Mamadali Topivoldiyev
Mamadali Topivoldiyev (1919.20.9 — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlogʻi — 1969.7.5) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yildan frontda. Borisov shahri yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushib krlgan. 1942 yil asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka boʻlinmasi komandiri. T. Mogilyov viloyati Krugloye rnidagi janglarda alohida jasorat koʻrsatgan. 1944 yil avgustda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Armiya safidan boʻshatilgach, qishlogʻida kz raisi boʻlib ishlagan. Rishton tumanidagi Zodiyon qishlogʻida byusti oʻrnatilgan. Fargʻona, Rishton, Hamza shaharlardagi koʻchalarga, Rishton tumani qishloq kengashiga nomi berilgan. Pandigon qishlogʻida uymuzeyi bor. Mogilyov viloyatining Krugloye shaharchasi T. nomi bilan atalgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |