Kontent qismiga oʻtish

Mamadou Sarr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mamadou Sarr
Sarr „Strasbourg“ safida, 2024-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mamadou Sarr[1]
Tavallud sanasi 29-avgust 2005-yil (2005-08-29) (20 yosh)
Tavallud joyi Martigues, Fransiya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Strasbourg („Chelsea“dan ijaraga olgan)
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011–2012 ESSLB
2012–2018 Lens
2018–2024 Lyon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2023 Lyon B 22 (1)
2023–2024 Lyon 2 (0)
2024RWD Molenbeek (ijara) 10 (0)
2024–2025 Strasbourg 27 (0)
2025– Chelsea 0 (0)
2025–Strasbourg (ijara) 1 (0)
Milliy terma jamoa
2021–2022 Fransiya U-17 14 (0)
2022–2023 Fransiya U-18 10 (1)
2023–2024 Fransiya U-19 6 (0)
2024 Fransiya U-20 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 17-avgust uchun)

Mamadou Sarr (2005-yil 29-avgustda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, hozirda markaziy himoyachi sifatida Ligue 1ning „Strasbourg“ klubi safida ijarada oʻynaydi, asosiy shartnomasi esa Premyer-liganing „Chelsea“ klubiga tegishli[2].

U sobiq Senegal terma jamoasi futbolchisi Pape Sarrning oʻgʻli. Mamadou otasi "Istres" safida toʻp surayotgan paytda Martigues shahrida tugʻilgan. Otasi faoliyatining katta qismini „Lens“ jamoasida oʻtkazganligi sabab futbolchining bolaligini asosan Nord-Pas-de-Calais hududida oʻtgan[3].

Dastlabki faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarr oʻzining futbolchilik faoliyatini „Étoile Sportive de Saint-Laurent-Blangy“ klubida boshlagan, keyin esa otasi oʻynagan „Lens“ akademiyasiga qoʻshilgan[3]. 2018-yilda esa „Lyon“ klubing akademiyasiga oʻtgan[3].

2021–2022-yilgi mavsumda, atigi 16 yoshida u „Les Gones“ („Lyon“ning laqabi) U-19 jamoasida asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Shu tariqa u Hugo Vogel va Mohamed El Arouch kabi futbolchilar bilan birga jamoasining Coupe Gambardella musobaqasida gʻalaba qozonishida muhim rol oʻynadi. Sarr chorak finalda „Strasbourg“ga[4], yarim finalda esa „Troyes“ga qarshi oʻyinda gol kiritgan[5][6][7].

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 27-may kuni Sarr „Lyon“ safida oʻzining professional futboldagi debyutini oʻtkazdi. U Ligue 1 doirasidagi „Reims“ga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan oʻyinning 83-daqiqasida Maxence Caqueret oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[8].

2024-yil 18-yanvarda u mavsum oxirigacha Belgiyaning "RWD Molenbeek klubiga ijara berildi. U yerda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq jamoa quyi ligaga tushib ketdi[9][10].

2024-yil 22-avgustda Sarr 10 million yevro evaziga Ligue 1ning „Strasbourg“ jamoasiga oʻtdi va ular bilan besh yillik shartnoma imzoladi[11].

2025-yil 9-iyunda esa u Angliya Premyer-ligasi klubi „Chelsea“ bilan sakkiz yillik shartnoma imzoladi[12]. Shunga qaramay, 2025-yil 1-avgust kuni aristokratlar Sarrni butun mavsum davomida ijarada „Strasbourg“ safida oʻynashini maʼlum qildi[13].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Senegal safi ham oʻynash huquqiga ega boʻlsa-da, Sarrning oʻzi Fransiya yoshlar jamoasini tanladi va hatto U-17 jamoasida bir necha bor sardorlik bogʻichini ham taqib maydonga chiqdi[3].

2022-yil aprel oyida u Isroilda boʻlib oʻtgan UEFA U-17 Yevropa chempionati uchun Fransiya terma jamoasiga chaqiruv oldi[14]. Musobaqa davomida u asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynadi va Fransiya finalda Niderlandiyani 2:1 hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu uchrashuvda Saël Kumbedi dubl qayd etdi[15].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchining asosiy pozitsiyasi markaziy himoyachi boʻlsa-da u „Lyon“ akademiyasidagi bir necha oʻyinlarda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushgan[3].

2025-yil 21-avgust holatiga koʻra[2]
Klub Mavsum Liga Mahalliy kuboklar[a] Liga kubogi[b] Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Lyon B 2022–2023 Championnat National 18 0 18 0
2023–2024 Championnat National 3 4 1 4 1
Umumiy 22 1 22 1
Lyon 2022–2023 Ligue 1 1 0 0 0 1 0
2023–2024 Ligue 1 1 0 1 0 2 0
Umumiy 2 0 1 0 3 0
RWD Molenbeek (ijara) 2023–2024 Belgian Pro League 10 0 10 0
Strasbourg 2024–2025 Ligue 1 27 0 1 0 28 0
Chelsea 2024–2025 Premyer liga 1[izoh 1] 0 1 0
2025–2026 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Strasbourg (ijara) 2025–2026 Ligue 1 1 0 0 0 1[c] 0 2 0
Karyerasidagi umumiy 62 0 2 0 0 0 1 0 1 0 66 0

Chelsea

Lyon U-19

Fransiya U-17

Fransiya U-19

France U20

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup 2025: Chelsea FC (ENG)“. FIFA (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
  2. 2,0 2,1 Mamadou Sarr Soccerway saytida
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Scouting : Mamadou Sarr, la gloire de son père“ (fr-FR). RMC Sport (2022-yil 4-may).
  4. „Un bien beau dernier carré“ (fr-FR). FFF.
  5. „Gambardella : l'OL ira au Stade de France ! (3–1)“ (fr-FR). OL.
  6. Edward Jay. „Gambardella: El Arouch, Sarr, Patouillet... Les dernières pépites de l'OL, qui disputent la finale contre Caen“ (fr-FR). RMC Sport (2022-yil 7-may).
  7. Aurélien Macedo. „Revivez en live commenté la finale de la Coupe Gambardella entre l'OL et Caen !“ (fr-FR). Foot Mercato (2022-yil 7-may).
  8. „OL – Reims: A spectacular victory and tribute! (3–0)“. Olympique Lyonnais (2023-yil 27-may).
  9. „MAMADOU SARR NOUVEAU JOUEUR DU RWDM!“ [MAMADOU SARR IS A NEW RWDM PLAYER!] (fr). RWDM. RWD Molenbeek (2024-yil 18-yanvar). 2025-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.
  10. „Dit is de eindstand in de Relegation Play-offs: RWDM en Eupen zakken“ (nl). Sporza (2024-yil 11-may). Qaraldi: 2025-yil 16-iyun.
  11. „Transfert de Mamadou Sarr au RC Strasbourg“ (fr). Olympique Lyonnais (2024-yil 21-avgust).
  12. „Chelsea complete Mamadou Sarr signing!“ (en). Chelsea F.C. (2025-yil 9-iyun). Qaraldi: 2025-yil 9-iyun.
  13. „Sarr loaned to Strasbourg“ (en). Chelsea F.C. (2025-yil 1-avgust). Qaraldi: 2025-yil 1-avgust.
  14. Richard Loyant. „Les vingt joueurs choisis pour l'Euro“ (fr-FR). FFF.
  15. „Ils sont champions d'Europe“ (fr-FR). FFF.
  16. Begley, Emlyn „Chelsea 3–0 PSG“. BBC Sport (2025-yil 13-iyul). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.
  17. „Final: France 2–1 Netherlands: Line-ups“. UEFA. Union of European Football Associations (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  18. „2024 Under-19 EURO final highlights, report: Spain 2-0 France“. UEFA (2024-yil 28-iyul). Qaraldi: 2025-yil 29-iyun.
  19. „La France surclasse l'Arabie saoudite et remporte le Tournoi Maurice-Revello pour la 14e fois“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 2025-yil 24-avgust.