni tashkil qiladi.

Geologik tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy geologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, hozirgi Manas koʻli egallagan hudud, Jungʻor havzasining shimoli-gʻarbiy qismidan chiqadigan ancha katta koʻl — Eski Manas koʻlining oʻtmishdagi qismida joylashgan.

Qadimgi geologik oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki Eski Manas koʻli dengiz sathidan taxminan 280 metr balandlikda joylashgan.

Qadimgi Manas koʻli oʻzining koʻp suv manbalarini yoʻqotgani sababli, soʻnggi davrlarda suv sathi pasayib ketdi va u bir nechta koʻllarga boʻlindi, jumladan Manas koʻli, Aylik koʻli (hozirda Bayang daryosining soʻnggi nuqtasi) va Alan Nur. [1]

XX-asr boshidagi xaritaga koʻra, bugungi Manas koʻli hududidagi katta koʻl — Alan Nur hozirgi Manas koʻli gʻarbida joylashgan.


XX-asr boshlarida tektonik harakatlar tufayli Alan Nur va Manas koʻli atrofidagi yer yuzasi koʻtarilib, pasayib bordi. Bundan tashqari, Manas daryosining quyi oqimi daryo olib kelgan choʻkindi bilan toʻlib-toshgan edi. Natijada,1915-yilda Manas daryosining asosiy oqimi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, hozirda Manas koʻliga oqib oʻtmoqda va Alan Nurga ham suv boradigan irmoq qolgan.

Yaqin tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yillar va 1960-yillarning boshlarida Manas daryosining yuqori va oʻrta oqimida dehqonchilikning keng koʻlamli rivojlanishi boshlandi. Natijada, Manas koʻliga quyiladigan suv hajmi anchagina kamaydi va Alan Nur koʻliga esa umuman suv kelmay qoldi va bu Alan Nur koʻlining qurishiga sabab boʻldi. Shundan soʻng Alan Nur hududi shoʻr tuproqli tekis hududga aylandi.


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yao, Yonghui; Li, Huiguo (2010), „Tectonic geomorphological characteristics for evolution of the Manas Lake“, Journal of Arid Land, 2 (3): 167–173