Mamont gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mamont gʻori — dunyodagi eng katta karst gorlaridan biri. Appalachi togʻi etagidagi Kamberlend platosida, Luisvill shahri yaqinida (AQShning Kentukki shtatida) joylashgan. Murakkab 5 yarusli (qavatli) boʻshliqlar 300 m chuqurlikdagi ohaktoshli jinslar orasida hosil boʻlgan. Tekshirilgan qismida 225 yoʻlak, 47 tepasi gumbazsimon boʻshliq, 23 chuqur oʻra (shaxta) bor. Boʻshliqlarning umumiy uz. 74 km. M.gʻ.da yer osti daryolari bor, ular Grinri-ver dare sistemasi bilan bogʻlangan. Fop ichidatra doim 13°. Gʻorda qorongʻilikda yashashga moslashgan koʻr chigirtka va Urgimchaklar, suv havzalarida kur baliq va qisqichbaqalar yashaydi. 1973 yilda gʻorning qushni Flintrij gʻori bilan bogʻlanganligi aniqlandi. Ularning umumiy uz. 500 km ga yetadi. Turizm rivojlangan. Milliy park tashkil etilgan (1926).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil