Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mamlakatni havo hujumidan mudofaa(HHM) qoʻshinlari — mamlakat hududini havo hujumidan mudofaa qilish maqsadida tuziladi. Qoʻshinning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi aviatsiyaning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Aviatsiyadan harbiy maqsadda foydalanish unga qarshi kurashuvchi maxsus qoʻshin tuzish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada 1913-yil Fransiyada, 1914-yil Rossiya va Germaniyada havoga qarata otadigan qurollar paydo boʻldi. Keyinchalik dushman aviatsiyasiga qarshi aerostatlar, qiruvchi samolyotlar vujudga keldi. Masalan, Rossiyada (1917-yil oktabrda) bir necha zenit batareyalari tuzildi. Mamlakatning yirik markazlarini havo hujumidan mudofaa qilish prinsipi ishlab chiqildi.

1950-yillarning oʻrtalarida qurolli kuchlarda yadro qurolining paydo boʻlishi, raketasozlik va aviatsiyaning rivojlanishi natijasida Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlarih.m.q.q.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Qoʻshinlar yangi jangovar texnika bilan qurollantiriddi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida bu qoʻshin 1992-yil 14-fevralda tuzildi. Bu qoʻshinlar oʻz jangovar vazifalarini Qurolli Kuchlarning boshqa turlari bilan mustahkam aloqada turib amalga oshiradilar. Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlarih.m.q.q. tarkibiga zenitraketa, aviatsiya va radiotexnika qoʻshinlari hamda turli maqsadda tuzilgan maxsus qoʻshinlar kiradi. Bu koʻshinlar tashkiliy jihatdan qoʻshilma, qism va boʻlinmalardan hamda front orqasi qismlaridan iboratdir. Mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlarih.m.q.q. aviatsiyasi tovushdan tez uchadigan hamda raketa qurollari bilanjihozlangan qiruvchi samoletlarga ega. Radiotexnika qoʻshinlari esa zamonaviy radiolokatsion st-yalar bilan qurollangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil