Manas choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manas choʻqqisi - Talas Olatovi tizmasidagi choʻqqi. Tizmaning gʻarbiy qismida, Qirgʻiziston Respublikasi hududvda joylashgan. Balandligi 4484 m. Permtrias davrining granitoidlari, porfirit va boshqalardan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari tik, muzliklar bilan qoplangan. Relyefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan karr va sirklar choʻqqining relyefini murakkablashtiradi. Yon bagʻirlaridagi alp va subalp oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Manas choʻqqisi kirgiz eposi qahramoni Manas nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil